O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet2/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

I mavzu. OILA TUSHUNCHASI VA LINING
ASOSIY VAZIFALARI.
1-§. Oila tushunchasi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi 1994-yi­ldan boshlab, har yili 15 may kunini Xalqaro Oila kuni sifatida ni­shonlashga qaror qildi.

1993-yildan buyon Venada, Qohirada, Kopengagenda, Pekinda hamda qator boshqa Xalqaro anjumanlar kun tartibiga oila masalasi ataylab kiritilishida ham ma'no bor.

Har yili belgilanayotgan va amalga oshirilayotgan xayrli ishlar­ning barchasida oila va uning mustahkamligi muammosi umumin­soniy vazifa ekanligi e'tirof etilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan «Inson huquglari umumjahon Deklaratsiyasi»ping 16-­moddasida shunday deyiladi:



1. “Balog'atga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati va diniga qarab, biror bir cheklashlar” siz nikohdan o'tish va oila qurish huquqi­ga egadirlar. Ular nikohdan o`tayotganda ham, nikohda bo`lgan vaqt­da ham va nikoh bekor qilinayotganida ham bir xil huquglardan foy­dalanadilar.

2. Nikoh, nikohdan o'tayotgan ikkala tomonning xohishi va bata­momm roziligi bilangina tuzilishi mumkin.

3. Oila jamiyatning tabiiy va asosiy xujayrasidir va u jamiyat,

davlat tomonidan muhofaza etilish huquqiga egadir”

Hozir yer yuzida 6,6 milliard kishi istiqomat qilmoqda. Ularning

43 foizi shaharda, qolganlari qishloqlarda yashaydilar.



O'zbekiston Respublikasida 27 milliondan ortiq axoli yashasa,

ular 5,5 million atrofidagi oiladan iborat.



Axolining 98 foizi oilalarda, qolganlari esa yolg`izlikda yashay­dilar.

Har yili mamlakatimizda 400-450 ming bola tug `ilmogda. Yiliga o`rta hisobda 200 ming atrofida yosh oilalar vujudga kelmoqda.



Mamlakatimizda 6 milliondan ortiq reproduktiv (bola tug'ish yoshidagi) ayollar mavjud.

Axolining o`rta yoshi - 70. Ayollar - 72 yosh, erkaklar - 68 yosh.



Bugun oilaning benazir nufuzi, ulkan ijtimoiy ahamiyatga molik voqelik ekanligi hech kimda shubha tug'dirmaydi. Oila jamiyatning asosiy hujayrasi va ijtimoiy tayanchidir. Har bir oilaning baxtiyorligi va farovonligi pirovard natijada jamiyatning barqarorligi, gullab­yashnashi hamda farovonligi shartidir. Oila nafaqat inson naslini davom ettirish omili sifatida, balki jamiyat a'zolarini, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni milkiy istiglol g'oyasi asosida tarbiyalash maskani sifatida katta ahamiyatga molikdir.

Inson shaxsini shakllantirishda oila, shubhasiz, dastlabki bosgich vazifasini o'taydi, ya'ni oilada odamlarning bir-biri bilan, jamiyat va davlatga nisbatan munosabatiga asos solinadi.



Shu munosabat bilan “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o`rga­nish markazi “Jamiyat va oila: ma'naviy va axloqiy olam” mavzuyida so`rov o'tkazdi. Tadqiqotdan ko'zlangan maqsad - O'zbekiston fuqarolarining oila va oilaviy munosabatlarga qarashi, milliy qadri­yatlar va mahallaning oila hayotidagi o'rni, bu borada barqaror an'a­nalarni tiklash, axolining huquqiy savodxonligi darajasini aniglash va o'rganishdan iborat edi. So'rovda 10 viloyat, Qoraqalpog'iston va Toshkent shahri qamrab olindi. Unda erkaklar va ayollar, shahar va qishloq axolisi ishtirok etdi.

“Zamonaviy oila jamiyat hayotida qanday asosiy vazifani o`taydi?” - degan savolga so'ralganlarning 47,5 foizi oila jamiyat va davlat asosi, deb javob berdi. So'rov ishtirokchilarining 21,2 foizi oila yosh avlodni tarbiyalash vazifasini bajaradi, - degan fikr bildirdi. 11,2 foiz so'rov ishtirokchilarining fikricha, oila mamlakatda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga ko`maklashadi. 7,9 foiz odamlar esa oila vazifasini nasl qoldirishda, deb biladi.

Oilaning har bir inson hayotidagi ahamiyati haqida so'ralganlar quyidagi fikrlarni bildirdi: “u naslni davom ettirish, bolalar tug'ilishi va tarbiyasi uchun zarur” (63,2 foiz), “oila - inson qo'rg'oni, unga hayotda ishonch bag`ishlaydi” (28,8 foiz), “oila odam qariganda uni ta'minlash uchun zarur”(4,9 foiz). “Ayni paytda poytaxtlik so'­ ralganlarning 52,6 foizi oila ular uchun, avvalambor, hayotda ishonch bag'ishlovchi qo'rg'on ekanligini ko'proq ta'kidlashdi”.

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasida ta'­kidlangan quyidagi so'zlar nihoyatda ramziy va teran ma'nodadir: “Oila jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muho­fazasida bo`lish huquqiga ega”.

Jamiyat va davlatning oila xususidagi g'amxo'rligi avvalambor, davlat yuritayotgan kuchli ijtimoiy siyosatda namoyon bo'lmoqda. Davlat rahbarligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy islohiy chora-tadbirlarning bosh maqsadi inson, oila manfaatlarini qanoatlantirishdan iboratdir. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan 1997-yil – “ Inson manfaatlari yili”, 1998-yil – “Oila yili”, 1999-yil – “Ayollar yili”, 2000-yil – “Sog'lom avlod yili”, 2001-yil – “Ona va bolalar yili”, 2002-yil – “ Qariyalarni gadrlash yili”, shuningdek, boshqa bir qator yillar bevosita oily bilan bog'liq holda e'lon qilindi. Hukumat tomonidan har yili tegishli Davlat dasturlari qabul qilinib, sobitqadamlik bilan amalga oshirilib kelinmoqda.

Mazkur tashabbuslarning o'ziga xos ramziy ma'nosi va sabablari

bor.


Avvalo, bu Inson manfaatlari, Oila, Ayollar, Sog`lom avlod yili deb e'lon qilinib, ko'pdan-ko'p savobli ishlar amalga oshirilgan jarayon bo'ldi. Chunki Inson, Oila, Ayol, Sog`lom avlod, Ona va bola tushunchalarini bir-biridan ajralgan holda tasavvur etish qiyin.

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan ijtimoiy-siyosiy soha muno­sabatlarini tartibga solishga qaratilgan qonunlar xalqaro huquqiy standartlarga to'la-to'kis mos bo'lib, ular ruhini hayotimizga singdi­rish ishiga xizmat qilmoqda.

O`zbekiston Sharq mamlakatlari sirasiga kiruvchi davlatdir. Ma'­lumki, Sharqda qadimdan oila muqaddas maskan sanalgan. Unga bunday e'zozli munosabat bugungi kunda ham o'zgargani yo'q.

“Oila, - deydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov, - hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta'minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saglaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo`lib etishishiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan tarbiya o`chog`i...”

Oilani e'zozlash, uning qadr-qimmatini yuksakka ko'tarish biz­ning ongimizda mustahkam jo bo`lgan.

Mamlakatimiz axolisini tarbiyalashda milliy istiglol g`oyasini o`rni alohidadir. “Oila-mafkuraviy tarbiyaning eng muhim ijtimoiy omillaridan biridir. Chunki oila jamiyat negizi bo`lib, ko'p asrlik mustahkam ma'naviy tayanchlarga ega. Milliy mafkuramizga xos bo`lgan ilk tushunchalar, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o'giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshadi.

Oiladagi sog'lom muhit sog`lom mafkurani shakllantirish man­bayidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligi, o'zaro hurmat va ahillikni ta'minlash-milliy mafkurada ko'zda tutilgan magsadlarni amalga oshirishda tayanch bo`ladi”.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling