O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet4/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Oilaning asosiy vazifalari
Oilaning jamiyat oldidagi asosiy vazifalaridan biri - farzand ko`­rish va tarbiyalash g'oyat muhimdir. Statistik ma'lumotlarga qara­ganda axoli soni ma'lum va muayyan ko`rsatkichda bo`lib turishi uchun har 100 oilaga 260 to bola to'g'ri kelishi kerak. Anigrog`i, 100 oiladan 60 tasi, 3 tadan 40 tasida 2 tadan bola bo`lishi lozim. De­mografik olimlar hisoblariga ko'ra, agar har bir oila bittadan farzand ko'rsa, sakkizinchi avlodga kelib, ya'ni 200 yildan keyin bu xalq millat tarigasida yo'q bo`lib ketishi mumkin ekan.

O`zbekiston dunyoda axolisining soni juda tez ko'payib borayot­gan mamlakatlar qatoriga kiradi.

Oila erkak va ayolning nikohdan o'tib, bir yostiqqa bosh qo'ygan kunidan boshlanadi. Uning eng muhim vazifasi naslni davom ettirish, shuningdek, ota-bobolarining eng yaxshi an'ana va udumlarini davom ettirish, turmushni mustahkamlashdan iboratdir.

Oila jamiyatning boshlang`ich hujayrasini tashkil etib, unda axo­lini ko'payishi va yosh avlodni tarbiyalash vazifalari bajariladi.

Uning muhim ijtimoiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Birinchidan, u jamiyatning demokratik hujayrasini tashkil etib, odamlar shu mugaddas koshonada tug'ilib o'sib, jamiyat tarkibini tashkil etadi.

------------------------------------------------------------9--------------------------------------------------------------------------



Ikkirtchidun, oila - muhim bo'g'ie bolib, unda biz mehnat jara­yonida sarf qilgan kuchlarimizni tiklaymiz.

Uchinchidan, oila - muhim tarbiya o`chog`i.

Va oxiri to `rtinchidan, oila - nodir ruhiy muhitdir.

Olimlarning fikricha, odamlar hayotining birdan-bir to`g`ri yoli

oilaviy hayot ekan. Yolg`iz bo'lib yashash har xil palakatlarga va

fojialarga olib kelar ekan.

Shuning uchun Amerika Qo'shma Shtatlarida qariyalar yolg`iz uyda yoldirilmasdan ularni bolalari bo`laturib qariyalar uylariga joy­lashtiriladi.

Italiyalik mutaxassislarning hisob-kitoblariga qaraganda, hozirgi paytda har besh ovrupolikning biri uyqusizlikdan azob chekarkan. Buning asosiy sababi yolg`izlikdir.

Ko'pchilik odamlar oilaviy hayotda yashaydilar, oila-oila bo`lib yashashlikni o`zlariga ma'qul deb hisoblaydilar.

Buyuk Britaniyada yolg`iz onalar va yolg`iz gariyalar soni esa yildan yilga ko'payrnoqda. Ayni paytda mamlakatning 15 foiz axolisi yolg'izlikda umr kech radi'.

Islom yakkalikni, bevalikni yoqtirmas. Bu ham o`z yo`lida biz bilib-bilmagan bir donolik va donishmandlikdir'.

Islom dinidan tashgari boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi olimlar­ning e'tirof etishicha, dunyoda eng mustahkam oily bu islom diniga e'tigod qiluvchilarning oilasidir.



San'at va ilm-fan olamida so'qqaboshlar juda ko'p. Oilaviy ha­yotga qaratilgan tarbiyaviy ishlar ko`paytirilishi lozim, chunki bu axo­lini ayrim gatlamlari bizga chetdan kirib kelgan «bo`ydoy» bo`lib yashashlikni xohlovchilarni ko`payib borishiga sabab bo`lmogda. Bu esa o'zbek xalqining hayot tarzida, musulmonchilikka mutlaqo to`g`ri kelmaydigan holdir.

---------------------------------------------------------10--------------------------------------------------------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling