Etnografiya - nikoh va oila munosabatlarini xalqlar turmush tarzining bir tabaqasi sifatida o'rganadi.
Aholishunoslik -aholining hamda uning asosiy bo`g`ini bo`1mish oilaning turli xil muammolarini, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy jarayonlar asosida o'rganadi.
Ijtimoiy geografiya - tadqiqotlarida axoli va oilaning hududiy tafovutlari kompleks tahlil qilinadi.
Sotsiologiya - inson hayotining ijtimoiy jihatlarini, kishilik jamiyatining barcha ijtimoiy munosabatlarini o`rganadi.
Iqtisodiyot fani bilan statistika oila byudjetini, oila ishlab chiqarish (agar u mavjud bo'lsa) va oilaviy iste'molni, mehnat tagsimotini hamda oiladagi xo`jalik-igtisodiy munosabatlarni tadqiq etish bilan shug'ullanadi.
Psixologiyaning vazifasi asosan nikoh va oila munosabatlarida namoyon bo`ladigan hissiyot, tasavvur, urf-odatlarni, shuningdek, bu psixologik (ruhiy) hodisalarning ijtimoiy va tabiat manbalarini o'rganishdan iborat.
Oila pedagogikasining magsadi - oilaning bolalarga ko`rsatadigan ta'sirini, oiladagi tarbiya gonuniyatlari va vositalarini, ota yoki onaning bolaga ta'sirini, oila bilan boshqa xil tarbiya muassasalarining o`zaro munosabatlarini aniqlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |