O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


II mavzu. OILA HUQUQI TUSHUNCHASI, TAMOYILLARI


Download 0.85 Mb.
bet9/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

II mavzu. OILA HUQUQI TUSHUNCHASI,
TAMOYILLARI
VA TIZIMI
1-§. Oila huquqi tushunchasi
Oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasidir. U qancha mustah­kam bolsa, jamiyat ham shuncha mustahkam bo`ladi va tez rivoj­lanadi. Jamiyatimiz asosi-oila moddiy va ijtimoiy j.ihatdan mustah­kamlanmogda.

Oila a'zolari o'rtasidagi munosabatlar axloq-odob va huquqiy qoidalar bilan tartibga solinadi.

Oila huquqi huquqning mustaqil sohasi bo'lib, nikoh, qon-qarin­doshlik, bolalarning nasi-nasabini belgilash, ota-ona garamog`idan mahrum bo`Igan bolalarni joylashtirish shakilaridan kelib chiqadigan munosabatlarni huquqiy tartibga soladi.



Oila huquqining predmeti bo'lib, oila a'zolari o'rtasidagi shaxsiy va mulkiy munosabatlar hisoblanadi.

Shaxsiy munosabatlarga er-xotinning familiyasi, bolalar tarbiya­si, oila turmushi masalalarini hal qilish, mashg'ulot turf, kasb va turar­joy tanlash huquglari kiradi.

Mulkiy munosabatlarga esa, er va xotinning nikoh davomida ort­tirgan umumiy mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo'­lajak er-xotinning umumiy mablag'lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha holat ko'rsatilmagan bolsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi.

Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari, oila a'zolarining va boshqa shaxslaming aliment majburiyatlari kiradi.

Huquqiy-demokratik davlat, erkin adolatli fuqarolik jamiyatida mulkiy bolmagan nomulkiy shaxsiy munosabatlar asosiy belgilovchi, mulkiy munosabatlar esa bo'ysunuvchi hosila xarakterga ega. Oilaviy munosabatlar yig'indisida mulkiy bolmagan shaxsiy munosabatlarni ustun bolishligining sababi, avvalo nasini davom ettirish va bolalarni tarbiyalash bilan bog'liqdir.

. Shunday qilib, oila huqugi, nikoh tuzish tartibi va shartlari, ni­kohning tugatilishi, nikohning hagigiy emasligi, oilada er va xotin o`r­tasida, ota-ona bilan bolalar o'rtasida, oilaning boshqa a'zolari o'r­tasida kelib chiqadigan shaxsiy va mulkiy munosabatlarni, farzand­

--------------------------------------------------------------16---------------------------------------------------------------------

likka olish, vasiylik va homiylik, bolalarni oilaga tarbiyaga olish tufayli kelib chiqadigan munosabatlarni, fuqarolik holati dalolat­nomalarini qayd etish tartiblarini belgilaydigan huquqiy normalar yig'indisidan iborat.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling