O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
Maxsus qism bir necha institutlardan tashkil topgan bo'lib, bu institutlarning har biri ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soladi. Ular quyidagilardan iborat:
-----------------------------------------------24----------------------- - nikoh (nikoh tuzish shartlari va tartibi, nikohning tugatilishi, nikohning haqiqiy emasligi); - er va xotinning huquq va majburiyatlari (er va xotinning shaxsiy huquq va majburiyatlari, er-xotin mulkining qonuniy tartibi, er va xotin mol-mulkining shartnomaviy tartibi, er va xotinning majburiyatlar bo`yicha javobgarligi); - ota-ona hamda bolalarning huquq va majburiyatlari (bolaning nasl-nasabini belgilash, voyaga etmagan bolalarning huquglari, otaonalarning huquq va majburiyatlari); - oila a'zolarining aliment majburiyatlari (ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari, garindoshlar va boshqa shaxslarning aliment majburiyatlari, aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv, aliment to'lash va undirish tartibi); - ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni tarbiyalash shakllari (ota-ona qaramogidan mahrum bo'lgan bolalarni aniylash va joylashtirish, bolalarni farzandlikka olish, vasiylik va homiylik gilish, bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat); - oils gonunchiligini chet el fugarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy munosabatlarga nisbatan go`llash. Huquq tizimida oila huquqi huquqning boshqa sohalari bilan turli tutashda bo`ladi. Oila huquqi huquq sohalarining shunday guruhida joylashganki, u huquqning tartibga soluvchi tizimosti guruhlaridan biri hisoblanadi. Bu guruhning barcha sohalariga muayyan munosabatlarni ijodiy tashkil etishi uchun go`llanilishi xosdir. Ushbu xususiyati bilan ular ijtimoiy munosabatlarni muhofaza gilish vazifasini bajaruvchi va shu sababli man etish orqali tartibga soluvchi jinoyat huquqidan farq qiladi. Shu bilan birga, tartibga soluvchi sohalar orasida oila huquqi ruxsat berish orqali tartibga soluvchi sohalar gunihiga mansub (fuqarolik, mehnat huquglari kabi). Bu guruhning barcha sohalari singari, oila huquqi majburlash orqali tartibga soladigan (masalan, ma'muriy, moliya huquglari) sohalardan farqlanadi, chunki bu sohalar asosan bir subyektning ikkinchisiga bo'ysunishi va boshqaruv organlari dalolatnomalar asosida shakllanadi. Ruxsat berish orqali tartibga soluvchi huquq sohalari guruhida esa oils huquqi o'z predmeti va metodi bo'yicha fuqarolik huquqiga yaqindir. -------------------------------------------------------25----------------------------------- Oilaviy munosabatlar boshqa ijtimoiy munosabatlar bilan bog`liq. Shu sababli oils huquqi u yoki bu darajada deyarli barcha huquq sohalari bilan o'zaro bog`liq. Biroq bu bog`liglikning daraja va shakllari turlicha namoyon bo'ladi. Konstitutsion va oila huquqi o'rtasida o`zaro bog`liglikning o`ziga xos shakli mavjuddir. Konstitutsion huquq jamiyatda oilaviy munosabatlar qurilishining bosh va asosiy goidalarini o'z ichiga oladi (O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 46, 63-66 moddalar). Oila huquqida ushbu qoidalar qayta ishlanadi, kengaytiriladi, rivojlantiriladi, aniqlashtiriladi. O'zaro bog`liglik aksariyat hollarda oila huquqi va huquqning sohalari me'yorlarining birgalikda qo'llanilishida ifodalanadi.
xususiyatlarini aks ettiradi. ------------------------------------------26------------------------------------------
Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling