O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§.BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) da


Download 0.85 Mb.
bet20/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

5-§.BXSR (Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) da
nikoh va oila munosabatlarining
huquqiy tartibga solinishi

1920-yil 2-sentabrda Buxoro amirligi qulab, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi vujudga keldi.

1920-yil 6-oktabrda xalq vakillarining Birinchi Butunbuxoro qu­rultoyi chaqirildi. Uning ishida 2 mingga yaqin vakil ishtirok etdi. 1920-yil 8-oktabrda qurultoy avvalgi Buxom amirligi o'rnida Buxoro Xalq Sovet Respublikasi tuzilganligini e'lon gildi.



1921-yil 4-martda RSFSR va BXSR o`zaro do'stlikni mustah­kamlash manfaatlari yo`lida "Ittifoq Shartnomasi"ni tuzib, unga mu­vofiq Sovet Rossiyasi va Buxoro Xalq Sovet Respublikasi o'zaro bir­biriga yordam berib, har ikkala sovet respublikasining mustaqilligi va manfaatlarini jahon imperializmidan himoya qildi.

1920-yilgi Buxoro inqilobining birinchi bosqichi o'z mohiyatiga ko'ra antifeodal bo`lib, tabaqachilikka, zulm o'tkazish, yirik yer ega­lari, krepostnoylikka qarshi garatilgan edi. Shunday qilib u burjua­demokratik inqilobi vazifasini bajardi.



BXSRning 1921-yilda qabul qilingan Asosiy Qonuni Buxoro Respublikasining Birinchi Konstitutsiyasi bo'lib, u xalqlarning manfa­atlarini muhofaza qilishga qaratilgan edi. Mazkur Konstitutsiyada Bu­

-----------------------------------------------41-----------------------------------------------------



xoroning mahalliy via tarixiy xususiyatlari nazarga olinib, uning mat­niga "Mehnatkash xalq via ekspluatatsiya qilinuvchi xalqlar huquylari Dekloratsiyasi"dagi bir qator qoidalar kiritilmadi.

Asosiy Qonunda respublikada istiqornat qiluvchi ayollarning er­kaklar bilan teng huquqqa ega ekanligi, butun millatlarning tengligi via erkinligi e'lon qilindi.

Konstitutsiyada belgilanishicha, odil sudlov xalq qozi sudlari to­monidan amalga oshirilib, ular o`z qarorlari via hukmlarini soviet qo­nunlariga zid bo'lmagan holda, shariat via odat normalariga asoslanib chiqarishlari mutnkin edi. Chunki shariat via odat normalari ingilob tomonidan bekor qilingan emas edi.

Sud yuritish ishlarini yanada demokratlashtirish 1924-yil 5-yan­varda qabul qilingan "BXSR sud tuzilishi Nizomi" asosida amalga oshirildi. Shu bilan birga BXSR hududida RSFSRning 1922-yilgi tahriridagi hamma kodekslari tatbiq etila boshlandi.

1924-yil 18-sentabrda xalq vakillarining V Butunbuxoro gtu-ulto­yi chaqirildi. 1924-yil 19-sentabrda BXSR Sotsialistik Respublika deb e'lon qilindi.



Buxom Xalq Soviet Respublikasida nikoh via oila to'g'risidagi qonunchilik shariat normalariga asoslangan edi.

1924-yilga qadar BXSRda ayollarni huquqiy via amaliy ozod qi­lishga qaratilgan heck qanday qonun qabul qilinmadi. 1924-yil 30­yanvarda Butunbuxoro MIK majlisida o'zbek xalqining to'y via tna'ra­kalarini kam mablag' sarflab o'tkazish to`g`risida ma'ruza tinglandi.

Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Komiteti ushbu masala bo'yicha qarorni muhokama qilib, to'y via ma'raka odatlarini bajarish tufayli bo'ladigan ortiqcha xarajatlarni kamaytirish bo'yicha qonun chigarish to'g'risida fikrga keldi. Bu masala bo'yicha dekret loyihasining asos y qoidalarida shariat nuqtayi nazaridan quyidagilar nazarda tutilgan edi; dindorlarning qurultoyi rasm-rusm via odat tufayli to'yda via dafn marosimini o'tkazish vaqtida bo'ladigan xarajatlar butunlay oshiqcha, shariatga zid deb qaror chiqardi. Bunday xarajatlarning og`irligi BXSR xalqi boshiga tushadi, ularning ko'pchiligi esa mayda hunarmandlar via karnbag'allardan iborat, ularning iqtisodiy ahvoli juda og'ir bo`lib, shu tufayli ko`pchilik nikoh tuza olmay, tug'ilish kamayib ketdi. Nikoh tuzish tartibi, nikoh tuzish bilan bog'liq har xil

-------------------------------------42---------------------------------------------------

zararli odatlarni tugatish bo'yicha tushuntirish olib borish to'g'risida shariat sudlariga topshiriq berildi.

1924 yil 17 aprelda Butunbuxoro Markaziy Ijroiya Komiteti mai­shiy jinoyatlar to'g'risida dekret qabul qildi. BXSR xalqlari odati hisoblangan nikoh tuzish uchun ayollarni olib qochish bilan bog'liq quyidagi hodisalar Markaziy ljroiya Komiteti tomonidan ijtimoiy xavfli jinoiy harakat deb tasnif etildi:

1. Ayollarning erkiga qarshi zo'rlik qilib o'g'irlash.



2. Jinsiy jihatdan balog'atga etmagan gizlarni nikohga olish maq­sadida o'g'irlash.

3. Ayollarning xohishiga zid ravishda nikoh rasm-rusumlarini o'tkazish yoki nikohni qayd ettirish.

BXSRning maishiy jinoyatlar to'g'risidagi qonuni nikoh huquqi borasida chigarilgan birdan-bir hujjat hisoblanadit.



1924 yil oktabrda O`zbekiston Soviet Sotsialistik Respublikasi tashkil topgandan so `ng ham O `zSSRni tashkil qilish Revolyutsion Komitetining 1924 yil 27 noyabrdagi garorigaZ asosan, sobiq Buxoro Xalq Soviet Respublikasining hududida nikoh-oila huquqiy munosa­batlarida tatbiq qilinib kelgan shariat via odat normalari O'zSSRning gonunlari qabul qilinguniga qadar o`z kuchini saqlab qolishi qayd etildi. Sobiq Buxoro Xalq Soviet Respublikasi hududida 1928 yil 1 oktabrgacha, ya'ni O'zSSRning nikoh, oila hamda vasiylik via fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish haqidagi qonunlar Kodeksi tatbiq qilingunga qadar diniy marosimlar bo'yicha tuzilgan nikoh fu­qarolik holati dalolatnomalarini yozish davlat organlarida qayd etilgan nikohga tenglashtirilishi belgilangan.

Buxoro Xalq Soviet Respublikasi hududida tuzilgan diniy nikoh­lar yozma shaklda rasmiylashtirilmagan, nikohga kiruvchilarga nikoh munosabatini tasdiglovchi guvohnoma ham berilmagan. Zarur hol­larda nikoh huquqiy munosabatini guvohlar ko'rsatuvi bilan tasdiglash mumkin edi. Tan olinishi lozim bolgan nikohlarni isbotlaydigan yozma dalillar ham bolmagan. Shuning uchun diniy odat bo`yicha nikohdan o`tganlar hayot bo'lsa, SSSR Oliy Soveti Prezidiumining 1944 yil 8 iyul Farmonining 19-moddasiga muvofiq nikohga kirgan

------------------------------------------------43---------------------------------------------



vaqtlarini ko'rsatib, uni qayd ettirishlari mumkin. Agar ulardan biri vafot etgan bo'lsa, er-xotinlik munosabatida bo'lganlik fakti sud tomonidan tasdiglanishi lozim (O'zSSR GPKning 274-moddasi).

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling