O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining Oila to`g`risidagi qonunlari


Download 0.85 Mb.
bet23/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

10-§. Mustaqil O'zbekiston Respublikasining
Oila to`g`risidagi qonunlari

O'zbekiston Respublikasi 1990-yil 20-iyunda o'zining Mustaqil­lik Deklaratsiyasini qabul qildi va unda umumxalq muhokamasi aso­sida demakratik huquqiy davlat tuzishga garor qilinganligi e'tirof etildi.

Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, o`n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tash­gari oltinchi sessiyasi 1991-yil 31-avgustda O'zbekiston Respublika­sining davlat mustagilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qildi.

1-sentabr O`zbekiston Respublikasining Mustagilligi kuni deb belgilanib, 1991-yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilindi. Shundan buyon Respublikamizda bu bayram har yili katta tantana bilan nishonlanmoqda.

Shu kundan Respublikamiz xalglari hayotida yangi davr, yangi zamon boshlandi.

Sobiq Sovet Ittifoqi gonunlarining ko'p goidalari mustaqil Res­publikaning o'ziga xos milky va mahalliy sharoitiga to'g'ri kelmay qoldi. Shu boisdan hozirgi zamon talablariga javob bermaydigan eski gonunlarni, shu jumladan, nikoh va oila gonunlarini yangilash va yanada takomillashtirish ustida ish olib borish taqozo etildi. Mustaqil davlatning o'ziga xos, milky, erkin huquqiy tizimi bo`lmog`i lozim, unda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlar, jamiyatni rivojlantirishga intilishlar yangi huquqiy qoidalarda o`z aksini topishi kerak. Shu sababli uni namon talablariga javob bera­digan tarzda ishlab chiqishga yuksak mas'uliyat bilan garalmogda.



Mustagil O'zbekiston Respublikasi hali rasmiy ravishda e'lon qi­limnasdanoq nikoh va oila qonunchiligidagi goidalarni milky-tarixiy an'analarni hisobga olgan holda belgilash jarayoni boshlangan edi.

O`zbekiston Respublikasining 1991-yil 14-iyunda qabul qilingan gonuni tahririda Respublika Nikoh va oila kodeksi 77'-moddasi bilan to`ldirilib, unda "bolaning ismi, otasining ismi va familiyasi, ota­onaning xohishiga ko'ra hamda milky-tarixiy an'analarni hisobga

-------------------------------------------------------58----------------------------

olgan holda, bir yoki bir necha so'zlar bilan yozilishi mumkin"ligi ugdirildi. ~

O`zbek ismlari, ota ismi va familiyalari boshqa tillarda yozilga­nida, ularning asl (birlamchi) yozilishi saglanib qoladi. O`zbek ism­lari, ota ismlarii va familiyalarini yozish o'zbek tilining talaffuz mezonlariga bo`ysunadi.

Kodeksning 76-moddasi birinchi qismi "Ota-onasining ixtiyori bilan, millatidan qat'iy nazar, bolaga buvasining yoki otasining ismi familiya gilib berilishi mumkin", degan so'zlar bilan to'ldirildi. Shu­ningdek, 70-modda "O`zbek milky an'analariga ko'ra bolaning ismiga ota-onasining xohishi bilan "xon", "jon", "bek", "bonu", "bibi", "oy", "xo`ja" va boshqa qo'shimchalar qo'shib yozilishi, ota ismi esa ota­sining ismiga "o`g`li", "gizi" so`zlari "iy",. "zoda" qo'shimchalari qo'­shilgan holda yozilishi mumkin", degan uchinchi qism bilan to`1­dirildi.

Respublikamizda axolining ko'p gismini bolalar va yoshlar tash­kil gilgani uchun ijtimoiy muammolar ham shunga yarasha ko'pdir. Binobarin, oila kelajagi alohida ahamiyatga ega masalalardandir. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida o`z ifodasini topmoqda. Prezidentning 1990-yil 3-mayda gabul gilingan birinchi farmoni "Ko'p bolali onalarga nafaqa miqdorini ko'paytirish to`g`risida"2 deb nomlangan. Unda ko'p bolali onalarning ahvolini, yosh avlodning unib-o'sish sharoitlarini yaxshi­lash maqsadida onalarga to`lanadigan oylik nafaqa ikki baravar ko'­paytirildi. Mazkur Farmon o'zbek xalqining bolajonlik tabiatini izhor etadi. Mustagillik yillari davomida Respublika Prezidentining oilaga aloqador bir Bator farmonlari gabul gilindi. Jumladan, uning 1994-yil 16-iyul Farmoniga3 ko'ra bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda bolali oilalarga daviat yordamini kuchaytirish, yosh avlodni tarbiyalash muammolarini hal etishda ijtimoiy kafolatlarni ta'minlash va bolalarni har tomonlama kamol toptirish maqsadida 1994-yil 1­sentabrdan boshlab bolali oilalarga ko'rsatiladigan davlat ijtimoiy

----------------------------------------------------59--------------------------------------------------

yordamining amaldagi tizimi o`rniga nafaga turlaridan iborat yagona tizim joriy etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994-yil 23-avgustda chigargan "Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni ku­chaytirishga oid tadbirlar to`g`risida"' gi Farmoni bilan axolini davlat tomonidan ijtimoiy himoyalashning butunlay yangi turi - kam ta'­minlangan oilalarga har oyda beriladigan moddiy yordam joriy etildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan 1994-yil 1-oktabrdan2 aholini davlat tomonidan ijtimoiy himoyalash­ning butunlay yangi turi - kam ta'minlangan oilalarga har oyda berila­digan moddiy yordam joriy etildi.

Prezidentning 1995-yil 20-noyabrda qabul qilgan "Bolali oilalar­ga davlat ijtimoiy yordamini kuchaytirish to`g`risida"gi3 Farmoni ham axolini ijtimoiy himoyalashda alohida ahamiyat kasb etdi.



O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 4-martda "Bo­lali onalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" chigarilgan Farmoniga4 binoan, onalik va bolalikni muho­faza qilish manfaatlar-ini ko'zlab, bolali oilalarga davlat tomonidan yordamni kuchaytirish, yosh avlodni kamol toptirish va tarbiyalash uchun sharoitlar yaratish maqsadida 1996-yil 1-apreldan boshlab 16 yoshgacha bo'lgan bolasi bor oilalarga har oylik nafagalar migdorlari oshirilib, ular eng kam oylik ish xaqiga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilandi. Bir nafar bolasi bor onalarga-40 foiz; ikki nafar bolasi bor onalarga - 80 foiz; uch nafar bolasii bor onalarga - 120 foiz; tort nafar va undan ko'p bolasi bor onalarga - 150 foiz.

Bola ikki yoshga to`lgunga gadar uni parvarish qilish uchun har oylik nafaqalar miqdori ko'paytirilib, eng kam oylik ish haqining 150 foizi miqdorida belgilandi.

Respublika Prezidentining 1996-yil 10-dekabrda gabul qilingan "Bolali oilalarni davlat tomonidan go`llab-quvvatlashni yanada ku­chaytirish to`g`risida"Sgi Farmoni ham bolali oilalarni himoya qilishga garatildi.

---------------------------------------------------60-----------------------------------



Jahonning bir guruh tadqiqotchi olimlari tomonidan respublikada oilani, onalik va bolalikni himoya qilish borasida qilinayotgan ishlar o'rganib chiqildi. Natijalar chet ellardagi ahvol bilan taggoslanganda, biror bir mamlakat Prezidenti elni, oilalarni ijtimoiy himoyalash borasida bizning Yurtboshimiz kabi ko'p garor va farmonlar gabul qilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Oila yili bilan Oila kodeksi o`tasida mustahkam uyg'unlik, bor. Oila yilida yangi Oila kodeksi qabul qilinishi esa ramziy ma'noga ega. Zero, ular bir-birini to'ldiradigan, bir-biriga ko'maklashadigan vosita­lardir.

Yangi Oila kodeksi loyihasi birdaniga paydo bo'lgani yo'q. Uni tayyorlash to'g'risida 1996-yil Toshkentda bo'lib o'tgan "Fuqarolarni huquqiy himoya gilish va axolining huquqiy madaniyatini yuksalti­rish" mavzusiga bag'ishlangan Respublika yuristlari konferensiyasida ham aytib o'tilgandi.



Respublika Xotin-qizlar qo'mitasi va olimlarning taklifiga bi­noan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 5­iyul 289-f sonli farmoyishi bilan 15 a'zodan iborat komissiya tuzildi. Uning tarkibiga davlat va jamoat arboblari, olimlar va yuqori malakali mutaxassislar jalb etildi. Komissiya o'z tarkibidan 7 a'zodan iborat ishchi guruhini tuzdi. Ishchi guruhi raisi etib yuridik fanlari doktori, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi, profes­sor H.R. Rahmonqulov saylandi.

Hukurnat komissiyasi o`z faoliyatini O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksi loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqishdan boshladi.

Konsepsiyani yozish ushbu darslik hammuallifi F.M. Otaxo`ja­evga topshirildi.

Birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'ninchi sessiyasida deputatlar Oliy Majlisning Qonunchilik va sud­huquq masalalari qo'mitasi raisining o'rinbosari F. Muhiddinovaning O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksi loyihasi to'g'risidagi ma'ruzasini tinglab, Oila kodeksi loyihasini muhokama qildilar hamda uni birinchi o'qishda ma'qulladilar.

Loyihani muhokama gilishda o'sha paytdagi Bosh vazir o`rin­bosari, O'zbekiston Respublikasi Xotin-qizlar go`mitasining raisi D. G'ulomova, "Nuroniy" jamg`armasi Qashqadaryo viloyat kengashi­ning raisi S.Usmonov, Samarqand tuman hokimi R.Hakimova ishtirok

----------------------------------------------61---------------------------------------


etishdi. Uni umumxalq muhokamasiga chigarish uchun "Xalq so'zi" va "Narodnoye slovo" gazetalarida e'lon qilish to`g`risida qaror qabul gilindi. Loyiha 1998-yi127-fevralda gazetalarda e'lon gilindi.

Qonun qabul qilingunga qadar keng jamoatchilik o`rtasida, mahalliy matbuotlarda, televidenie va radio orqali muhokama etildi.

1998-yil 30-aprelda birinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida O`zbekiston Respublikasi­ning Oila kodeksi loyihasi haqida Qonunchilik va sud-huquq masala­lari go`mitasi raisining o'rinbosari F.Muhiddinova ma'ruza qildi.

Kodeksni muhokama gilishda «Oila» respublika ilmiy-amaliy markazi direktori O.Musurmonova, Farg'ona Davlat universiteti Tib­biyot markazi direktori Yu.Nishonov, «Qizilqumnodirmetaloltin» konserni boshqaruvi raisi N.Kucherskiy, respublika yoshlarining «Kamolot» jamg'armasi raisi H.Abduraimov, Qoragalpog`iston Res­publikasi Chimboy tumanidagi markaziy shifoxona tug`niq bo`limi­ning bosh shifokori D. Tog'aniyozova, Xorazm viloyati Xonqa tumani hokimi Q.Ortiqovlar ishtirok etdi.

Deputatlar O`zbekiston Respublikasining Oila kodeksini (bun­dan keyingi o`rinlarda Oila kodeksi) ikkinchi o'qishda tasdigladilar. U 1998-yil 1-sentabrdan amalga kirdi.

----------------------------------------------62------------------------------------------------------



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling