O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Sobiq Sovet hokimiyatining 1917-yildagi nikoh va oila masalalari bo'yicha dekretlari


Download 0.85 Mb.
bet19/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

3-§. Sobiq Sovet hokimiyatining 1917-yildagi nikoh va oila masalalari bo'yicha dekretlari
Jamiyat taraqqiyotining barcha bosgichlarida nikoh va oila shakllari jamiyatning moddiy sharoitiga qarab belgilanib kelgan. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chigarish munosabatlari taraqqiy etgani sari oila shakllari yanada rivojlanadi, o'z mazmunini o'zgartirib boradi.

Jamiyatda mavjud bo'lgan iqtisodiy munosabatlarning mehnat tagsimotiga ta'siri nikoh-oila munosabatlarida ham namoyon bo'ladi. Oilada erkakning bosh bo'lishi boshqa oila azolarining huquqiy ma­qomiga tegishli asosda ta'sir etadi. Erkakning oiladagi hukmronligi iqtisodiy hukmronlik oqibatidir. Kishilik jamiyati rivojlanishi bilan nikoh tuzish va oila qurish sabablari ham o'zgarib boradi. Xususan, bu hodisalar mulkchilik shakli bilan belgilanadi.



Oktabr davlat to'ntarishini sodir etgan ishchilar sinfi to`ntarish­ning ilk kunlaridanoq sotsialistik asosdagi nikoh va oila qonunchiligi masalasiga ham ma'lum o'zgarishlar gilishga kirishdi.

Davlat to'ntarishiga qadar Turkiston o'lkasida nikoh va oila mu­nosabatlari shariat va odat qoidalari bilan tartibga solingan. Shariat islom mamlakatlari uchun qo'llanilishi majburiy qonun bo`lgan, sha­riat bo'yicha xotin-gizlarning huquqi birmuncha cheklab go`yilgan, oilada er boshliq bo `lgan.

Turkiston o`lkasida nikoh-oila munosabatlaridan kelib chiqadi­gan nizolarni hal gilish uchun aholi o'troq joylarda va shaharlarda qo­zilik sudlari, qozoq, qirg'iz va qoraqalpoq xalglari o`rtasida esa biy sudlari ish olib borgan. Qozilar shariat goidalarini yaxshi bilgan kishi­lar orasidan noma'him muddatga tayinlangan.

Shariatning guvohlik masalasidagi goidalaridan biri erkaklar tomonidan berilgan guvohlikning xotinlar guvohligiga nisbatan afzal hisoblanishidir. Shariat bo'yicha erkaklar xotinlarga garaganda ustun turganlar, shu sababli bitta erkakning bergan guvohligi to'la dalil, bitta

---------------------------------------------34-----------------------------



ayol tomonidan berilgan guvohlik esa yarim dalil hisoblangan. Shuning uchun shariat ikki ayol tomonidan berilgan guvohlikni bitta erkak tomonidan berilgan guvohlikka barobar deb hisoblaydi. Buning o'z sababi bo'lib, u hadisi sharifda keltirilgan.'

Bundan tashqari jinoyat ishlarida, qoida bo'yicha, ayollar guvoh­likka chaqirilmaganlar va ular tomonidan berilgan guvohlik e'tiborli hisoblanmagan. Xotinlar fagat oldi-sotdi, ayniqsa, oilaviy masa­lalardagina guvohlik berishlari murnkin edi.

Davlat to'ntarishidan song ayollarni jamiyatda va oilada go'yo kamsitadigan bunday goidalar asosan bekor gilinib, nikoh va oila to'g'risida yangi qonunlar gabul qilindi.

1917-yil dekabr oyida covet hukumatining ikkita dekreti e'lon qi­lindi. Bular - "Fugarolik nikohi, bolalar va fuqarolik holatlarini qayd etishni olib borish"Z va "Nikohdan ajralish to`g`risida"3 gi dekret­lardir.

Sovet oila huqugining tarixi shulardan boshlanadi. Bularda covet davlatidagi nikoh va oila tamoyillari ifodalanib, keyinchalik uncha o'zgartirilmay, amaldagi huquqda to'la ifodasini topdi.

Sovet davlatining nikoh va oila to'g'risidagi dastlabki dekretlari­da go'yo sovet fuyarolari, millati, irgi va dinga munosabatidan qat'iy nazar, qonun oldida teng huquqliligi o`rnatilib, keyingi gonunlar bu prinsipning buzilmay amalga oshirilishini ta'minlagan4.

Bu qonunlarda ko'proq Yevropa xalglari turmush tarzi hisobga olingan bo'lib, Sharq xalqlari turmushining o'ziga xos jihatlari, shar­gona oila tutish qoidalari aslo e'tiborga olinmagan. Biroq ular itti­foqdosh respublikalar qonunshunoslari tomonidan ko'r- ko'rona qabul gilinib, sharq xalqlari, jumladan, o`zbek xalqining o'ziga xos nikoh­oila tunnush masalalariga tatbiq etilaveradi.

1917-yil 18-dekabrdagi "Fuqarolik nikohi, bolalar va fuqarolik holatlarini qayd etishni olib borish" to'g'risidagi dekretda: "Rossiya Respublikasi Bundan song fagat fuqarolik nikohini tan oladi", deb

----------------------------------------35

belgilandi. "Cherkov nikohi fuqarolik majburiy nikohi bilan nikohga o`tuvchilarning xususiy ishi bo`lib hisoblanadi".

Dekret nikohni ham har ganday cheklanishlardan ozod etdi. Endi nikohlanuvchilarning nikohdan o'tishi uchun ota-onaning yoki bosh­liqning roziligi talab etilmaydi, ular qaysi dings e'tiqod gilishining ham ahamiyati yo'q. Dekret covet nikohining asosi - monogamiyani, ya'ni yakka nikohlilikni e'lon qi di. Dekret fuqarolik nikohi majburiy ekanligini o`rnatib, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etuvchi covet organlarini nikohda turgan shaxslardan ariza qabul qilmaslik to`g`risida ogohlantirdi.

Nikoh to'g'risidagi dekret nikoh va oils sohasida erkak va ayol­ning to'la teng huquqqa ega ekanligini ta'kidlab, nikohsiz tug'ilgan bolalarni hammy masalalarda nikohda tug'ilgan bolalarga tenglashti­rib, ona va bola, uning vasiysi yoki bolaning bevosita o'zining ari­zasiga ko'ra otalikni sudda isbotlash qoidasini joriy etdi.

1917-yil 19-dekabrda e'lon gilingan "Nikohdan ajralish to`g`risi­da"gi dekret davlat to'ntarishiga gadar hukm surgan nikohdan ajralish goidalarini tugatib, er-xotindan ikkalasi yoki birontasining talabiga muvofiq nikohdan erkin ajralishni belgiladi. Ajralish to'g'risidagi ariza sud tomonidan ko`riladi. Ikki tarafning roziligi bo'yicha ajralish fugarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi (FHDYO) tomonidan rasmiylashtiriladi. Nikohdan ajralish to'g'risidagi ariza ikkala tomondan yoki bir tomondan berilganligiga to`la ishonch hosil qilgan sudyaning yolg`iz o'zi nikohdan ajralish to'g'risida ajl•im chigaradi. Dekretda nikohdan ajralishda bolalar tagdirini hal qilish masalasi ham mavjud. Sud nikohdan ajratish jarayonida voyaga yetmagan bolalarning ota-onalaridan qaysi birida qolishi, er-xotindan qaysi biri gay miqdorda bolalarni ta'minlash va tarbiya qilishi kabi masalalarni bir yo'la hal etadi.

Sovet daviatining nikoh va ajralish to`g`risidagi dekretlari Tur­kistonda 1918-yil yanvar oyida e'lon gilindi. Mazkur dekretlarni Tur­kiston hududida go`llash to'g'risida maxsus hujjat qabul qilingani yo'q. Bu hujjatlar respublika gazetalarida e'lon qilinganligi ularni tat­biq qilish uchun asos deb hisoblanadi. RSFSR dekretlari bosib chi­garilgandan song Turkiston hukumati ularni o`lkada amaliy tatbiq etishga garatilgan maxsus buyruqlar chiqardi. Turkiston Xalq Ko-

---------------36---------------------------------------------



missarlari Soveti 1918-yil 26-yanvarda "Nikoh, tug`ilish va o'limni ro'yxatga olish bo`limlarini tashkil gilish to'g'risida" buyruq chigardi. Buyruqda Turkiston shaharlaridagi o'zini-o'zi boshqaruvchi barcha organlar huzurida yaqin kelajakda nikoh, tug'ilish va o`limni ro'yxatga olish bo`limari tuzilishi ta'kidlangan edi.

Ayni vaqtda RSFSRning "Nikohdan ajralish to'g'risida" gi dek­retini to`g`ri tatbiq gilish maqsadida 1917-yil 19-dekabrda Turkiston Xalq Komissarlari Soveti va Adliya Xalq Komissarligi bir qancha buyruglar, tushuntirishlar va farmoyishlar chigarib, ularda markaziy hokimiyatning nikohdan ajralish tartibi to`g`risidagi hujjatini batafsil izohlab berdi. 1918-yil 11-martda qabul qilingan maxsus buyruq bilan Turkiston Xalq Komissarlari Soveti Turkiston o'lkasidagi barcha sud organlariga "Xalq Komissarlari Sovetining nikohdan ajralish to`g`risi­dagi dekretini tezda bajarish"ni topshirdi. Buyruqda ko'rsatilishicha, dekrctga muvofiq sudlardan yoki fugarolik holatlari dalolatnoma­laridan tashqari ko'rilgan ishlar "haqiqiy hisoblanmaydi"'.

Turkiston Respublikasi Xalq Komissarlari Soveti va Adliya Xalq Komissarligi o'z tushuntirishlari bilan, birinchidan, yangi tuzilgan, hali yetarli amaliy tajribaga ega bo`lmagan mahalliy Sovet sudlariga nikohdan ajralish to'g'risidagi ishlarni ko`rishda yordam berdi, ikkin­chidan, mahalliy axoli o'rtasida nikoh va oils to`g`risidagi qonunlarni targ`ib gildi.

Mazkur dekretlar sovet oils huquqining vujudga kelishiga asos solgan bo'lsa ham, oilaviy munosabatlarning hammy masalalarini hu­quqiy normalar bilan lartibga solish uchun to`la javob bera olmas edi.-------------------------------------37-------------------------------------------
4-§. RSFSR (Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi)
Fuqarolik holati dalolatnomalari, nikoh, oila va vasiylik huquqi
haqidagi qonunlar kodeksi (1918-yil) va uning TASSR (Turkiston
Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi)
hududida tatbiq etilishi
Turkiston o`lkasining avtonom deb e'lon qilinishi Turkiston So­vetlari V o'lka syezdining muhim hujjatlaridan bo'ldi. Sovetlarning V o'lka syezdida ishchi va soldat Sovetlari dehqon Sovetlari bilan birlashdi.

Sovetlarning V o'lka syezdi "Rossiya federatsiyasidagi Turkiston Sovet Respublikasi to`g`risidagi Nizom"ni qabul qildi. Turkiston Avtonom Respublika deb e'lon qilindi. Nizomda Turkiston Sovet Res­publikasi avtonom asosida boshgarilib, o'z harakatlarida Rossiya Federatsiyasi markaziy hukumatini tan oladi va u bilan o'z ishlarini muvofiqlashtirib olib boradi, deyilgan.



Turkiston ASSRning 1918- va 1920-yillardagi Konstitutsiyalari yangi ijtimoiy va davlat tuzumining prinsiplarini ifoda etadigan asosiy hujjatlar hisoblanadi.

Mazkur Konstitutsiyaga III Butunrossiya Sovetlari syezdida qa­bul qilingan "Mehnatkash va eksplutatsiya qilinuvchi xalglarning hu­quglari Deklaratsiyasi" va Sovetlarning Y Butunrossiya syezdida qa­bul qilingan "Rossiya Federativ Sovet Sotsialistik Respublikasi Kons­titutsiyasining umumiy goidalari" asos qilib olingan.



Bu hujjatlarda Sovet hokimiyatining ijtimoiy va davlat tuzumi, Oktabr davlat to'ntarishining mohiyati ifodalangan edi.

Turkistonda Sovet jamiyati va covet organlarining huquqiy shakllanishida Turkiston Sovetlarining VI syezdi muayyan rol o`yna­di. 1918-yil 15-oktabrda gabul gilingan Turkiston ASSR Konsti­tutsiyasi siyosiy ahamiyatga ega hujjat bo'ldi.

1918-yilgi Turkiston ASSRning Konstitutsiyasida Turkiston Respublikasining o'ziga xos xususiyatlari o'z aksini topdi.

Turkiston ASSRning 1920-yilgi Konstitutsiyasi 1918-yilgi Kons­titutsiyaning ayrim bandlariga aniqlik va tuzatishlar kiritdi.

Turkiston ASSRning huquqiy holatiga tegishli asosiy goidalar Turkiston ASSRning mazkur Konstitutsiyasida, Butunrossiya Marka­



-----------------------------------------------38 -----------------------------------------------------

ziy Ijroiya Komitetining 1921-yil 11-aprelda qabul qilingan "Turkis­ton ASSRni tashkil etish to`g`risida dekreti"da ifoda etildi. U RSFSR tarkibidagi Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasining huqugiy rasmiylashuvini yakunladi.



Turkiston ASSRda nikoh va oilaga oid muhim huquqiy masalalar 1918-yil 16-dekabrda qabul gilingan "Fuqarolik holati dalolatno­malari, nikoh, oila va vasiylik huquqi hagidagi RSFSR gonunlar ko­deksi" asosida hal qilinadi.'

1917-yilda qabul qilingan dekretlarga nisbatan bu kodeks bir qa­tor yangi huquqiy qoidalarni belgilab, nikoh va oila gonunchiligini ma'lum tizimga soldi. Kodeks 246 moddadan iborat bo'lib (yugori­dagi ikki dekretda 26 modda bor edi), fuqarolik holati dalolatnomalari, nikoh huquqi, oils huquqi, vasiylik huquqidan iborat tort bo'lim, 17 bobni tashkil etdi. Kodeks fuqarolik holati dalolatnornalari bilan bosh­lansa ham, unda asosiy e'tibor nikoh va oila masalasiga qaratilgan bo'lib, bu masalalarga 130 modda ajratilgan edi.

Kodeksda 1917-yil 18-dekabrdagi dekretning faqat davlat organ­larida fuqarolik holatlari ro'yxatidan o'tgan nikoh yuridik kuchga ega ekanligini tan olish to`g`risidagi qoidasi saglab qolinib, nikohga o`tish shartlari masalasi yangidan ishlab chiqildi. Ular nikoh yoshiga to'lish (gizlar uchun 16 gosh, yigitlar uchun 18 gosh), nikohga kiruvchi­larning ruhiy sog'lom bo'lishi, yakka nikohlilik, nikohga o'tuvchilar o`rtasida yuqoriga yoki pastga garagan to'g'ri chiziq bo'yicha garindoshlik bo`lmasligi, nikoh tuzish uchun o'zaro rozilikdan iborat. Davrning xususiyatini nazarga olib, nikoh haqiqatda o'zaro rozilik asosida tuzilayotganligi haqida nikohga o'tuvchilardan tilxat olingan.

Nikohni haqiqiy emas deb topish, er-xotinning huquq va majbu­riyatlarining kelib chigish asoslari, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi shaxsiy hamda aliment borasidagi huquq va majburiyatlari, garindosh­lik holatida bo'lgan shaxslarning huquq va majburiyatlari singari boshqa masalalar tartibga solingan.

Kodeks oilada er va xotinning tengligiga asoslanib, ona va bola huquqini muhofaza etishga qaratilgan.

---------------------------------39------------------



Er-xotin o`rtasidagi mulkiy munosabatlarni belgilashda er-xotin­ning mulki alohida bo`lingan mink degan qoida asos qilib olindi. Bu kodeks sovet vasiychiligi prinsiplarini va shakllarini ishlab chiqdi. Yuqorida bayon etilgan dekret va kodeks RSFSR qonunchiligi hi­soblansa ham, boshqa sovet respublikalarining, xususan TASSRning nikoh-oila qonunchiligiga asos bo`lib, covet oilasi shakllanishida muayyan rol o'ynadi.

Respublika Ichki ishlar xalq komissarligi RSFSRning ushbu ko­deksi asosida va unga aural qilgan holda covet hokimiyatining hamma joydagi mahalliy organlarida fuqarolik holati dalolatnornalarini qayd etish bo`limlarini tuzdi.

1919-yil 15-noyabrda Ichki ishlar xalq Komissarligi "Turkiston Respublikasida fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo`limla­rini tashkil etish va ularning faoliyati" to`g`risida maxsus qo'llanma qabul gildi.' Unda bu organlarni tashkil etish goidalari va ularning faoliyati belgilab qo'yildi.

Ichki ishlar xalq komissarligining fuqarolik holati dalolatnoma­larini ro'yxatdan o'tkazish organining 1919-yil 19-noyabr buyrug'i bilan go`llanmaga to`ldirish kiritildi. Unda respublika barcha ijroiya komitetlari (shahar) uyezd, volost, qishloqlarda fugarolik holati dalolatnomalarini ta'sis etishi lozimligi belgilandi.

Buyruqda tuziladigan bo`limlarning vazifalari batafsil belgilanib, respublika fuqarolarining fuqarolik holati dalolatnomalarini ro`yxatga olish bilan shug`ullanuvchi covet organlarining huquq va maj­buriyatlari tushuntirib berildi.

Unda, shuningdek, Turkistonda yashovchi barcha millatlar va dindor fuqarolar e'tiboriga bundan song faqat fuqarolik holati dalo­latnomalarini ro'yxatga oluvchi tegishli organlarda ro'yxatga olingan dalolatnomalargina huquqiy ahamiyatga ega ekanligi ko`rsatildi. Bu dalolatnornalar fuqarolarda faqat huquq va majburiyatlarni vujudga keltiradi. Ularda ko'rsatilishicha, diniy urf-odatlar bo'yicha tuzilgan dalolatnomalar majburiy huquqiy ahamiyatga ega bolmay, shaxs­larning xususiy ishi bo'lib goldi.

Ichki ishlar xalq komissarligi qabul qilgan mazkur buyrug`ining Turkistonda tatbiq etilishi o`lkaga yangi oilaviy-maishiy munosabatlar

-----------------------------------------------------------40



kirib kelishiga asos bo`Ldi.' Sharqda covet hokimiyati o`z oldiga islomga, shariatga va mahalliy urf-odatlarga qarshi kurashish va­zifasini go`ymadi.2

1922-yil 25-iyulda Turkiston Markaziy Ijroiya Komiteti "Turkis­ton Respublikasining musulmon xalq sudlari to'g'risida Nizom" qabul qildi. Unga binoan fuqarolik ishlari (asosan nikohdan ajratish va meros ishlari masalalari)ni, shuningdek, mahalliy xalglarning urf­odatlari va axlogi bilan bog'liq ishlarni ko'rish uchun yonma-yon ravishda musulmon xalq sudlari ham tuzildi. Ularning tarkibiga bir yil muddatga bir sudya, volost va shahar normasida mahalliy xalq tomonidan saylangan xalq sudyalari kiradi.



Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling