9) Bolalarni mustaqillik va milliy istiglol mafkurasi g'oyasi asosida tarbiyalasla.
Mustaqillik va milliy istiglol mafkurasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyosiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog`lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o'z magsadlariga erishishi uchun ma'naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo`lib kelgan.
Chunki, mafkura - jamiyatda yashaydigan odamlarning hayot mazmunini, ularning intilishlarini o'zida mujassamlashtiradi.
Bolalar o'z taraqqiyot yo'lini, ertangi kun ufqlarini o'zining milliy g'oyasi, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intilishlari lozim.
<
Oiladagi sog`lom muhit sog`lom mafkurani shakllantirish manbaidir. Jamiyatda har bir oilaning mustahkamligi, farovonligini, o `taro hurmat va ahillikni ta' minlash milliy mafkurada ko `zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda tayanch bo`ladi»
------------------------------------------------23-----------------------------------
3-§. Oila huquqi tizimi
ijtimoiy munosabatlarning muayyan turini tartibga soluvchi oila huquqi qoidalari betartib joylashtirilmasdan, ma'lum tizimga keltirilgan.
Oila huquqi bu oila huquqi tuzilishi, uning muayyan ketma-ketlikdagi alohida institutlari va me'yorlari tarkibidir. Oila huquqi tizimi obyektiv ravishda tuzilib, oila huquqi predmetiga kiradigan ijtimoiy munosabatlarning o `ziga xosligini aks ettiradi, hamda o `zaro bog `langan oilaviy-huquqiy institutlarning birligi va farqlanishida namoyon bo'ladi.
Huquqiy institut deganda turdosh va o'zaro bog'liq ijtimoiy munosabatlar guruhlarini kompleks tartibga solinishini ta'minlovchi alohidalashgan huquqiy me'yorlar yig'indisi tushuniladi. Huquqiy institutlarga mazmun jihatdan turdoshlilik, tartibga solinishi bo'yicha komplekslilik, shuningdek, huquqiy alohidalilik xosdir.
Oila huquqi tizimi qonunchilikda, avvalo Oila kodeksi kabi kodifikatsion xarakterdagi aktlarda, shuningdek, oila huquqi fanida va <> o'quv kursida o'z ifodasini topadi.
Oila huquqi tizimi o'z ichiga umumiy va maxsus gisn-larni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |