O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet13/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

Onalik. Demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiya­tida onalikni himoya etishga alohida ahamiyat beriladi. Chunki ayol­ning asosiy vazifasi insoniyat zanjirini bardavom ettirish, onalik ham jamiyat hayotidagi muhim bir ish bo'lib qoladi. Onalikni boshqa hech bir vazifa bilan almashtirilishi mumkin emas.

Ayol kishi uchun dunyoda onalik baxtidan buyukroq baxt yo'q.

Ona bo`lish, farzand ko'rish, alla aytish ayol uchun baxtdir.

Otalik. Oils huquqining tamoyili bo'lgan <> jumlasi yoniga amaldagi Oila kodeksiga <> degan so'z ham qo'shildi. Bu mustagillik sharofati tufayli bo'ldi. Chunki to'liq ma'noda «Oilaning, onalik, otalik va bolalikning mu­hofaza qilinishi>> bilan belgilanadi.

Xotinning homiladorlik davri bo'lajak ota uchun ham jiddiy sinovdir. Bu davrda er bo`lajak ona va bola to`g`risida g'amxo'rlik qi­lishi, xotinning eson-omon qutulib olishga tayyorlanib borishi uchun yaxshi shart-sharoit yaratib berishda qo'lidan kelgancha harakat qilishi lozim. Unga tegishlicha ruhiy-iqtisodiy muhitning yaratilishi homiladorlikning sog`lom kechishini ta'minlaydi.

Otalikning davlat tomonidan himoya qilish kafolati sifatida oila­sida har bir bola tug'ilganda erkaklarga ish haqi saqlangan holds bir haftalik ta'til berilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki oilada bolani dunyoga kelishida erkak ham ayol bilan teng ishtirok etib u ham imtyozli huquqqa ega bo'lishi belgilansa to'g'ri bo'ladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling