O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet11/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

B) Oila - jamiyat muhofazasida.

Jamiyat tomonidan oila muhofaza qilinadi deyilganda, mamla­katda mavjud bolgan jamiyatlar va jamg'armalar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarning oilaga ham moddiy, ham ma'naviy yordam berishlari tushuniladi. Bu qoida mustaqil Respublikaning Konsti­tutsiyasida belgilangan yangi qoidadir.

Mamlakatimiz jamoat tashkilotlari har xil jamg`armalar hisobi­dan oilani mustahkamlash, bolalar manfaatini himoya qilish uchun turli moddiy va ma'naviy yordam ko'rsatib kelmoqda.

Mamlakatdagi jamoat tashkilotlar tarkibiga kasaba uyushmalari, jamg`armalar, yoshlar va xotin-qizlar harakatlari, kasbiy assotsiasiya­lar, klublar va boshgalar kiradi. Hozirgi paytda mamlakatitnizda respublika va xalgaro ahamiyatga molik 220 dan ortiq jamoat birlash­malari faoliyat ko`rsatmogda. Jumladan, 4 to siyosiy partiya, 2 to harakat, 46 jamiyat, 5 to qo'mita, 24 assotsiasiya, 18 to tarmoq kasaba uyushmalari, 35 to jamg'arma, 15 uyushma, 32 to federatsiya, 31 to boshqa tashkilotlar mavjud. Shuningdek, respublikamizda hisob ro'yxatiga olingan 1500 viloyat, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning jamoat tashkilotlari mavjud'.

Jamoat tashkilotlari o'z maqsad va vazifalariga muvofiq ravishda respublikada o'tkazilayotgan keng ko'lamli islohotlarga munosib hissa go`shib, oilalarni mustahkamlashga ko`maklashmogda. Masalan, ekologiya va salomatlik sohasida <>, ehtiyojmand kishilarga va nogironlarga ijtimoiy yordam ko'rsatishda «Navro`z» jam­g`armalari, nogironlar jamiyatlari, onalik va bolalikni muhofaza qi­lish, xotin-gizlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirishda Xotin­qiziar go`mitalari, mehnatkashlarning kasbiy va boshqa gonuniy man­faatlarini ifoda etishda kasaba uyushmalari, iste'dodli yoshlarni

------------------------------------------------------------18------------------------------------------------------------------

go`llab-quvvatlashda «Ulug`bek, «Iste'dod» jamg`armalari faoliyatini alohida ta'kidlab o'tish mumkin.

Nima uchun mamlakatimizda oilaga jamiyat tomonidan bu qadar katta e'tibor berilmoqda? Chunki oila jamiyatning bir bo'lagi, uzviy qismi bo'lib, uning bosh bo'g'inini tashkil etadi. U qancha mustahkam bolsa, jamiyat ham shuncha mustahkam boladi.

Oila ayni vaqtda jamiyatning, avvalo, uning jamiyat manfaatlari bilan chambarchas bog`liq ekanligida hamda ijtimoiy vazifalarida yaggol aks etadi.

2) Barcha fugarolar - jinsi , irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chigishi, e'tigodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar qonun oldida tengligi.

Oila huquqida barcha fuqarolar millafi, irqidan qat'iy nazar teng ekanligi ifodalangan «...barcha fugarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, rnillati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar» (O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-modda). Bu xalqlar do`stligidan kelib chiqadigan o'zgarmas qoida bo'lib oila huqugida o'z ifodasini topib, odamlarni har xil millatga tegishli ekanligi yoki irqiga mansubligi oilaviy munosabatlarda heck qanday ahamiyatga ega emasligini anglatadi.



Nikoh tuzish uchun fugarolarning har xil millatga, dinga e'tiqod etishi to'siq bo'lolmaydi.

Bolalarni farzandlikka olishda farzandlikka oluvchilarning bola­lardan boshqa millatga tegishli ekanligi ham monelik gilolmaydi.

Hayotimizda nikoh, farzandlikka olish tufayli fugarolarning bir oilaga birlashganligini ko'plab uchratish mumkin.

3) Hamma oilaviy munosabatlarda ayol bilan erkak teng huquqlidirlar.

Amaldagi O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46­moddasiga binoan, xotin-qizlar va erkaklar teng huquglidirlar. Bu ta­moyil konstitusion qoidaga aylandi.

Jamiyatda ayol bilan erkakning teng huqugliligi mamlakatimizda erishilgan jinsidan qat'iy nazar fugarolarni siyosiy tengligiga asos­lanadi.

Bu tamoyil Oila kodeksining 2-moddasida quyidagicha ifodalan­gan: oils munosabatlarini tartibga solish erkak va ayolning ixtiyoriy

---------------------------------------------------------------19-------------------------------------------------------------------



ravishda nikohlanib tuzgan ittifoqi, er va xotinning shaxsiy hamda mulkiy huquglari tengligi, ichki oilaviy masalalarning o'zaro kelishuv yo'li bilan hal qilinishi, oilada bolalar tarbiyasi, ularning farovon hayot kechirishi va kamoloti haqida g'amxo'rlik qilish, voyaga etmagan va mehnatga layoqatsiz oils a'zolarining huquq va man­faatlarini himoya qilish ustuvorligi tamoyillari asosida amalga oshi­riladi.

4) Oilaviy munosabatlarda ishtirok etuvchilarni ma'naviy va moddiy go`Ilab-quvvatlash hamda ularning o`zaro bir-biriga g'amxo'rlik qilishi.

Bu tamoyil oilaviy munosabatlarning mazmunidan kelib chiqib, ular moddiy hisob-kitoblardan xoli bo'lgan bir-biriga muhabbat, hurmat kabi hissiyotlarga asoslanadi.

Er va xotin, ota-ona va bolalar, bobo-buvi va nabiralar, aka-uka­lar va opa-singillar, farzandlikka olganlar va farzandlikka olinganlar va hokazolar o'rtasidagi munosabatlar-avvalo nikoh, qon-qarindoshlik yoki oilaviy rishtalar bilan bog'liq bo'lgan shaxslar o'rtasidagi shaxsiy munosabatlardir.

Oilaviy munosabat ishtirokchilarining bir-biriga munosabati umum axloqiy tamoyilga va ma'naviy me'yorlar bilan tartibga solina­di. Bu esa huquqiy demokratik davlatni muvaffagiyat bilan qurayot­gan jamiyat a'zolariga xosdir.

Oils a'zolari o'rtasidagi munosabatlarning huquqiy tartibga soli­nishi mans shu tamoyillarga tayanadi va ularga to'la mos keladi. Ba'zi hollarda qonun oils a'zolarining o'z yaqinlariga g'amxo'rlik qilish majburiyatini yuklaydi. Oils kodeksining 109-moddasiga binoan voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar mchnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o'z ota-onasiga ta'minot berishlari va ular to`g`­risida g`amxo`rlik qilishlari chart.

Amaldagi qonunda oils a'zolarining aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv tartibi e'tirof etiladi va ushbu tartib jamiyatda o`rnatilgan fuqarolaniing o'zaro munosabatlari qurilishiga oid axloqiy mezon­larga mos keladi.

Zarur hollarda oily a'zosi moddiy ta'minotni sudning hal qiluv qaroriga asosan undiradi.



Ko'p hollarda oils a'zolarining bir-biriga aliment ta'minoti dav­lat va ijtimoiy fondlardan olinadigan mablag'larga go`shimchadir. Bu

-----------------------------------------------------------------------20----------------------------------------------------------

fondlarning ko'payishi va ular orqali fuqarolar ehtiyojlarining yanada ko'proq qondirilishi bilan aliment majburiyatlari jamiyatda o`z ahamiyatini yo'qota boradi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling