O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT YURIDIK INSTITUTI
F.M. OTAXO'JAYEV, SH.R. YO'LDOSHEVA
OILA HUQUQI
Toshkent
"Adolat"
2007
SO'ZBOSHI O'RNIDA
Mazkur Oila huquqi darsligi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan
2007-yilda tasdiglangan dastur asosida yozildi. Darslik O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi va ular asosida qabul qilingan normativ aktlar hamda me'yoriy hujjatlar, Prezident Farmonlari va Farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek, rahbariy va ilmiy adabiyotlar asosida yozildi.
Oilaga oid islom huquqida ifoda etilgan qoidalarga ham alohida e'tibor berildi.
Kitobda oila huquqining umumiy qismiga oid nazariy muammolar, oila, oila huquqi tushunchasi va predmeti, metodi, oila qonunchiligi tarixi, oilaviy-huquqiy munosabatlar, oila va fuqarolik huquqining nisbati, shuningdek, oila huquqining maxsus qismiga oid asosiy masalalar: nikoh, er va xotinning huquqiy munosabatlari, ota-onalar va bolalarning huquq va majburiyatlari, aliment majburiyatlari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirish shakllari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ishtirokidagi oilaviy-huquqiy munosabatlarni tartibga solish kabi masalalar yoritiladi.
Oila huquqining yangi institutlari, xususan, nikoh shartnomasi, aliment kelishuvi, sun'iy bolani vujudga kelishi tufayli otalik va onalikni belgilash masalalariga alohida e'tibor beriladi.
Umuman, darslik oliy o'quv yurtlari talabalari, magistrlar, aspirantlar, o`gituvchilar, ilmiy xodimlar, shuningdek, sud, prokuratura, FHDYO, advokatlar va boshga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga, respublika axolisining huqugiy savodxonligi va madaniyatini oshirishga mo`ljallangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |