O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
B) oila - davlat muhofazasida.
----------------------------------------------------------------11------------------------------------------------------------- Davlat tomonidan oilaga kun sayin g`amxo`rlik qilish, unga har taraflama moddiy yordam bcrish insonparvar demokratik huquqiy davlatning muhim vazifalaridan biridir. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 65-moddasi, 2-gisrni va Oila kodeksining 4-moddasi, 1-gismiga binoan Oila, onalik, otalik va bolalik davlat himoyasida. Mamlakatimizda oilani davlat muhofazasida bo`lishini O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza gilish majmui kotibiyati olib boradi. O'tgan vaqt davomida respublikamizda ayollar va o'sib kelayotgan yosh avlod sog'lig'ini mustahkamlashga yo'naltirilgan choratadbirlar amalga oshirilishi natijasida sog`lom oilani shakllantirish, tug'ish yoshidagi ayollarni sog`lomlashtirish ishlari o'zining ijobiy samarasini berdi. Ikkinchi chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiyasi kun tartibida «Oila va ayollar muammolari komissiyasi» tashkil etildi. Ushbu komissiya oila va ayollar muammolari bo'yicha davr talablariga javob beradigan oilani saglash va mustahkamlashga, yangi avlodni tarbiyalashga garatilgan yangi qonunlar loyihalarini tayyorlash vazifalarini o`z oldiga qo'yadi. Oilaning davlat muhofazasida ekanligi Respublikamiz Prezidentining farmonlarida o`z aksini topmoqda. Prezidentning birinchi farmoni 1990-yil 3 mayda gabul gilingan bo'lib, < Unda ko'p bolali onalarning moddiy ahvolini, yosh avlodning o`sish sharoitlarini yaxshilash maqsadida onalarga to'lanadigan oylik nafaqa ikki martaga ko'paytirildi. Mazkur Farmon o'zbek xalgining bolajonlik tabiatini ko`rsatadi. Faqat keyingi yillarda Respublika Prezidentining oilaga alogador bir Bator farmonlari qabul qilindi. Mustaqillik yillarida 2,5 million oila birinchi marta er uchastkalari oldilar va o'z er uchastkalarini kengaytirdilar. Tomorqa uchastkalarning o'rtacha hajmi 20 sotixdan oshdi. Shaxsiy tomorqalar -----------------------------------------------------------------12-------------------------------------------------------------------- hajmini yanada kengaytirish va ularni 0,25 gektarga etkazish nazarda tutilmoqda. Prezident I.Karimov tashabbusi bilan 1998-yili «Oila yili>> deb e'lon gilinishi bilan shu yili oila manfaatlari uchun barcha manbalar bo'yicha 144,8 milliard so'm mablag' ajratilib, ularning deyarli yarmi davlat byudjetidan goplandi. Oila ishi bu oila a'zolarining shaxsiy ishi deb, ularni o'z xoliga tashlab go`yish murnkin emas. Ayniqsa, bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin serfarzand, kam ta'minlangan oilalarni, bolalar, bolali yolg`iz ayollarga davlat va jamoat yordamini ko`rsatish lozim. Mamlakatimizda alohida e'tibor yoshlar oilasiga qaratilgan. Prezident Islom Karimov < ...Harakat endigina turmush qurgan yosh oilalarga ma'lum bir imtiyozlar berilishi, aytaylik, ularga keyin bo`lib-bo`lib qaytarish sharti bilan imtiyozli kreditlar ajratilishi haqida o'z takliflarini ilgari surishi va ularni amalga oshirishi uchun harakat qilish o`rinli, deb bilaman. Ishonchim komilki, bu yosh oilalarga moddiy yordamgina bo'lib golmay, ayni paytda ularni mustahkamlashga ham xizmat qilishi mugarrarn ~ . Shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yosh oilalarni moddiy va ma'naviy go`Ilab-quvvatlashga doir go`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»zgi 2007-yil 18-may PF-3878-sonli Farmoniga binoan, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hat etishda yosh oilalarga amaliy yordam berish, ularga sifatli ta'lim, huqugiy axborot, maslahat va boshqa, jumladan, bolalar sog`lig`ini saglash va tarbiyalashni ta'minlash bo'yicha xizmat ko'rsatish, yosh oilalarni ma'naviy go`Ilab-quvvatlashni kuchaytirish, yoshlarda o'zi qurgan yangi oila uchun g`urur va ma'suliyat hissini, ota-onaga, keksa avlod vakillariga hurmat-e'tibor, mehnat gilish va xalqimizning ma'naviy qadriyatlari ruhida bolalarda tartib-intizom tuyg'usini shakllantirish maqsadida, ---------------------------------------------------------------13---------------------------------------------------------------- 2007-yilda 50,0 milliard so'm ajratish to'g'risidagi takliflar ma'qullandi. Hozircha oila haqida alohida fan yo'q, oilaning turli qirralarini o`rganish bilan esa, o'ndan ortiq fanlar shug'ullanadi, bular: etnografiya, axolishunoslik, demografiya, ijtimoiy geografiya, sotsiologiya, iqtisodiyot •funlari bilan statistika, psixologiya, oila pedagogikasi, tibbiyot, huquqshunoslik hamda boshqalardan iborat. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling