O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


Download 0.85 Mb.
bet14/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

Bolalik. Bola, ota-onaning quvonchi, faxri, baxti, er-xotinni bir­biriga payvand qiladigan ham farzanddir.

------------------------------------------------------------------21-------------------------------------------------------------



Bolaga mehr-muhabbat tuyg`usi onalarda juda kuchli bo`ladi. Ona o'z bolasini tug`ilmasidan ancha avval sevishga va unga jonini ham berishga qodir zot. Bola paydo bo`lganidan tug'ilgunga qadar onasi hisobiga oziglanadi, rivojlanadi. «Ona o'z jonidan jon, o'z tanidan tan ato etadi», deb bejiz aytishmagan.

Axolisining yarmidan ko'prog'ini 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmagan bolalar tashkil etadigan respublikada bolalar huquglarini ta'minlash alohida ahamiyatga ega.

6) Ixtiyoriy va erkin nikoh.

Nikoh tuzish ixtiyoriydir.

Nikoh tuzish uchun bo'lajak er-xotin o'z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish ta­giglanadi (Oils kodeksining l4-moddasi).

Jamiyatda nikoh erkak bilan ayol o`riasidagi tenglik va o`zaro xohish asosida tuzilgan erkin ittifoq va ahdnoma bo`lib, magsadi oily qurish, farzandlarni jamiyatning munosib kishilari qilib tarbiyalashdan iborat. Nikoh tuzishning muhim shartlaridan biri nikohlanuvchilarning ixtiyoriy va erkin ittifoqidir.

Nikohga kirishning o'zaro rozilik sharti buzilishi fagat uning haqiqiy emas, deb tanilishigagina emas, balki g'ayriqonuniy xatti-ha­rakat sodir etib, nikohga kirishga zo'rlagan, aldagan va qo'rqitgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishga ham asos bo'ladi.

7) Faqat yakka nikohlilikni tan olish va uni mustahkamlash uchun yordam berish.

Ochiq adolatli huquqiy jamiyatda fuqaro fagat bir nikohda bo'li­shi mumkin. Yakka nikohlilik tamoyili bizning mamlakatda mavjud bo'lgan yuksak istiglol malkurasi me'yorlaridan kelib chiqadi. Bun­day qoida jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosgichidagi oila muno­sabatlarining talablariga to`la javob beradi.

Arnaldagi gonunda belgilangan yakka nikohlilik hayotda mavjud bo'lgan haqiqat bilan muvofiq bo`lib odamlar xulq-atvoridagi qoi­dalarga mos keladi.

Bu qoidaning buzilishi fagat nikohni haqiqiy emas, deb hisob­lashdan tashqari qonunni buzgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tor­tishga ham asos bo`ladi.

8) Davlat tartibi asosida nikohdan erkin ajralish.

-----------------------------------------------------22---------------------------------



Davlat nazorati asosida nikohdan erkin ajralish (Oila kodeksi­ning 37-moddasi).

Nikohdan ajralish er-xotinning shaxsiy huquqi, ammo nikohdan ajralish ijtimoiy manfaatga ta'sir etishini, oilani buzilishini hisobga olib, davlat nikohdan ajralish tartibi va asoslarini belgilaydi, bunda er­xotinlarga yordam berib, o`ylamasdan qabul qilingan garorning oldini olishni nazarda tutadi.



Arnaldagi qonunchilik nikohdan erkin ajralish davlat tartibini belgilab yetarli darajada shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarni himoya qi­lishni ta'minlaydi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling