O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


IV mavzu. OILA HUQUQINING MANBALARI 1-§. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi


Download 0.85 Mb.
bet24/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

IV mavzu. OILA HUQUQINING MANBALARI 1-§. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi
Mamlakatimizda oilaviy-huquqiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oila kodeksi, Fuqarolik holatlarini qayd etish tartibi to'g'risidagi Yo'riqnoma, Fuqarolik holati dalo­latnomalarini qayd etish Qoidalari, O`zbekiston Respublikasida vasiy­lik va homiylik to'g'risida Nizom, Voyaga yetmagan bolalarni far­zandlikka va tarbiyaga olish (patronat) to`g`risida Nizom, Voyaga yetmaganlar ishlari bo'yicha komissiyalar faoliyatini takomillashtirish haqidagi qaror, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining oila huquqi masalalariga qaratilingan dasturiy ko'r­gazmalari bilan tartibga solinadi.

Oila huquqining asosiy manbai O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasidir. U o`n ikkinchi chagiriq O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul gilingan.

Mustaqil Respublika Konstitutsiyasining gabul qilinishi nikoh va oila qonuniga ham aniqlik kiritdi. Bundan song nikoh va oila kodeksi deyilmay, «Oila kodeksi>>, deb atalmoqda. Chunki Konstitutsiyaning III bolim, XIV bobi «Oils» deb nomlanib, 63-66-moddalar oilaviy­huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalardir. 46­moddada esa xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlir, degan oila huquqini tamoyilini asosiy qonunga kiritdi.

Yugorida ta'kidlanganidek, Asosiy qonunda Oilaga maxsus bob ajratilgan. Bu bobni <> bo`limida berilishi ham ayni muddao, chunki oila jamiyatning bir bo'lagi, uning asosiy bo'g'inidir.

Konstitutsiyaning 63-moddasida shunday deyiladi: «Oila ja­miyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bolish huquqiga ega>>.

Bu moddani « Oila - otalik, onalik va bolalik davlat va har xil nodavlat jamg'armalar himoyasida bo`ladi», deyilgan jumla bilan to'l­dirilsa, yanada katta aharniyat kasb etardi. Chunki to'liq, keng ma'nodagi «Oila» so`zi ilmiy ma'noda ota, ona va bolani o'z ichiga oladi. Er-xotin o'rtasidagi munosabatning asosida nikoh yotsa, ota-ona

----------------------------------------------------63------------------------------------------



va bola o'rtasidagi munosabatning asosida qon-qarindoshlik yotadi. Chunki, bola ota gonidan paydo bo'ladi, ona gornidan tug'iladi. Oilani mustahkamlash ko'p jihatdan unda otaning obro'sini, ahamiyatini oshirish bilan bevosita bog'liq. Ota bo'lish mugaddas va mas'uliyatli vazifadir. Chunki, hayotiy tajribadan ma'lum bo`lishicha, oilaning barcha ma'naviy va iqtisodiy tashvishlari otalarga yuklatilgan. Ota oila boshlig'i, o'z farzandi unib-o'sishi, voyaga yetishi uchun birinchi mas'ul shaxs.

<> degan hikmat esa bag'ri keng xalqimiz hayotida otaning mavqeyi qanchalik yuksak ekanligini aks ettiradi.

Farzand tarbiyasi uchun rahmat ham, la nat ham, avvalo, otaga yo `naltiriladi.

Barkamol oilaga hamisha irodali, iymonli ota bosh bo'lgan.



Ayni shu holat tili, dini, tarixi, taqdiri biz bilan mushtarak bo`1­gan yon va jon qo'shnimiz Qozog'iston Respublikasining 1993-yil 28­yanvarda gabul gilingan Konstitutsiyasining 52-moddasida o'z ifoda­sini topdi. U quyidagicha belgilandi: «Oila onalik, otalik va bolalik jamiyat va davlat himoyasidadir>>. Bu ayni muddaodir.

Oila huquqining asosiy tamoyillari Konstitutsiyada o'z ifodasini topgan. Ular jumlasiga oilani jamiyat va davlat muhofazasida bo`­lishligi, oilada erkak va ayolni teng huquqliligi, nikohning ixtiyoriy va teng bo`lishligi, ota-onalar va bolalarni asosiy huquq va majburiyat­laridir.


2-§. O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi
Oila huqugining asosiy manbai butun keng qamrovli oila gonunchiligining «o`zagi» O`zbekiston Respublikasining Oila kodek­sidir. U 1998-yil 30-aprelda birinchi chaqiriq O'zbekiston Res­publikasi Oliy Majlisining o'n birinchi sessiyasida qabul qilinib, o'sha yili 1 sentabrdan e'tiboran amalga kiritildi.

Oila kodeksi 8 bo`lim, 30 bob, 238 moddadan iborat.



Amaldagi Oila kodeksi loyihasi birdaniga paydo bo`lgani yo'q. Uni tayyorlash to'g'risida 1996-yil Toshkentda bo`lib o'tgan <----------------------------------------------------64----------------------------------------------------



yuksaltirish>> mavzusiga bag'ishlangan Respublika yuristlari kon­ferensiyasida ham aytib o `tilgandi.

Oilani yanada mustahkamlash va uning ijtimoiy ahamiyatini oshirish uchun huquqiy munosabatlarni tartibga solishga garatilgan huquqiy normalar mustagillik va milliy istiglol mafkurasi g'oyalari asosida tayyorlandi. U xalqaro normalarga va milliy mentalitetga mos ravishda ishlab chigildi.

Oila to'g'risidagi qonunlarni yanada takomillashtirish bir gancha yo`nalishlarda olib borildi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling