Oila psixologiyasi fan sifatida
Oila psixologiyasi fan sifatida D.A.Urazbayeva Reja:
Oila psixologiyasining psixologik bilimlar tizimida tutgan o‘mi.
Oila psixologiyasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Oila psixologiyasi oilaning ijtimoiy institut maqomidagi faoliyatining ob’ektiv qonuniyatlarini, oila-nikoh hamda qarindosh - urug‘chilik munosabatlarining mexanizmlari va turmush tarziga oid konkret vaziyatlarda oila a’zolari ijtimoiy xulqining namoyon bo‘lishini o‘rganadigan fan sifatida.
Oila psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Oilaviy psixologiyaning tadqiqot metodlari: kuzatish, konkret vaziyatlami tahlil qilish, suhbat, eksperiment, statistik metodlar. Oilaviy munosabatlami o'rganishdagi qiyinchiliklar.
Оллоҳ Таоло Нисо сурасида айтадики:
Оллоҳ Таоло Нисо сурасида айтадики:
«Эй одамлар, сизларни бир жондан яратган ва ундан ўзига жуфт яратган парвардигорга тақво қилингки, у шу жуфтдан кўпгина эркагу аёлларни тарқатди».
Уйланиш Исломда муқаддас аҳднома ва васиқадир. Нур сурасида: «Ва аёллар сизлардан ишончли васиқа олганлардир» — дейилган.
“Оила – бу табиатнинг шоҳ асарларидан бири”- Сантяна
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog’i sifatida XX asrning oxirlariga kelib shakllangan.
Oila psixologiyasi ijtimoiy psixologiyaning bir tarmog’i sifatida XX asrning oxirlariga kelib shakllangan.
XXI asrga kelib esa uning inson hayotidagi ahamiyati va jamiyat ma’naviyatini barqarorlashtirishdagi roli yanada sezila boshladi.
Oila psixologiyasi-ijtimoiy psixologiyaning amaliy tarmog’i sifatida u nikohga oid ustanovkalarni, oila a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning – mehribonlik, g’amxo’rlik, hamdardlik, hamjihatlik, tobelik, bo’ysunish, etakchilik kabi o’ziga xos qirralarini, oilaviy rollar taqsimоti va o’zaro ta’sirning jinsga oid qonuniyatlarini, ota-ona va farzandlar, yaqin qarindosh urug’lar o’rtasidagi hissiy-emotsional bog’liqlikni, oilaviy ro’zg’or yuritish va turmush tarzini tashkil etishga bog’liq bo’lgan psixologik jarayonlarning kechishini tadqiq etadi, o’rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |