O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Er va xotinning shaxsiy va umumiy garzlariga javobgarligi


Download 0.85 Mb.
bet57/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

4-§. Er va xotinning shaxsiy va umumiy
garzlariga javobgarligi

Er-xotindan birining qarzi uchun hag uning o'z xususiy mulki­dan, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulki bo`Iganida esa unga tegishli bo'lgan hissadan undirilishi mumkin.

Umumiy qarz er-xotinning ikkalasi yoki ulardan bittasi (ikkinchi tomon bilan kelishilmagan bo`lsa-da), yoki butun oila manfaatiga qaratilgan bo'ladi.

Shaxsiy qarzlar esa bunday belgilarga ega bo`lmaydi. Qarzlar bo'yicha javobgarlik er-xotinning umumiy mulkini bo`lishda, undan tashqari ham bo'lishi mumkin.

Er-xotinning voyaga yetmagan bolalari harakatlari tufayli zarar ko'rgan tomonning talabi er-xotinning mulkidan haq undirishning

-------------------------------------------------134------------------------------------------- alohida turi hisoblanadi. Ota-onalarning moddiy javobgarlik masalasi fuqarolik qonun hujjatlari normalari asosida hal gilinadi.'

Keltirilgan zararni er-xotindan bittasining xususiy mulkidan, shuningdek, ularning birgalikdagi umumiy mulkidan undirish mum­kin. Masalan, agar er-xotin qayd etilgan nikohda bo`lib, alohida yashayotgan bo`lsalar, ularning voyaga yetmagan bolalari moddiy za­rar keltirsa, bu holat ulardan birining aybi bilan bevosita bog`liq bo`1­sa, uning xususiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulkidan haq undirish mumkin. Biroq er-xotinning nikohdan ajralib alohida yasha­shi yoki ota-onalarning bolalardan alohida yashashi er-xotinning yoki ulardan birining voyaga yetmagan o'z bolalari keltirgan zararni to'lashdan ozod qilish uchun asos bo'lmaydi.

Agar nizo chiqsa, sud bola keltirgan zarar uchun ota-onaning har ikkalasini ham javobgar qilib, yetkazilgan moddiy zararni ularga to'­latishi mumkin. Aksariyat hollarda esa bola keltirgan zarar uchun bola bilan birga yashaydigan ota yoki ona javobgar hisoblanadi. Er­xotinning birgalikdagi umumiy mulki hisoblangan mulkidan haq undi­rishga, ulardan bittasi tomonidan sodir gilingan jinoyat tufayli kelti­rilgan zararni undirishga, agar bu mink jinoyat sodir qilish yo'li bilan topilgan mablag'ga olinganligi aniglansa va bu jinoyat sodir gilishda ayblangan er yoki xotinning aybdorligi jinoyat ishi bo`yicha sudning hukmi bilan aniglangan bo`Isa, yo`1 qo'yiladi.



Zararni undirish to'g'risidagi da'voni ko'rayotgan sud er-xotin­dan har biri keltirgan zararning aniq migdorini belgilash masalasini hal qiladi.

Sud bunday ishlarni ko`rishda, avvalo, er-xotinning birgalikdagi umumiy mulkdagi tegishli qismini aniglab, qarzdorga tegishli bo'lgan mulkni belgilaydi. Shundan song, agar bunga yetarli asos bo'lsa, ikkinchi tomonga tegishli mulklar xatdan chigariladi.

----------------------------------------------135--------------------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling