O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
-§. Nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor gilish
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nikoh shartnomasini haqiqiy emas deb topish
4-§. Nikoh shartnomasini o'zgartirish va bekor gilish
Nikoh shartnomasi er-xotinning o`zaro roziligi bilan istalgan vaqtda o`zgartirilishi va bekor gilinishi mumkin. Bunday o'zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi kelishuv yozma shaklda bo'lishi va notarial tartibda tasdiglanishi lozim. Nikoh shartnomasini bajarishdan bir tomonlama bosh tortishga yo'l qo'yilmaydi. Agar nikoh shartnomasi bekor qilingan bo'lmasa, u holda u nikoh tugatilishiga qadar amalda bo'ladi. Nikoh shartnomasi er-xotindan tinning talabi bilan Fuqarolik kodeksida belgilangan asoslar va tartibda sudning hal qiluv garori bilan o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. ----------------------------------------------141------------------------------------------- Oila kodeksi 32-moddasining 3-qismiga binoan "nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining aural qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno".
Nikoh shartnomasi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan asoslar va tartib bo`yicha to'la yoki gisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Agar nikoh shartnomasi oila yoki fuqarolik gonunlari norrnalarini buzib tuzilsa, u holda bu shartnomaning mazmuni buzilib, qonunga qarshi tuzilgan hisoblanadi. Biroq O'zbekiston qonunchiligi bilan nikoh shartnomasi instituti kiritilgach, er-xotinlar o'rtasida sud nizolari ko`payadi, degan fikrga boyish noto`g`ri. Aksincha, mazkur shartnoma ko'pchilik masalalar taraflarning o'zaro kelishuvi asosida hal qilinib, sud muhokamasiga bormaslikka imkoniyat yaratadi. Bunday turdagi shartnomani tuzish amaliyoti ma'lum asosda vujudga kelishi tufayli nikoh shartnomasi er-xotindan bittasining yoki uchinchi shaxslarning huquglarini buzish hollari so`zsiz kamayishiga olio keladi, chunki mazkur shartnoma hay gaysi er-xotin uni tuzishni (o'zi uchun) ma'qul deb topsa, unga mulkiy huquqiy tartibni belgilash imkoniyatini yaratadi. Nikoh haqiqiy emas deb topilsa, beixtiyor ravishda nikoh shartnomasi ham haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Nikohning mavjudligi nikoh shartnomasining elementi hisoblanadi. Shuning uchun nikoh haqiqiy emas deb topilganda u tuzilgan vaqtidan boshlab bekor qilinib, nikoh shartnomasi ham tuzilgan vaqtidan boshlab o`zining yuridik kuchini yo'qotganligini bildiradi. Nikoh shartnomasini tuzuvchi qayd etilgan nikohda turuvchilac deb hisoblanadi. Ularning kelishuvi nikoh shartnomasi hisoblanmaydi, chunki, qonunchilik yuridik rasmiylashtirilmagan amaldagi nikoh munosabatlariga huquqiy oqibat bermaydi. ------------------------------------------142------------------------------------------- Nikoh shartnomasi albatta yozma shaklda tuzilishi va notarial tartibda tasdiglanishi lozim (Oila kodeksining 30-moddasi, 3-bandi). Qonun bilan belgilangan tartibda rioya qilmaslik bunday shartnomani haqiqiy emas deb topish uchun asos bo`ladi. Shaklga nisbatan bunday talablarni belgilash nikoh shartnomasining er-xotinga, shuningdek, uchinchi shaxslarga nisbatan ham alohida ahamiyatini ko`rsatadi. Bu shartnoma qoida tariqasida uzoq muddat amalda bo'ladi va mulkiy huquq va majburiyatlarni kelajak vaqtga qarab belgilaydi. Shuning uchun bunday huquglarni aniq va qat'iy belgilash unga notarial shakl berish tufayli erishiladi. -------------------------------------------143-------------------------------------------- Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling