O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Ota-onalik huquqini amalga oshirish


Download 0.85 Mb.
bet74/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

5-§. Ota-onalik huquqini amalga oshirish
O'z bolalariga nisbatan (Oila kodeksining 75-78-moddalariga qa­rang) ota-onalarga keng huquglarni berib, umumiy qoida bo'yicha davlat ularni amalga oshirish jarayoniga aralashmaydi. Biroq bunda davlat o'z shartlarini qo'yadi. Asosiy e'tibor ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga Ad tarzda amalga oshirilishi mumkin emas (Oila ko­deksi 75-moddasining 1-bandi).

Amaldagi qonunchilikka asosan ota-onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona Bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga, axloqiy

-------------------------------------------------173-----------------------------

kamolotiga zarar etkazmasliklari lozim. Bolalarni tarbiyalash usullari­ni mensimaslik, shafqatsizlik, qo'pollik, insoniy gadr-gimmatini kam­situvchi harakatlardan, bolalarni hagoratlash yoki ularga tazyiq o'tka­zishdan xoli bo'lishlarini ta'kidlaydi.

Agar ota-onalar o'zlarining ota-onalik huquqlarini bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratib amalga oshirsalar buning uchun ularning javobgarligi qonun tomonidan belgilangan tartibda vujudga keladi. Javobgarlik fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma'muriy bo`lishi mumkin. Bunda aniq ota-onaning o'z bolasiga nisbatan ganday hu­quqni buzganligiga, ya'ni jinoiy nojo'ya ish va boshqa turdagi huquq buzilishiga bog'liq bo'ladi.



Ota yoki ona tomonidan voyaga yetmagan bolani tilanchilikka, spirtli ichimliklar iste'mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hi­soblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta'sir qiladigan vosita va moddalarni iste'mol etishga jalb gilish, shunday harakatlar uchun ma'­muriy jazo qo'llanilganidan sodir etilgan bo`lsa, jinoiy oqibatni kelti­rib chigaradi (Jinoyat kodeksi, 127-moddasining l-bandi).

Ota-onalarning javobgarligi oila gonunchiligi normalari asosida ham vujudga kelishi mumkin. Ma'lum shartlaming mavjud bo'lishi ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum etish uchun asos bo'lishi mumkin (Oila kodeksining 79-moddasiga garang).

Oila kodeksining 75-moddasi 4-bandiga muvofiq, bolalarning ta'lim-tarbiyasiga taalluqli barcha masalalar bolalar manfaatidan kelib chigadi va ularning fikrini hisobga olgan holda ota-ona tomonidan o'zaro kelishuv asosida hat etiladi. Agar ota-ona o`rtasida kelish­movchiliklar mavjud bo'lsa, ular (ulardan biri) bu kelishmovchilik­larni hat gilish uchun vasiylik va homiylik organiga yoki sudga mu­rojaat qilishga haglidir.

Ota-onalik huquqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun bolalar o'zlarini ota-onalari yoki ulardan biri bilan yashashliklari maq­sadga muvofiq. Agar ota-onalar alohida yashasalar, bolaning yashash joyi ota-onalarning kelishuvi bilan hat qilinadi. Agar ota-onalar o`rtasida kelishuv bo'lmasa u holda nizo bolalar manfaatlaridan kelib chiqib, ularning fikrini hisobga olgan holda hat etiladi. Bunda sud, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan gaysi biriga bog'lanib golganligini, bolaning yoshini, ota-onasining axlogiy va boshqa

----------------------------------174--------------------------------



shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o'rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart­sharoitlar (ota-onasining mashg`ulot turf, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshgalar) yaratish imkoniyatini hisobga oladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling