O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya gilish


Download 0.85 Mb.
bet73/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

4-§. Bolalarning huquq va manfaatlarini himoya gilish
bo'yicha ota-onaning huquq va majburiyatlari

Oila kodeksining 74-moddasi ota-onalarga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ularni zimmasiga yuklaydi.



Ota-onalar o'z bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har bi­ri shundan foydalanadi.

Ota-ona o'z bolalarining vakillari bo'lganligi uchun har ganday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo`lgan munosabatlarda, shu jum­ladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini hi­moya qiladilar. Buning uchun bolaning tug'ilganligi to`g`risidagi guvohnoma yoki pasportini ko'rsatishi yetarli, chunki bundan bo­laning huquqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi.

----------------------------------------------172-----------------------------------

Nikohsiz tug'ilgan bolaning huquqini himoya qilish, qoida aso­sida ona tomonidan amalga oshiriladi. Bunday bolaning huquqini hi­moya qilish amaldagi otaga agar ota o'z otaligini o'z xohishi bilan tan olsa yoki otalik cud tartibida belgilangan bo'lsa unga yuklatiladi.

Bolaning yoshi kattalashib borgan sari fuqarolik muomala layo­qati ham kengayib boradi. Shuning uchun, masalan, Fuqarolik kodek­sining 27, 29-moddalari o'n to'rt yoshdan o'n sakkiz yoshgacha bo`1­gan, shuningdek, o'n to'rt yoshga to`lmagan voyaga yetmaganlar (ki­chik yoshdagi bolalar)ning muomala layoqatini aniq belgilab beradi.

Bularni hisobga olio o'n to'rt yoshga to`lmagan voyaga yetma­ganlar uchun fuqarolik-huquqiy bitimlarni (FKning 28-moddasi, 2­gismida ko'rsatilgan hollardan tashgari ular nomidan fagat ularning ota-onalari, ya'ni o'z bolalarining qonuniy vakili sifatida qatna­shadilar.

O'n to'rt yoshga to`Imagan voyaga yetmaganlarning fuqarolik huquq va majburiyatlarini belgilash, o'zgartirish yoki bekor qilishga garatilgan harakatlari haqiqiy emas deb topiladi. Biroq, agar bitim kichik yoshdagi bolalar manfaatini ko'zlab tuzilgan bo'lsa, uning ota­onasi, farzandlikka olganlari yoki vasiyning talabi bo'yicha u cud yo'li bilan haqiqiy deb topiladi. 14 yoshga to'lgan bolalar uchun fuqa­rolik-huquqiy munosabatlarda ota-onalar o`z bolalarining homiylari sifatida qatnashadilar (FKning 32-moddasiga garang).

Voyaga yetmagan bolani o'n sakkiz yoshga to'lishi yoki nikoh tuzishi va boshqa hollarda hokimning alohida qarorisiz belgilangan homiylik tugatiladi.


Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling