O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari
XV mavzu. ALIMENT MAJBURIYATLARI
1-§. Aliment majburiyatlarining umumiy qoidalari Alimentlar - (lotincha alimentum - < Amaldagi qonunchilikda bir tomonda davlat ikkinchi tomonda jismoniy shaxs ishtirok etsa yoki ijtimoiy huquqiy munosabatlar sodir bo'lsa, u holda «nafaga» so'zi ishlatiladi. Agar oilaviy huquqiy munosabat bo'lib unda oila a'zolari ishtirok etsalar u holda «aliment» so'zi ishlatiladi. Aliment majburiyatlari mulkiy huquqiy munosabatlar doirasiga kirib, shu bilan birga o'zining ba'zi bir maxsus belgilariga va xususiyatlariga ham ega. Aliment majburiyatining fuqarolik huquqidagi majburiyatdan farq qiladigan tomonlari ham bor'. Bu belgilar quyidagilardan iborat: aliment majburiyatlarining kelib chiqish asoslari birinchidan, qonunda imperativ asosda belgilangan (qon-qarindoshlik, mehnatga layoqatsizlik, muhtojlik), ikkinchidan, aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvdan iborat. Aliment majburiyatlari shaxsiy xarakterga ega. U aliment to'lashga majbur bo'lgan shaxsning, shuningdek, talab qiluvchining vafoti tufayli tugallanadi, meros bo'yicha boshqa shaxslarga o'tmaydi. Ularga talab qilishni boshqalarga o'tkazish va qarz qoidasi tatbiq etilmaydi. Aliment majburiyatlari bepuldir. Agar xatolikka yo'l qo'yib undirilgan bo'lsa ham gaytarilmaydi. Yolg'on ma'lumotlarga va qalbaki hujjatlarga asoslangan hollar bundan mustasnodir, aliment majburiyatlari davomli bo'ladi. Aliment kelajak vaqt uchun olinib, da'vo qilingan kundan boshlab har oyda undiriladi. Bolalar uchun aliment ular voyaga yetgunlariga qadar undirilishi mumkin. Amaldagi qonunda aliment majburiyatlarida bir Bator yangi qoidalar belgilangan. ------------------------------185----------------------------------- Yangi oila gonuni aliment undirishning uch tartibini belgilaydi: 1. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv tuzish (17-bob, 130-134moddalar), alimentni ixtiyoriy to`lash (18-bob, 135-modda), alimentni sud tartibida undirish (18-bob, 136-modda). Amaldagi gonunchilik bu uch tartib o'rtasidagi farqlarni aniq belgilab beradi. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishish mavjud bo`1ganida sud tartibida aliment undirishga yo`1 qo'yilmaydi. Aliment majburiyati bu shunday huquqiy munosabatki, ular qonunda belgilangan yuridik faktlar sodir bo`lganida sodir bo`ladi. Taraflar o'zaro kelishganda yoki sudning hal giluv qarori mavjud bo'lganida bir xil oila a'zolari boshqa oila a'zolariga to`lashga majbur bo'ladi, so'nggisi esa uni talab etish huquqiga ega bo`ladi. Jamiyatda aliment to'g'risidagi tushunchalar bir qator o'zgarib turdi. Sovet davrining 20 yillarida alimentlar « Ijtimoiy ta'minotining yasarna, sun'iysi>>', - degan tushuncha mavjud edi. Ijtimoiy ta'minotning rivojlanishi bilan aliment majburiyatini asta-sekin yo'q bo`lib ketishiga olib keladi, degan nazariya mavjud edi. Keyinchalik bu nazariya o'z kuchini yo`gotdi. Biroq, aliment majburiyati bilan ijtimoiy ta'minotning rivojlanish tizimi o'rtasida so'zsiz bog'lanish bor, chunki ular umumiy bir maqsadni, u ham bo'lsa voyaga yetmagan muhtoj shaxslarga moddiy ta'minot berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'yadi. Bizning mamlakatda oldingidek boshqa mamlakatlarga nisbatan moddiy ta'minot beruvchilar doirasi keng. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv, sud yo'li bilan aliment undirish huquqiga ega bo'lgan shaxslar o'rtasida ham (Oils kodeksi 18-bobi 131-moddasiga binoan), bunday huquqqa ega bo'lmaganlar o'rtasida ham tuzilishi mumkin, chunki bu holatda aliment to`lash majburiyatini ixtiyoriy ravishda o'z zammasiga olish to'g'risida gap boradi. Masalan, Oila kodeksining 16-bobiga ko'ra, uy-ro'zg'or ishlari bilan shug'ullanuvchi mehnatga layoqatli er yoki xotinga, amaldagi xotin yoki er, vasiy, homiy va ularning homiyligidagilar, amaki-tog`alar, amma xolalar va jiyanlar hamda qonun bilan sud tartibida aliment talab gilinish huquqiga ega bo`lgan shaxslar doirasiga kiritilmagan -----------------------------------186------------------------------------------ boshqa shaxslar tomonidan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin. Oila kodeksining 130-moddasiga binoan aliment to `lash to `g`risida kelishuv tuzish uchun muomalaga layoqatli bo'lish talab etilmaydi. 14 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar nomidan kelishuv ularning qonuniy vakillari (voyaga yetmaganlarning ota-onalari, vasiylari, homiylari) tomonidan tuziladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda muomala layogati sud tartibida cheklangan shaxslar o'z qonuniy vakillarining roziligi bilan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzadilar. Oila kodeksining 13 1 -moddasida kelishuvni yozma ravishda tuzish va uni notarial tarzda tasdiglash shard belgilangan. Notarial tartibda tasdiglanmagan aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv haqiqiy hisoblanmaydi. Biroq aliment to'lash to'g'risida (oddiy yozma shaklda) kelishuv tuzgan tomonlardan biri amalda uni ijro etishga kirishgan bo`lsa-yu, ikkinchi tomon uni notarial tasdiglashdan bo'yin tovlayotgan bo'lsa, Fugarolik kodeksining 12-moddasiga muvofiq kelishuv sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Bunday holatda keyinchalik kelishuvni notarial tasdiglash talab etilmaydi. Notarial tasdiglangan kelishuv o'z ijro kuchiga ko'ra ijro varaqasiga tenglashtiriladi. Bu esa aliment ushlab golish uchun boshqa hujjatlarni ko'rsatish talab qilinmasligini bildiradi. Notarial tasdiglangan kelishuvni jo'natish, hisobga olish va saglashga nisbatan ijro varaqalarini jo'natish, hisobga olish va saglash goidalari qo'llaniladi. Aliment to `lash to `g `risidagi Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan da'vo qo'zg'atish muddati doirasida e'tiborsiz qoldirilishi ham, rad etilishi ham mumkin. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvning tomonlarning o'zaro kelishuvlariga binoan o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi yozma ravishda amalga oshirilib notarial tasdiglanishi zarur. Oila kodeksining 16-bobiga binoan aliment kelishuvlarini quyidagi shaxslar tuzishlari mumkin: -----------------------------------187--------------------------------- A) ota-onalar o'zlarining voyaga yetmagan bolalarini ta'minlash to'g'risida. Agar aliment 14 yoshga to`lmagan bolalarga beriladigan bo`lsa, u holds kelishuv aliment to`lovchi ota yoki ona bilan ona yoki ota o'rtasida tuziladi, bunda ikkinchi tomon sifatida farzandlikka oluvchi ota yoki onasi, vasiysi yoki farzandlikka oluvchisining roziligi bilan kelishuv tuzadilar; B) ota-onalar yordamiga muhtoj, mehnatga layoqatsiz voyaga yetgan farzandlarini ta'minlash to'g'risida ota-onalar bunday kelishuvni o`zlarining mehnatga yarogli, voyaga yetgan farzandlari bilan ham tuzishlari mumkin; V) mehnatga layoqatli farzandlari o`zlarining mehnatga layogatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarini ta'minlash to`g`risida. Bunday holatda kelishuv voyaga yetgan har bir farzand bilan ota va onaning har biri o`rtasida, tomonlardan biri muomalaga layoqatsiz bo`lgan hollarda esa uning qonuniy vakili o'rtasida tuziladi. Bunday bitim otaonalar mehnatga layoqatsizligi va muhtojligidan qat'iy nazar tuzilishi mumkin; G) er-xotindan biri mehnatga layoqatsiz, muhtoj bo'lgan hollarda, masalan, xotin homiladorligi davrida hamda umumiy farzand tug'ilganidan keyin uch yil davomida yoki er yoxud xotin nogiron umumiy farzandni parvarish qilayotganida u 18 yoshga to'lgunicha, yo bo'lmasa l-guruh nogironi Wigan umumiy farzandni parvarish qilayotganida er-xotinlar aliment kelishuvi tuzishlari mumkin. Bitimda, aliment oluvchi er yoki xotin mehnatga layogatsizligi yoki muhtojligidan qat'iy nazar, ulardan birini ta'minlash nazarda tutilishi mumkin; D) sobiq er-xotinlar, nikoh mavjudligi davrida ham yoki ular nikohdan ajralganidan keyin. Mar sobiq er yoki xotin mehnatga layogatsizligidan yoki muhtojligidan qat'iy nazar, bunday kelishuvni tuzishlari mumkin; E) shunday bitim tuzishlari mumkin bo'lgan aka-ukalar va opasingillar; J) bobolar va buvilar. Ular nabiralari bilan o'zlarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin; Z) bobolari va buvilarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzish huquqiga ega nabiralar; ---------------------------------188------------------------------------------------- I) voyaga yetgan amaldagi tarbiyalanuvchilar. Ular o'zlarining sobiq amaldagi tarbiyachilarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzish huqugiga egadirlar; K) voyaga yetgan asrandi o'g'illar va gizlar. Ular o'gay otalari yoki o'gay onalarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin. Oils kodeksining 145-moddasida xorijiy davlatga doimiy istiqomat qilish uchun jo`nab ketayotgan shaxs bilan aliment to`lash to'g'risida kelishuv tuzish mumkinligi nazarda tutilgan. Bu kelishuvda tomonlar aliment olish huquqiga ega bo`lgan shaxslarni ta'minlashning har qanaqa usulini ko'zda tutishga haqlidirlar. Kelishuvga muvofiq voyaga yetmagan bolalar uchun belgilanadigan aliment miqdori ular sud tartibida undirganda olish mumkin bo`1gan aliment miqdoridan kam bo`lmasligi kerak. Bu miqdor Oila kodeksining 99-moddasi bilan belgilab qo'yilgan va bir bola uchun ish hay va (yoki) boshqa daromadning 4/1 qismini, ikki bola uchun 1/3 qismini va uchta hamda undan ortiq bola uchun 1/2 gismini tashkil qiladi. Alimentlar aliment to`lashga majbur shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa claromadiga nisbatan hissada muntazam (har oyda, har chorakda va shu kabi) to'lanadigan qat'iy pul miqdorida mulk berish yo'li bilan, shuningdek, bo`lakeha usullarda to`lanishi mumkin. Kelishuvda to`lashning turli usullarini aralash go`llash nazarda tutilishi mumkin; Aliment miqdorini indekslash tartibi: Indekslashning eng keng tarqalgan usuli - aliment miqdorini eng kam ish haqiga yoki chet el valyutasiga bog`liq qilib go`yish. Kelishuv, tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan, istalgan paytda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bu ish ham kelishuv tuzilgan tartibda amalga oshirilishi kerak. Tomonlarning moddiy yoki oilaviy ahvoli jiddiy ravishda o'zgargan hamda aliment kelishuvini o'zgartirish yoki bekor gilish to`g`risida kelishuvga erishilmagan holatlarda manfaatdor tomon ushbu kelishuvni o'zgartirish yoki bekor gilish to`g`risidagi da'vo bilan sudga murojaat qilish huqugiga ega. Aliment kelishuvini tuzgan tomonlardan biri, odatda, mehnatga layogatsiz, muhtoj shaxs bo'lib, uning manfaatlarini himoya qilish ta ------------------------------------------189----------------------------- lab etiladi. Shu munosabat bilan Oila kodeksi aliment to `lash to `g `risidagi kelishuvni, uni o'zgartirishni Fuqarolik kodeksining 383-moddasida belgilangan umumiy tartibiga qaraganda ancha ixchamlashtirgan bo'lib, sud nazorati ostida o'zgartirishni nazarda tutadi. 2-§. Ota-ona hamda bolalarning aliment huquq va majburiyatlari Ota-ona hamda bolalarning aliment huquqi va majburiyatlari aliment majburiyatlarini birinchi toifasiga kiradi. Ota-onalar va bolalar boshqa qarindoshlari bo'lish bo`lmasliklaridan qat'iy nazar bir-birlariga moddiy ta'minot berishga majburdirlar. Ota-onalarning voyaga yetmaganlarga aliment to'lashi majburiyatning asosi bo'lib, ota-onalar va bolalar o'rtasidagi gon-garindoshlik va voyaga yetmagan bolalarning mavjud bo'lishi, ishlashi yoki ishlamasligidan qat'iy nazar 18 yoshga to`lmagan bolalar voyaga yetmagan bola bo'lib hisoblanadilar. Oila kodeksining 96-moddasiga binoan ota-ona voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berishi shart. Voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarmagan ota (ona) dan sudning hal qiluv qaroriga asosan aliment undiriladi. Voyaga yetmagan bolalarga aliment to'lash haqida ota-ona o`rtasida kelishuv bo`Imaganda yoki aliment ixtiyoriy ravishda to'lanmaganda va ota.-onadan birortasi ham aliment undirish to`g`risida sudga da'vo ariza bilan murojaat qilmagan hollarda, vasiylik va homiylik organlari voyaga yetmagan bolaning ta'minoti uchun ota yoki onadan qonunda belgilangan miqdorda aliment undirish to'g'risida da'vo qo'zg'atishga haglidir'. Agar voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish haqida ota-ona o'rtasida kelishuv bo`lmasa, ularning ta'minoti uchun aliment sud tomonidan ota-onaning har oydagi ish haqi va (yoki) boshqa daromadining bir bola uchun to'rtdan bir qismi; ikki bola uchun uchdan bir qismi; uch va undan ortiq bola uchun yarmisi miqdorida undiriladi. Bu ----------------------------------------190------------------------------- to'lovlarning miqdori taraflarning moddiy yoki oilaviy ahvolini va boshqa e'tiborga loyiq holatlarni hisobga olgan holda sud tomonidan kamaytirilishi yoki ko`paytirilishi mumkin. Har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun hujjatlari bilan belgilangan eng kam ish hagining uchdan bir qismidan kam bo`lmasligi kerak (Oila kodeksining 99-moddasi). Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling