O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. Sobiq er-xotinlar o`rtasidagi aliment majburiyatlar


Download 0.85 Mb.
bet85/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

2-§. Sobiq er-xotinlar o`rtasidagi aliment majburiyatlar
Amaldagi Oila kodeksining 118-moddasiga muvofiq, yetarli mablag'ga ega bo'lgan sobiq er (xotin)dan:

Sobiq xotin homiladorlik davrida va o'rtada bola tug'ilgan kun­dan boshlab uch yil davomida;

O`rtadagi nogiron bola o'n sakkiz yoshga to'lguncha yoki bola­likdan 1-guruh nogironi bo'lgan bolaga qaragan yordamga muhtoj sobiq er (xotin);

Nikohdan ajralgan paytdan boshlab besh yil ichida pensiya yoshiga yetgan yordamga muhtoj xotin (er), agar er-xotin uzoq vaqt nikohda turishgan bo'lsa, sud tartibida aliment talab qilish huquqiga egadir.

Nikohdan ajralgandan keyin sobiq er yoki xotinga to'lanadigan aliment miqdori va uni to'lash tartibi sobiq er-xotin o'rtasidagi keli­shuv bilan belgilanishi mumkin.



Marnlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o`tilayotganini hisobga olib, er-xotin (sobiq er-xotin) o'rtasida aliment to'lash to'g'risida keli­shuv mavjud bo'lmagan hollarda er yoki xotinga (sobiq er yoki xotin­ga) sud tartibida undirib beriladigan aliment miqdori sud tomonidan er yoki xotinning (sobiq er yoki xotinning) moddiy va oilaviy ahvolini hamda taraflarning e'tiborga loyiq boshqa manfaatlarini e'tiborga olib, har oyda pul bilan to'lanadigan qat'iy summada belgilanadi, biroq bu summa qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining uchdan bir qismidan kam bo'lmasligi lozim.

-------------------------------------196-------------------------------

Oila kodeksining 120-moddasiga muvofiq, er va xotinni bir-bi­lariga ta'minot berish majburiyatidan ozod qilish yoki bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklash hollarini belgilab beradi.

Sud quyidagi hollarda:

Agar er-xotin nikohda qisqa vaqt mobaynida bo`Igan bo'lsa;

Agar o'z ta'minoti uchun mablag' to'lanishini talab qilayotgan er yoki xotinning noloyiq xulq-atvori tufayli nikohdan ajratilgan bo`lsa;

Agar yordamga muhtoj er yoki xotinning mehnatga layoqatsiz bo`lib qolishi uning spirtli ichimliklarni, giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni iste'mol qilishi yoki qasddan jinoyat sodir etishi oqibatida yuz bergan bo`lsa, er (xotin)ni yordamga muhtoj mehnatga layoqatsiz holat (er)ga ta' minot berish majburiyatidan ozod qilishi yoxud bu majburiyatni muayyan muddat bilan cheklab qo'yishi mum­kin.

Amaldagi qonunda nikohning qisqa vaqt davom etganligi er yoki xotinni ta'minot berishdan ozod etish uchun sabab bo'lishi mumkin deb ko`rsatilgan. Ammo moddiy ta'minot berishni talab qilish huquqi­ni beradigan nikohning davomiylik muddati belgilanmagan. Bu masa­la har bir fuqarolik ishida sud tomonidan hal etiladi. Tajribada esa, qoida tariqasida, 5 yilgacha bo'lgan davr qisqa davom etgan nikoh hi­soblanadi.

Farzandlarni tarbiyalash va ularga ta' minot berish, ularning hu­quq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi vazifalarni bajarmaslik, shuningdek, spirtli ichimliklarni, giyohvand moddalarni iste'mol qi­lish er (xotin) ping oiladagi noloyiq xulq-atvoriga misol bola oladi.

Oila kodeksining 146-moddasiga muvofiq, sud ulardan har bi­rining talabiga ko`ra alimentning belgilangan miqdorini o'zgartirishga yoki aliment to'lashi shart bo'lgan shaxsni aliment to'lashdan ozod qi­lishga haqli.

Amaldagi qonunchilikda sud tartibida undiriladigan aliment va uni to'lash majburiyatining bekor bo`lishi asoslarining ro'yxati beril­gan; bola voyaga yetganda yoki voyaga yetmasdan turib to'la muoma­la layogatiga ega bo'lganda; foydasiga aliment undirilayotgan bola farzalndlikka olinganda; sud aliment oluvchining mehnatga layoqati tiklangan yoki uni yordamga muhtoj bo'lmay qolgan deb topganda; mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj aliment oluvchi sobiq er yoki

------------------------------------197-------------------------------------

xotin yangi nikohga kirganda; aliment oluvchi yoki aliment to'lashi chart bo'lgan shaxs vafot etganda tugatiladi.

Umuman olganda, er-xotin o'rtasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlar ular o'rtasidagi mulkiy munosabatlarni bar­qaror bo`lishiga, oilani mustahkamlashga xizmat qiladi. Er-xotin o'r­tasida vujudga keladigan nizolarni to'g'ri hal qilish alohida aha­miyatga egadir. Bu nizolar sudlar tomonidan adolatli asosda hal qilini­shi lozim.

-----------------------------------198---------------------------------------




Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling