O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
XVII mavzu. QARINDOSHLAR VA BOSHQA SHAXSLARNING ALIMENT MAJBURIYATLARI
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nevaralarning bobo va buvilariga aliment tolash majburiyati
XVII mavzu. QARINDOSHLAR VA BOSHQA
SHAXSLARNING ALIMENT MAJBURIYATLARI I -§. Bobo va buvining o'z nevaralariga aliment to'lash majburiyati Amaldagi Oila kodeksining 123-moddasiga binoan, ota-onasi yo'q bo'lgan yoki ulardan ta'minot ololmaydigan voyaga yetmagan nevaralariga ta'minot berish majburiyati yetarli mablag'ga ega bo'lgan bobo va buvi zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bobo va buvi nabiralari bilan ularga moddiy ta'minot to'lash to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin. Bunday kelishuvga Oila kodeksining 17-bobi qoidalari tatbiq etiladi. Kelishuv tuzilgan taqdirda, aliment miqdori, shartlari va to'lash tartibi belgilanadi. Bobo va buvining aliment majburiyatlari aliment to`lovchilarning ikkinchi navbatdagi a'zolariga kirib, agar ular aliment to'lovchilarning birinchi navbatdagilaridan, ota-onasidan ta'minot ololmaydigan bo`lsa ularga yuklatiladi. Agar voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj nevaralarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xotini) va voyaga yetgan mehnatga layoqatli bolalari bo'lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun mablag' ololmasa, ularga nisbatan ham bu majburiyat bobo va buvining zimmasiga yuklatilishi mumkin. Nabiralarga aliment undirish uchun ikkala ota-ona tomonidagi bobo va buvisini jalb etish mumkin. Ularga undiriladigan alimentning migdori cud tomonidan aliment undirilayotgan shaxsning va aliment olayotgan shaxsning moddiy va oilaviy ahvolini hisobga olib, har oyda pul bilan to`lanadigan gat'iy summada belgilanadi. 2-§. Nevaralarning bobo va buvilariga aliment to'lash majburiyati A maldagi Oila kodeksining 124-moddasiga muvofiq, o'zlarining voyaga', yetgan bolalaridan yoxud eri yoki xotinidan (sobiq eri yoki xotintd2n) ta'minot ololmaydigan mehnatga layogatsiz, yordamga muhtoj bobo va buviga ta'minot berish majburiyati yetarli mablag`ga ---------------------------------------------------199--------------------- ega bo`lgan voyaga yetgan mehnatga layogatli nevaralar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bobo va buvilarning nevaralar bilan yaqin qon-garindoshlik munosabatlarini hisobga olio, sud ular o'rtasidagi aliment majburiyatlarini beigilaydi. Ko'pincha o`zbek oilalarida nabiralar dastlabki tarbiyani va moddiy ta'minotni o'zlarining hobo va buvilaridan oladilar va ular bilan mustahkam bog`langan bo`ladilar. Ularning bola tarbiyasidagi tajribalari asqotadi. Bobo va buvilar nabiralari uchun hatto, otaonalarining o`rinlarini bosadilar. Bobo va buvilarga aliment to`lash majburiyati yetarli mablag'ga ega bo`lgan voyaga yetgan mehnatga layogatli nevaralar zimmasiga yuklatiladi. Ilgari amalda bo'lgan nikoh va oila kodeksining 112-moddasiga muvofiq nevaralarning voyaga etgan-yetmaganidan qat'iy nazar moddiy ta'minot undirilishi mumkin edi. Yangi Oila kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan bunday majburiyat faqat voyaga yetgan nevaralar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Nabiralarning aliment majburiyatlari shu turdagi huquqiy munosabatlarning ikkinchi navbatiga kiradi. Bobo yoki buvi faqat birinchi navbatdagi aliment majburiyatidagi shaxslardan: o'zlarining voyaga yetgan bolalaridan, er-xotinlar va sobiq er-xotinlardan undira olmasalar u holda nabiralarilaridan undiriladi. Bobo va buvi uchun undiriladigan moddiy ta'minot nabiralarning moddiy holatini pasaytirib yo`ymasligi lozim. Aliment to`lovchi nabiralardan biriga da'vo qilinganda da'volar boshqa aliment to`lovchi nabiralarni, shuningdek, boshqa ikkinchi navbatdagi aliment to'lovchilarni ham hisobga olishi lozim. Bobo va buvi bilan nabiralar o'rtasida aliment to`lash to'g'risida o'zaro kelishuv bo'lmagan taqdirda bobo va buvi foydasiga nabiralardan aliment undirish sud tartibida qonun asosida hal qilinadi. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling