O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev


-§. O'gay ota va o'gay onaning o'gay o`g`il va o'gay gizlariga aliment berish majburiyati


Download 0.85 Mb.
bet89/109
Sana08.01.2022
Hajmi0.85 Mb.
#246451
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109
Bog'liq
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M

5-§. O'gay ota va o'gay onaning o'gay o`g`il va o'gay gizlariga aliment berish majburiyati
Oily kodeksining 127-moddasiga binoan, o'gay ota va o'gay onaning tarbiyasida yoki ta'minotida bo'lgan voyaga yetmagan o'gay o`g`il va o'gay gizlarning ota-onasi yo'q bo'lsa yoxud o'z ota-onasi­dan yetarli mablag' ololmayotgan bo`lsa, ularga ta'minot berish maj­buriyati o'gay ota va o'gay ona zimmasiga yuklatilishi mumkin.

Bu aliment majburiyati qon-qarindoshlik munosabatiga asoslan­gan bo'lmay, o'gay ota va o'gay ona tomonidan o'gay bolalarni tar­biyalaganlik yoki ta'minlaganlik yuridik faktiga asosan kelib chiqadi.



O'gay bolalarga o'gay ota yoki o'gay ona tomonidan tarbiya va ta'minot berilganlik yuridik fakti ularning bir oilada birga yashagan­liklari bilan tasdiglanishi mumkin. Aliment majburiyatini belgilash

--------------------------------202------------------------------------

uchun o'gay ota va o'gay ona bilan birga o'gay bolalarning uzoq vaqt birga yashagan bo`lishlari shart emas.

O'gay ota va o'gay ona bilan o'gay bolalar o'rtasidagi aliment majburiyati ta'minot berish uchun majbur bo`Igan boshqa garindosh­lar bo'lmagan holda vujudga keladi.

Xususan, voyaga yetmagan o'gay bolalarga ta'minot berish maj­buriyatini o'gay ota va o'gay onaga yuklash uchun bolaning o'z ota­onalari bo'lmasligi yoki u ota-onalaridan ta'minot uchun yetarli ta'mi­not olomasligi lozim.



Voyaga yetgan yordamga muhtoj, mehnatga layoqatsiz o'gay o`g`il va o'gay gizlarning ota-onasi, eri yoki xotini (sobiq eri yoki xo­tini) va voyaga yetgan mehnatga layogatli bolalari bo`lmasa yoxud ulardan ta'minot uchun yetarli mablag' ololmasa, o'gay ota va o`gay onaning zimmasiga ularga nisbatan ham aliment majburiyatini yuk­latilishi mumkin.

O'gay ota va o'gay onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz ta'minotga muhtoj o'gay o'g'il va o'gay qiziarni ixtiyoriy ravishda moddiy ta'minlashga rozi bo'lishi ular o'rtasda tuzilgan shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling