O`zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti f. M. Otaxo'jayev
XVIII mavzu. ALIMENTLARNI TO'LASH
Download 0.85 Mb.
|
OILA HUQUQI .OTAXO`JAYEV F M
XVIII mavzu. ALIMENTLARNI TO'LASH
VA UNDIRISH TARTIBI 1-§. Alimentni to`lash to'g'risida kelishuv tuzish Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv Oila kodeksining 130-134moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligi tajribasida birinchi bo`lib yangilik hisoblanadi. Avvalgi Nikoh va oila kodeksiga binoan, aliment to'lash bo'yicha ota-onalar hamda bolalarning garindoshlari hamda boshqa shaxslaming huquq va rnajburiyatlari qonun bilan belgilangan. Oila kodeksining 130-moddasiga muvofiq, aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv (aliment miqdori, shartlari va to`lash tartibi) aliment to'lashi chart bo'lgan shaxs bilan aliment oluvchi o`rtasida tuziladi. Agar aliment oluvchi muomalaga layoqatsiz bo`lsa, kelishuv uning qonuniy vakili bilan tuziladi. 14 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda sud tartibida muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar nomidan kelishuv ularning qonuniy vakillari (voyaga yetmaganlarning ota-onalari, vasiylari, homiylari) tomonidan tuziladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan voyaga yetmaganlar hamda muomalaga layoqati sud tartibida cheklangan shaxslar o`z qonuniy vakillarining roziligi bilan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzadilar. Kelishuvni yozma ravishda tuzish va uni notarial tarzda tasdiqlash sharti belgilangan. Notarial tartibda tasdiglanmagan aliment to'lash to'g'risidagi kelishuv haqiqiy hisoblanmaydi. Notarial tasdiglangan kelishuv o'z ijro kuchiga ko`ra ijro varagasiga tenglashtiriladi. Bu aliment ushlab golish uchun boshqa hujjatlarni ko`rsatish talab qilinmasligini bildiradi. Notarial tasdiglangan kelishuvni jo'natish, hisobga olish va saqlashga nisbatan ijro varaqalarini jo'natish, hisobga olish va saglash goidalari qo'llaniladi. Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvni tuzish, ijro etish, bekor qilish va hagigiy emas deb topish fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi. ----------------------------------205---------------------- Aliment to'lash to'g'risidagi kelishuvlar Fuqarolik kodeksining 150-moddasida belgilangan da'vo go`zg`atish muddati doirasida e'tiborsiz goldirilishi ham, rad etilishi ham mumkin. Aliment to`lash to`g`risidagi kelishuvning tomonlarning o`zaro kelishuvlariga binoan o'zgartirilishi yoki bekor gilinishi yozma ravishda amalga oshirilib, notarial tasdiglanishi zarur. Oila kodeksining 16-bobiga binoan aliment kelishuvlarini quyidagilar tuzishi mumkin: A) ota-onalar o`zlarining voyaga yetmagan bolalarini ta'minlash to'g'risida. Agar aliment 14 yoshga to'lmagan bolalarga beriladigan bo`lsa, u holda kelishuv aliment to`lovchi ota yoki ona bilan, ona yoki ota qatnashishi mumkin. 14 yoshga to'lgan bolalar o'z otasi yoki onasi, vasiysi yoki farzandlikka oluvchisining roziligi bilan kelishuv tuzadilar; B) ota-onalar yordamga muhtoj, mehnatga layogatsiz voyaga yetgan farzandlarini ta'minlash to'g'risida. Ota-onalar bunday kelishuvni o'zlarining mehnatga yaroqli, voyaga yetgan farzandlari bilan ham tuzishlari mumkin; V) mehnatga layoqatli farzandlar o'zlarining mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarini ta'minlash to'g'risida. Bunday holatda kelishuv voyaga yetgan har bir farzand bilan ota va onaning har biri o`rtasida, tomonlardan biri muomalaga layogatsiz bo`lgan hollarda esa uning qonuniy vakili o'rtasida tuziladi. Bunday bitimni otaonalar mehnatga layoyatsizligi va muhtojligidan gat'iy nazar tuzish mumkin; G) er-xotindan biri mehnatga layoqatsiz, muhtoj bo'lgan hotlarda, masalan, xotini homiladorligi davrida hamda umumiy farzand tug`ilganidan keyin uch yil davomida yoki er yoxud xotin nogiron umumiy farzandni parvarish qilayotganida u sakkiz yoshga to`lgunicha yo bo'Imasa 1-guruh nogironi bo'lgan umumiy farzandni parvarish qilayotganida er-xotinlar aliment kelishuvi tuzishi mumkin. Bitimda, aliment oluvchi er yoki xotin mehnatga layoqatsizligidan yoki muhtojligidan qat'iy nazar, bunday kelishuvni tuzishlari mumkin; E) shunday bitim tuzishlari mumkin bo`lgan aka-ukalar va opasingillar; ----------------------------------206------------------------- J) bobolar va buvilar. Ular nabiralari bilan o'zlarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzishlari mumkin; Z) bobolari va buvilarini ta'minlash to'g'risida kelishuv tuzish huquqiga ega nabiralar; I) voyaga yctgan amaldagi tarbiyalanuvchilar ular o`zlarining sobiq amaldagi tarbiyachilarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzish huqugiga egadirlar; K) voyaga yetgan asrandi o'g'illar va gizlar. Ular o'gay otalari va o'gay onalarini ta'minlash to`g`risida kelishuv tuzishlari mumkin. L) o'gay ota va o'gay onaning o'gay o`g`il va o'gay gizlariga, shuningdek, o'gay o'g'il va o'gay gizlarning o'gay ota va o'gay onaga ta' minot to `lash to `g `risida kelishuv tuzishlari mumkin. Oila kodeksining 145-moddasida xorijiy davlatga doimiy istiqomat gilish uchun jo'nab ketayotgan shaxs bilan aliment to'lash to'g'risida kelishuv tuzish mumkinligi nazarda tutilgan. Bu kelishuvda tomonlar aliment olish huquqiga ega bo`Igan shaxslarni ta'minlashning har qanaqa usulini ko'zda tutishga haqlidirlar. Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling