O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 

MUQADDIMA 
 
Hozirgi davrda har bir tadbirkor o‘z ismi va tovari yoki xizmatlarini raqobatchilar o‘rtasida 
ajratib ko‘rsatishga intiladi, chunki bu unga ham tovarlarning, ham xizmatlarning sotilish 
hajmlarini oshirish imkonini beradi. Oldi-sotdi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida Sizning 
biznesdagi sheriklaringiz va potensial mijozlaringiz Sizga tegishli tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish 
belgisi) yoki firma nomi bilan reklama orqali yoki boshqa shaxslardan bilib borar ekan, Sizning 
kompaniyangiz tasodifiy va umri qisqa tashkilot emas, balki bozorda o‘z o‘rniga ega nufuzli 
firma ekaniga ishonch hosil qiladi. 
Biznes sohasidagi munosabatlarga kirishar ekansiz, tovarlaringiz markalanadigan tovar 
belgisi haqida o‘ylab qo‘yishingiz lozim. Tovar belgisini ro‘yxatga olish jarayoni ma’lum vaqtni 
talab qiladi va ro‘yxatga olish tugallangunga qadar Siz o‘z firma nomingiz ostida ish ko‘rishingiz 
mumkin, belgining reklamasini esa uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidayoq boshlab yuborish 
mumkin. 
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan belgini to‘g‘ri 
tanlash va uni to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish protsedurasini o‘tash g‘oyat muhimdir. 
Bunda keglusida tovar belgisidan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha 
jihatlarni puxta o‘ylab olish ham g‘oyat muhimdir. 
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish Siz uchun quyidagi afzalliklarni yaratadi: 
• boshqa birov Sizga tegishli tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib olishidan havotirlanmay 
reklama kompaniyasiga pul sarflash ; 
• tovar sifatida ish ko‘rish, chunki tovar belgisining o‘zini uchinchi shaxsga o‘tkazish 
shartnomasi bo‘yicha mukofot evaziga berish yoki litsenziya shartnomasi bo‘yicha 
favqulotda bo‘lmagan shartlarda undan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bu 
shartnomalar ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi 
lozim; 
• kafolatli (sifatli), himoyalovchi, reklama va boshqa funksiyalarni bajarish. 
Ushbu qo‘llanma tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani rasmiylash- tirish 
va topshirishda, shuningdek uning himoyasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qator masalalarni 
tushuntirib beradi. 
Qo‘llanma tovar belgilari sohasida amalda bo‘lgan qonunchilikka asoslanadi hamda qonun 
hujjatlaridagi qator qoidalarni bayon etadi, ammo ularning o‘rnini bosmaydi. 
Biron bir qarorni qabul qilishdan avval, Siz O‘zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, 
xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni, «Tovar 
belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va 
ko‘rib chiqish qoidalari» va boshqa noromativ hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi ishtirok 
etgan xalqaro shartnomalar bilan tanishib chiqishingiz lozim. 
Qo‘llanma tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish va topshirish, uni 
ko‘rib chiqish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek tovar belgisining huquqiy 
muhofazasi va himoyasi masalalariga bag‘ishlangan. 
Qo‘llanmadagi har bir sahifaning o‘ng tomonida talabnoma beruvchi yoki tovar belgisi 
egasining u yoki bu xatti-harakatlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning tegishli bandlariga 
ishoralar keltirilgan. 
Qo‘llanma oxirida har xil turdagi tovar belgilariga talabnomalarning rasmiylashtirilishini 
izohlaydigan misollar keltiriladi. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling