O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Talabnoma – tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun  talabnoma.  Talabnoma beruvchi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

Talabnoma – tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 
talabnoma. 
Talabnoma beruvchi – tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan 
shaxs. 
Apellatsiya kengashi – Adliya vazirligining Apellatsiya kengashi. 
Parij konvensiyasi - Sanoat mulkini muhofaza qilish bo‘yicha Parij konvensiyasi. 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 

Konvension talabnoma – Parij konvensiyasiga muvofiq topshirilgan talabnoma. 
BIMT – Butunjahon intellektual mulk tashkiloti. 
BIMT XB - Butunjahon intellektual mulk tashkiloti xalqaro byurosi. 
Bayonnoma – Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga 
Bayonnoma. 
Yo‘riqnoma – Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimi hamda 
ushbu bitimga Bayonnomaga umumiy yo‘riqnoma. 
Xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish – BIMT XB tomonidag Bayonnomaga muvofiq amalga 
oshirilgan tovar belgisining xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilishi. 
TXXK – belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro 
klassifikatsiyasi. 
Agar yanada batafsilroq axborot zarur bo‘lib qolsa, yuqorida ko‘rsatilgan normativ 
hujjatlarga murojaat qilish lozim. Ularning elektron nushasi Vazirlikning veb-saytida 
my.ima.uz 
manzili bo‘yicha joy olgan. 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 

1. Umumiy qoidalar 
 
Tovar belgilarining huquqiy muhofazasi sohasidagi munosabatlar 
O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro shartnomalari, O’zbekiston 
Respublikasining Fuqarolik kodeksi (IV bo‘lim. Intellektual mulk), 
O‘zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari 
va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni hamda tovar 
belgilarining huquqiy muhofazasiga oid boshqa normativ aktlar bilan 
tartibga solinadi. 
O‘zbekiston tovar belgilarining huquqiy muhofazasiga tegishli 
quyidagi xalqaro shartnomalar va bitimlarning qatnashchisidir: 
BIMTni ta’sis etuvchi Konvensiya; 
Sanoat namunasining muhofazasi bo‘yicha Parij konvensiyasi; 
Belgilarni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Madrid bitimiga 
Bayonnoma; 
Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi shartnoma (TLT 
shartnomasi); 
Belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning 
xalqaro klassifikatsiyasi to‘g‘risidagi Nitssa bitimi. 
Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisi (bundan keyin matnda 
«tovar belgisi» deb yuritiladi) bu bir yuridik va jismoniy shaxslar tovarlari 
va xizmatlarini (bundan buyon matnda «tovarlar» deb yuritiladi) boshqa 
yuridik va jismoniy shaxslarning shu turdagi tovarlaridan farqlash uchun 
xizmat qiladigan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilardir. 
Tovar belgisi tovar mulkchiligining alohida ramzi bo‘lib, u ushbu 
tovarga egalik qilish va daromad olishning mutlaq huquqi hamda sifatsiz 
tovar yetkazib berilganlik uchun zararni qoplash majburiyati kimga tegishli 
ekanini ifodalaydi. Bu endilikda mualliflik belgisi ham, sotilayotgan tovar 
xarakteri haqidagi axborot ham emas, balki tovar egasining intellektual 
mulki bo‘lgan alohida belgidir. 
Qonuning 
2- 
moddasi 
Qonunning 
3- 
moddasi 
Tovar belgilari yakka tartibda va jamoaviy bo‘lishi mumkin: 
- alohida yuridik yoki jismoniy shaxsga tegishli tovar belgisi yakka 
tartibdagi belgi hisoblanadi; 
- yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar birlashmasining ular tomonidan 
ishlab chiqariladigan va (yoki) realizatsiya qilinadigan bir xil sifatga yoki 
boshqa umumiy tavsiflarga ega bo‘lgan tovarlarini belgilash uchun 
mo‘ljallangan tovar belgisi jamoaviy belgi hisoblanadi. 
Qonunning 
3-moddasi 
Qoidalarning 
2-bandi
Tasvirlar, so‘zlar, muayyan shakl tarzidagi belgilar va boshqa belgilar 
yoki ularning istalgan bir rangdagi yoki turli rangdagi jamlama ifodasi tovar 
belgilari sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. 
Qonunning 
3-moddasi 
Qoidalarning
3-bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling