O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 

So‘zli belgilarga so‘zlar, so‘z birikmalari, gaplar, boshqa so‘z birliklari va 
shuningdek 
ularning 
birikmalari 
kiradi 
(1-ilova,
1- rasm). 
So‘zli tovar belgilari belgilarning eng ommaviylashgan turi bo‘lib, 
ular boshqa belgilarga nisbatan juda katta farqlash qobiliyatiga ega bo‘ladi. 
Ular quloq bilan ham, ko‘z bilan ham idrok etiladi, bu esa 
foydalanuvchilar uchun katta qulaylik tug‘diradi. Iboralar va sun’iy hosil 
qilingan (hayoliy) so‘zlar ham tovar belgisi sifatida qo‘llanishi mumkin. 
Tasviriy belgilarga jonli mavjudotlar, predmetlar, tabiiy va boshqa 
ob’ektlar tasvirlari, shuningdek istalgan shakldagi figuralar, chiziqlar, 
dog‘lar, figuralarning tekislikdagi kompozitsiyalari kiradi (1-ilova,
2-rasm). 
Qoidalarning 
3-bandi 
Qoidalarning 
3-bandi 
Hajmli belgilarga uch o‘lchamli ob’ektlar, figuralar hamda chiziqlar, 
figuralarning kombinatsiyalari kiradi (1-ilova, 3-rasm). 
Qoidalarning 
3-bandi 
Jamlama belgilarga turli xarakterdagi, ya’ni tasviriy, so‘zli, muayyan 
shakldagi hajmli va boshqa elementlar kombinatsiyasi kiradi (1-ilova,
4-rasm). 
Ichimliklar, dorivor preparatlar uchun yorliqlar, konfetlar, pechenelar 
uchun o‘rovlar va boshqalar jamlama belgilarning bir turi hisoblanadi.
(1-ilova, 5-rasm). 
Qoidalarning 
3-bandi 
Boshqa belgilarga raqamli, harfli, tovushli, yorug‘likdan iborat 
bo‘lgan, hidli va boshqa belgilar kiradi. 
Qoidalarning 
3-bandi 
Raqamli belgilarga raqamlarning kombinatsiyasidan iborat bo‘lgan 
belgilar kiradi. (1-ilova, 6-rasm). 
Qoidalarning 
3-bandi 
Harfli belgilarga so‘z shakliga ega bo‘lmagan va semantik 
mazmundan holi bo‘lgan harflar kombinatsiyasi kiradi. (1-ilova,
7- rasm). 
Yuqorida sanab o‘tilgan belgilardan tashqari ko‘zdan boshqa sezgi 
organlari bilan qabul qilinishi mumkin bo‘lgan belgilar ham mavjud. 
Tovushli, hidli va boshqa turdagi belgilar shular jumlasiga kiradi. 
Qoidalarning 
3-bandi 
Tovushli belgilarga musiqa asarlari, jo‘r ovozlar, yaxshi tanish
bo‘lgan tovushlar va tabiatda uchraydigan nodir tovushlar, tabiatda 
uchramaydigan elektron tovushlar va boshqalar kiradi. 
Hidli belgilarga hid sezish organlari bilan qabul qilishga 
mo‘ljallangan belgilar kiradi. 
Qoidalarning 
3-bandi



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling