O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
8
Tovar belgisining huquqiy muhofazasi uni Qonunda belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tkazish asosida, shuningdek O‘zbekiston
Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq ravishda taqdim
etiladi.
Qonunning
3-
moddasi
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisiga huquqiy muhofazani
bevosita Vazirlikning o‘ziga talabnoma topshirgan holda (milliy
protsedura) yoki xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishini
O‘zbekiston Respublikasi hududiga joriy qilib (xalqaro protsedura)
olish mumkin.
Qonuning
8-moddasi
Bayonnomaning
2-4-moddalari
2. Tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar
Qonun hujjatlariga asosan muhofazaga layoqatli bo‘lgan
belgi tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Talabnoma berilgan belgining ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan
belgilar deganda ushbu belgining tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan
o‘t kazish uchun zarur bo‘lgan alomatlar majmui bilan
aniqlanadigan yuridik xususiyati tushuniladi.
Qonuning
10-moddasi
Ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan belgilar
hamma vaqt ham tovar belgilari sifatida huquqiy muhofaza
qilinavermaydi, ularni ro‘yxatdan o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan
Qonunda belgilangan bir qator asoslar mavjud.
Qonunda
tovar
belgilarining
huquqiy
muhofazaga
layoqatliligi taqiqlash shaklida ifodalangan, ya’ni tovar belgilari
sifatida Qonuning 10-moddasida ko‘rsatilgan hamda tovar belgisi
sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan yoki muayyan shartlarga
rioya qilingan holda ro‘yxatdan o‘tkaziladigan belgilardan
tashqari boshqa turli belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |