O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
Apellatsiyani ko‘rib chiqish
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
- 5.2. Sud tartibi
Apellatsiyani ko‘rib chiqish
Vazirlikning rasmiy ekspertiza natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarori ustidan berilgan apellatsiya u kelib tushgan sanadan e’tiboran ikki oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. Talabnoma berilgan belgi ekspertizasining natijalari bo‘yicha Vazirlik qabul qilgan qaror ustidan apellatsiya u kelib tushgan sanadan e’tiboran to‘rt oy mobaynida ko‘rib chiqiladi. AK Qoidalarining 15-bandi Apellatsiya kengashi majlisining o‘tkazilish sanasi va vaqti tayinlangani haqida bildirishnoma yuboriladi. AK Qoidalarining 14-bandi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 31 Apellatsiyani ko‘rib chiqish kamida uch a’zodan iborat Apellatsiya kengashi majlisida amalga oshiriladi. AK Qoidalarining 19- bandi Apellatsiya kengashida ishni ko‘rib chiqishda arizachini o‘zi yoki uning tayinlangan vakili qatnashishi mumkin. AK Qoidalarining 20- bandi Apellatsiya kengashi apellatsiyalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiyalarni qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki apellatsiyalarni qanoatlantirishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. AK Qoidalarining 31-bandi Agar arizachi Apellatsiya kengashi qaroridan norozi bo‘lsa, qaror ustidan qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran olti oy mobaynida sudga shikoyat berishga haqli. Qonunning 16-moddasi 5.2. Sud tartibi Tovar belgisining egasi shuni bilishi lozimki, tovar belgisini yoki shu belgi bilan belgilangan tovarni ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo‘llash, olib kirish, savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha tarzda fuqarolik muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash, yohud ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisi egasining mutlaq huquqini buzish deb e’tirof etiladi. Sizning mutlaq huquqlaringiz buzilgani aniqlangan hollarda, Siz o‘z huquqlaringiz va qonuniy manfaatlaringizni himoya qilish to‘g‘risida da’vo arizasi bilan sudga murojaat qilishingiz mumkin. Bunda amaldagi qonunchilik tovar belgilari egalarining mutlaq huquqlarini himoya qilishning qator usullarini ko‘zdatutishi ni ham ta’kidlash lozimki, ular, xususan, quyidagilardan iborat: - tayyorlangan tovar belgisi tasvirlarini yo‘q qilish; - tovar yoki uning o‘rovidan tovar belgisi yoki u bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash bo‘lgan belgini olib tashlash; - yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotni unga buzilgan huquq kimga tegishli ekani haqidagi ma’lumotni ham qo‘shib e’lon qilish. Tovar belgisi egasining ehtimoldagi himoya usullari ichidan aniq bir himoya usulini tanlashi yo‘l qo‘yilgan huquqbuzarlik xarakteriga bog‘liq. Siz huquqbuzarga nis batan o‘z manfaatlaringizga ko‘proq darajada javob bera digan yoki amaliyotda osonroq qo‘llanadigan ta’sir ko‘rsatish chorasini tanlashga haqlisiz. Qonunning 26-moddasi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling