O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi 3 MUQADDIMA Hozirgi davrda har bir tadbirkor o‘z ismi va tovari yoki xizmatlarini raqobatchilar o‘rtasida ajratib ko‘rsatishga intiladi, chunki bu unga ham tovarlarning, ham xizmatlarning sotilish hajmlarini oshirish imkonini beradi. Oldi-sotdi yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida Sizning biznesdagi sheriklaringiz va potensial mijozlaringiz Sizga tegishli tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) yoki firma nomi bilan reklama orqali yoki boshqa shaxslardan bilib borar ekan, Sizning kompaniyangiz tasodifiy va umri qisqa tashkilot emas, balki bozorda o‘z o‘rniga ega nufuzli firma ekaniga ishonch hosil qiladi. Biznes sohasidagi munosabatlarga kirishar ekansiz, tovarlaringiz markalanadigan tovar belgisi haqida o‘ylab qo‘yishingiz lozim. Tovar belgisini ro‘yxatga olish jarayoni ma’lum vaqtni talab qiladi va ro‘yxatga olish tugallangunga qadar Siz o‘z firma nomingiz ostida ish ko‘rishingiz mumkin, belgining reklamasini esa uni ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonidayoq boshlab yuborish mumkin. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkaziladigan belgini to‘g‘ri tanlash va uni to‘liq ro‘yxatdan o‘tkazish protsedurasini o‘tash g‘oyat muhimdir. Bunda keglusida tovar belgisidan foydalanishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan barcha jihatlarni puxta o‘ylab olish ham g‘oyat muhimdir. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish Siz uchun quyidagi afzalliklarni yaratadi: • boshqa birov Sizga tegishli tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazib olishidan havotirlanmay reklama kompaniyasiga pul sarflash ; • tovar sifatida ish ko‘rish, chunki tovar belgisining o‘zini uchinchi shaxsga o‘tkazish shartnomasi bo‘yicha mukofot evaziga berish yoki litsenziya shartnomasi bo‘yicha favqulotda bo‘lmagan shartlarda undan foydalanishga ruxsat berish mumkin. Bu shartnomalar ham O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim; • kafolatli (sifatli), himoyalovchi, reklama va boshqa funksiyalarni bajarish. Ushbu qo‘llanma tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani rasmiylash- tirish va topshirishda, shuningdek uning himoyasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan qator masalalarni tushuntirib beradi. Qo‘llanma tovar belgilari sohasida amalda bo‘lgan qonunchilikka asoslanadi hamda qonun hujjatlaridagi qator qoidalarni bayon etadi, ammo ularning o‘rnini bosmaydi. Biron bir qarorni qabul qilishdan avval, Siz O‘zbekiston Respublikasining «Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida»gi Qonuni, «Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari» va boshqa noromativ hujjatlar hamda O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomalar bilan tanishib chiqishingiz lozim. Qo‘llanma tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish va topshirish, uni ko‘rib chiqish, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek tovar belgisining huquqiy muhofazasi va himoyasi masalalariga bag‘ishlangan. Qo‘llanmadagi har bir sahifaning o‘ng tomonida talabnoma beruvchi yoki tovar belgisi egasining u yoki bu xatti-harakatlarini tartibga soluvchi normativ hujjatlarning tegishli bandlariga ishoralar keltirilgan. Qo‘llanma oxirida har xil turdagi tovar belgilariga talabnomalarning rasmiylashtirilishini izohlaydigan misollar keltiriladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling