O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi 11 maqtov xarakteridagi sifatiga ishora – «LUX», «SUPER»; tovar miqdoriga ishora – 1 l, 20 ta sigaret; tovar xususiyatiga ishora – «ANTISTRYeSS». Qonunning 10-moddasi birinchi qismi 5-8 bandlarida ko‘rsatilgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga, basharti bu belgilar amalda ulardan aniq tovarlar uchun foydalanish natijasida farqlanish xususiyatiga ega bo‘lganligi isbotlangan taqdirdagina, yo‘l qo‘yilishi mumkin. Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 4 z) bandi Hech qanday holatda ro‘yxatdan o‘tkazilmaydigan belgilar ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi: 9) tovar yoki uning ishlab chiqaruvchisi xususidagi yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar. Bularga tovarning ma’lum bir sifati, uning tayyorlovchisi yoki kelib chiqqan joyi haqida iste’molchining ongida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan tasavvur hosil qiladigan belgilar kiradi. Masalan, viskozadan ishlangan tovarlar uchun “paxta” ishorasi yoki O‘zbekistonda ishlab chiqilgan tovarlarga nisbatan MADE IN ITALY (Italiyada tayyorlangan) ishorasi yolg‘on ishoralar qatoriga kiradi; Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 4 i) bandi 10) tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar; Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 4 k) bandi 11) ma’danli suvlar, vino yoki kuchli spirtli ichimliklarning asliyatini aks ettiruvchi jo‘g‘rofiy nomlar bo‘lgan yoki shunday nomlarni ifodalovchi, ammo mazkur joyda chiqarilmagan tovarlarni belgilash uchun ishlatilgan, shuningdek, ular tarjima qilib yoki «ko‘rinishdagi», «turdagi», «usuldagi» va boshqa shunga o‘xshash so‘zlar bilan qo‘shilgan holda qo‘llanilgan belgilar; Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 4 l) bandi 12) jamiyat manfaatlariga, odamiylik va ahloq qoidalariga zid bo‘lgan belgilar. Ahloqsiz mazmundagi matnlar va tasvirlar, diniy nishon va ramzlar, fashistik nishonlar va aksildavlat shiorlari, inson qadrini, diniy hissiyotlarni haqorat qiladigan insonparvarlikka zid xarakterdagi shiorlar va h.k. mana shunday turdagi belgilar qatoriga kiradi. Masalan, «ZAM ZAM», belgisi musulmonlar his- tuyg‘ularini haqoratlovchi belgi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi (Zam Zam – Makkadagi muqaddas chashma nomi); Qonunning 10- moddasi Qoidalarning 4 m) bandi 13) quyidagi belgilar bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar: - ilgari O‘zbekiston Respublikasida boshqa shaxs nomiga Qonunning 10-moddasi Qoidalarning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling