O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
Tovar belgisining ustuvorligini belgilash
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 19 Tovar belgisini tekshirish
Tovar belgisining ustuvorligini belgilash
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab belgilanadi. Qonunning 12- moddasi Tovar belgisining ustuvorligi shuningdek quyidagi sanalar bo‘yicha belgilanishi mumkin: - Parij konvensiyasiga a’zo davlatda tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan birinchi talabnoma sanasi bo‘yicha; - Parij konvensiyasiga a’zo davlatlardan birining hududida tashkil qilingan rasmiy yoki rasman tan olingan xalqaro ko‘rgazmalarda ushbu belgi bilan belgilangan eksponatlarning ochiq namoyish qilingan sanasi bo‘yicha; - O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga ko‘ra avval muhofaza qilingan tovar belgisi ustuvorligi bo‘yicha. Qoidalarning 97-bandi Qoidalarning 99-bandi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 19 Tovar belgisini tekshirish Ekspertiza olib borish chog‘ida belgilarning o‘ziga xos xu- susiyatlari hamda talabnoma berilgan belgining tovar belgisi sifatida tan olinishi uchun zarur bo‘lgan talabdagi tavsiflarning ularda mavjudligi tekshiriladi. Qonunning 10-moddasi Talablarning ma’lum bir qismi belgining o‘z tavsiflariga tegishlidir, masalan, davlat gerblari, bayroqlari, davlat mukofotlarining tasvirlarini, davlatlarning rasmiy nomlarini o‘z ichiga olgan-olmaganligi, farqlash xususiyatiga, shuningdek tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida yolg‘on yoki iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilarga ega yoki ega emasligi va h.k. (belgi tavsifi), talablarning boshqa qismi esa tovar belgisining uchinchi shaxslar huquqlari bilan bog‘liq bo‘lgan lokal (hududiy) deb ataluvchi yangiligiga tegishlidir. Boshqacha qilib aytganda, agar tovar belgisi avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan tovar belgilari bilan aynan bir xillik yoki aralashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lsa, bu holda u ro‘yxatdan o‘tkazishishi mumkin bo‘lmaydi. Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 103-107-, 114- bandlari Tovar belgisining tavsiflarini tekshirishda davlat gerblari, bayroqlari, davlatlararo tashkilotlar emblemalariga va h.k. tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotdan, shuningdek texnik ma’lumotnomalar, politexnik lug‘atlar, ensiklopediyalar, boshqa ma’lumot bazalari va h.k. axborotidan foydalaniladi. Qoidalarning 103- bandi Aynan bir xillik va o‘xshashlikka doir qidiruv O’zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilgan tovar belgilari fondi bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga ham tegishli bo‘lgan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish fondlari bo‘yicha olib boriladi. Qoidalarning 105-bandi O’xshashlik darajasi talabnoma berilgan va qidiruv paytida aniqlangan belgilarni vizual qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar talabnoma berilgan belgining barcha elementlari boshqa belgiga to‘la mos kelsa, bu holda ular o‘zaro aynan o‘xshash deb hisoblanadi. O’xshashlik darajasi talabnoma berilgan va qidiruv paytida aniqlangan belgilarni vizual qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Agar talabnoma berilgan belgining barcha elementlari boshqa belgiga to‘la mos kelsa, bu holda ular o‘zaro aynan o‘xshash deb hisoblanadi. Qoidalarning 104- bandi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling