O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
22 
Jamlama belgining o‘xshashligi 
 
Jamlama belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ular 
quyidagilar bilan taqqoslanadi: 
a) jamlama belgilar bilan; 
b) tekshirilayotgan jamlama belgi tarkibiga uning elementi 
sifatida kiradigan belgilar turlari bilan. 
Jamlama belgilarning o‘xshashligini aniqlashda yuqorida 
keltirilgan alomatlardan foydalaniladi va aynan bir xil yoki 
o‘xshash elementning talabnomada ko‘rsatilgan belgidagi 
holatining ahamiyati tekshiriladi. 
Qoidalarning 
113-bandi 
Tovarlarning bir xil jinsliligini belgilash 
 
Tovarlarning bir xil turdagi deganda iste’molchida shu 
tovarlar bitta ishlab chiqaruvchiga qarashli degan qat’iy 
tasavvur paydo bo‘lish imkoniyati tushuniladi. 
Tovarlarning bir jinsliligini belgilashda tovarlarning turi, 
bajaradigan vazifasi, ular tayyorlangan material turi, tovarlarni 
sotish sharti, iste’molchilar doirasi va boshqa alomatlar 
e’tiborga olinadi. 
Tovarlarning bir xil jinsliligini aniqlaydigan belgilar asosiy 
va yordamchi belgilarga ajratiladi. 
Asosiy belgilarga quyidagilar kiradi: 
- tovarlarning turi; 
- tovarlarning bajaradigan vazifasi
- tovarlar tayyorlangan material turi. 
Tovarlarning bir xil jinsga mansub deb tan olinishi uchun 
odatda ularning bir turdagi tovarlar guruhiga mansubligi asos 
bo‘lib xizmat qiladi. 
«Tovar turi» tushunchasi tovarlar tayyorlangan materialni, 
shuningdek buyumning tashqi ko‘rinishini o‘z ichiga oladi. 
Tovar bajaradigan vazifani belgilashda uning qo‘lla nish 
sohasi va qo‘llanish maqsadini e’tiborga olish lozim. 
Tovarlar va xizmatlarning bir xil jinsliligini aniqlashda
qidiruv doirasini belgilashda TXXK asosiy manba sifatida 
qo‘llanadi. Biroq tovarlarning bitta TXXK sinfiga mansubligi 
ularning bir xil jinsga mansub deb e’tirof etilishiga asos bo‘la 
olmaydi. Bir xil jinsda bo‘lmagan tovarlar bitta sinfga mansub 
bo‘lishi (masalan, 9-sinf: priborlar va asboblar, ko‘zoynaklar va 
o‘t o‘chirgichlar) va, aksincha, bir xil jinsdagi tovarlar turli 
sinflarga kiritilgan bo‘lishi mumkin (masalan, maxsus 
laboratoriya mebeli – 9- sinf, tibbiyot maqsadlari uchun mebel 
- 10-sinf). 
Qoidalarning 
114-bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling