O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

Grafik o‘xshashlik 
 
Grafik o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqla nadi: 
a) umumiy ko‘rish taassuroti;
b) shrift turi; 
Qoidalarning 
108-bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
21 
v) harflar xarakterini hisobga olgan holda grafik yozilishi 
(bosma yoki yozma, bosh yoki kichik harf); 
g) harflarning bir-biriga nisbatan joylashishi; 
d) so‘z harflari yozilgan alifbo; 
e) rang yoki ranglar uyg‘unligi. 
Grafik o‘xshashlik tovushli o‘xshashlikka nisbatan 
o‘zgaruvchan tus kasb etadi, chunki belgini turli grafik 
bajarishda n yo‘q bo‘lishi va yana paydo bo‘lishi mumkin, 
belgining tovush bilan bog‘liq jihati esa bu payta o‘zgarmay 
qolaveradi. Shunday qilib, grafik o‘xshashlik so‘zli belgilar 
o‘xshashligining yordamchi mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Mazmunan (semantik) o‘xshashligi 
 
Mazmunan o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniq- 
lanadi: 
a) belgilarda ifodalangan tushunchalar, g‘oyalarning 
o‘xshashligi xususan, belgi mazmunining turli tillarda mos 
kelishi; 
b) belgining mantiqiy urg‘u berilgan va mustaqil 
ahamiyatga ega bo‘lgan biron-bir elementining mos tushishi
v) belgida ifodalangan tushunchalar, g‘oyalardagi qarama- 
qarshilik. 
Mazmun o‘xshashligi grafik o‘xshashlikdan farqli o‘laroq 
mustaqil o‘xshashlik mezoni sifatida namoyon bo‘lishi 
mumkin. 
Yuqorida sanab o‘tilgan alomatlar ekspertiza paytida har 
biri alohida va turli birliklarda hisobga olinishi mumkin. 
Qoidalarning 
109-bandi 
Qoidalarning 
110-bandi 
 
Tasviriy va hajmli belgilarning o‘xshashligi 
 
Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o‘x- 
shashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslana- di: 
a) tasviriy belgilar bilan;
b) hajmli belgilar bilan; 
v) tarkibiga tasviriy yoki hajmli elementlar kirgan jamlama 
belgilar bilan. 
Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning 
o‘xshashligi quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi: 
a) tashqi shakli; 
b) simmetriyaning mavjudligi yoki mavjud emasligi; 
v) mazmuni; 
g) tasvir turi va xarakteri (naturalistik, uslubiylash- tirilgan, 
hajviy va h.k.) 
d) ranglar va tuslar uyg‘unligi; 
Sanab o‘tilgan alomatlar har biri alohida va turli 
birikmalarda hisobga olinishi mumkin. 
Qoidalarning 
111-bandi 
Qoidalarning 
112-bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling