O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
- Mazmunan (semantik) o‘xshashligi
Grafik o‘xshashlik
Grafik o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniqla nadi: a) umumiy ko‘rish taassuroti; b) shrift turi; Qoidalarning 108-bandi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 21 v) harflar xarakterini hisobga olgan holda grafik yozilishi (bosma yoki yozma, bosh yoki kichik harf); g) harflarning bir-biriga nisbatan joylashishi; d) so‘z harflari yozilgan alifbo; e) rang yoki ranglar uyg‘unligi. Grafik o‘xshashlik tovushli o‘xshashlikka nisbatan o‘zgaruvchan tus kasb etadi, chunki belgini turli grafik bajarishda n yo‘q bo‘lishi va yana paydo bo‘lishi mumkin, belgining tovush bilan bog‘liq jihati esa bu payta o‘zgarmay qolaveradi. Shunday qilib, grafik o‘xshashlik so‘zli belgilar o‘xshashligining yordamchi mezoni sifatida namoyon bo‘ladi. Mazmunan (semantik) o‘xshashligi Mazmunan o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida aniq- lanadi: a) belgilarda ifodalangan tushunchalar, g‘oyalarning o‘xshashligi xususan, belgi mazmunining turli tillarda mos kelishi; b) belgining mantiqiy urg‘u berilgan va mustaqil ahamiyatga ega bo‘lgan biron-bir elementining mos tushishi; v) belgida ifodalangan tushunchalar, g‘oyalardagi qarama- qarshilik. Mazmun o‘xshashligi grafik o‘xshashlikdan farqli o‘laroq mustaqil o‘xshashlik mezoni sifatida namoyon bo‘lishi mumkin. Yuqorida sanab o‘tilgan alomatlar ekspertiza paytida har biri alohida va turli birliklarda hisobga olinishi mumkin. Qoidalarning 109-bandi Qoidalarning 110-bandi Tasviriy va hajmli belgilarning o‘xshashligi Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o‘x- shashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslana- di: a) tasviriy belgilar bilan; b) hajmli belgilar bilan; v) tarkibiga tasviriy yoki hajmli elementlar kirgan jamlama belgilar bilan. Tasviriy va muayyan shakldagi hajmli belgilarning o‘xshashligi quyidagi alomatlar asosida aniqlanadi: a) tashqi shakli; b) simmetriyaning mavjudligi yoki mavjud emasligi; v) mazmuni; g) tasvir turi va xarakteri (naturalistik, uslubiylash- tirilgan, hajviy va h.k.) d) ranglar va tuslar uyg‘unligi; Sanab o‘tilgan alomatlar har biri alohida va turli birikmalarda hisobga olinishi mumkin. Qoidalarning 111-bandi Qoidalarning 112-bandi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling