O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Tovar belgisining ustuvorligini belgilash


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

Tovar belgisining ustuvorligini belgilash 
 
Tovar belgisining ustuvorligi tovar belgisini ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanaga qarab 
belgilanadi. 
Qonunning 
12- 
moddasi 
Tovar belgisining ustuvorligi shuningdek quyidagi sanalar 
bo‘yicha belgilanishi mumkin: 
- Parij konvensiyasiga a’zo davlatda tovar belgisini 
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun berilgan birinchi talabnoma sanasi 
bo‘yicha; 
- Parij konvensiyasiga a’zo davlatlardan birining 
hududida tashkil qilingan rasmiy yoki rasman tan olingan 
xalqaro ko‘rgazmalarda ushbu belgi bilan belgilangan 
eksponatlarning ochiq namoyish qilingan sanasi bo‘yicha; 
- O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga 
ko‘ra avval muhofaza qilingan tovar belgisi ustuvorligi 
bo‘yicha. 
Qoidalarning 
97-bandi
Qoidalarning
99-bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
19 
Tovar belgisini tekshirish 
 
Ekspertiza olib borish chog‘ida belgilarning o‘ziga xos xu- 
susiyatlari hamda talabnoma berilgan belgining tovar belgisi 
sifatida tan olinishi uchun zarur bo‘lgan talabdagi tavsiflarning 
ularda mavjudligi tekshiriladi. 
Qonunning 
10-moddasi 
Talablarning ma’lum bir qismi belgining o‘z tavsiflariga 
tegishlidir, masalan, davlat gerblari, bayroqlari, davlat 
mukofotlarining tasvirlarini, davlatlarning rasmiy nomlarini o‘z 
ichiga olgan-olmaganligi, farqlash xususiyatiga, shuningdek 
tovar yoki uning tayyorlovchisi xususida yolg‘on yoki 
iste’molchini chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilarga ega yoki 
ega emasligi va h.k. (belgi tavsifi), talablarning boshqa qismi 
esa tovar belgisining uchinchi shaxslar huquqlari bilan bog‘liq 
bo‘lgan lokal (hududiy) deb ataluvchi yangiligiga tegishlidir. 
Boshqacha qilib aytganda, agar tovar belgisi avval ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma 
berilgan tovar belgilari bilan aynan bir xillik yoki aralashtirib 
yuborish darajasida o‘xshash bo‘lsa, bu holda u ro‘yxatdan 
o‘tkazishishi mumkin bo‘lmaydi. 
Qonunning 
10-moddasi
Qoidalarning
103-107-, 114- 
bandlari 
Tovar belgisining tavsiflarini tekshirishda davlat gerblari, 
bayroqlari, davlatlararo tashkilotlar emblemalariga va h.k. 
tegishli ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan axborotdan, shuningdek 
texnik 
ma’lumotnomalar, 
politexnik 
lug‘atlar, 
ensiklopediyalar, boshqa ma’lumot bazalari va h.k. axborotidan 
foydalaniladi. 
Qoidalarning 
103- 
bandi 
Aynan bir xillik va o‘xshashlikka doir qidiruv O’zbekiston 
Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan yoki ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun talabnoma berilgan tovar belgilari fondi 
bo‘yicha, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi hududiga ham 
tegishli bo‘lgan xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish fondlari bo‘yicha 
olib boriladi. 
Qoidalarning 
105-bandi 
O’xshashlik darajasi talabnoma berilgan va qidiruv paytida 
aniqlangan belgilarni vizual qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Agar talabnoma berilgan belgining barcha elementlari 
boshqa belgiga to‘la mos kelsa, bu holda ular o‘zaro aynan 
o‘xshash deb hisoblanadi. 
O’xshashlik darajasi talabnoma berilgan va qidiruv paytida 
aniqlangan belgilarni vizual qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Agar talabnoma berilgan belgining barcha elementlari 
boshqa belgiga to‘la mos kelsa, bu holda ular o‘zaro aynan 
o‘xshash deb hisoblanadi. 
Qoidalarning 
104- 
bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling