O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
27
Guvohnoma egasi huquqni o‘tkazish to‘g‘risidagi shart-
noma bo‘yicha tovar belgisiga
doir mutlaq huquqni yoki
litsenziya shartnomasi bo‘yicha tovar belgisidan foydalanishga
doir huquqni har qanday yuridik
yoki jismoniy shaxsga
(shaxslarga) berishi mumkin.
Ushbu shartnomalar Vazirlikda ro‘yxatdan o‘tkazilishi
lozim. Bunda litsenziya shartnomasida litsenziat tovarlarining
sifati litsenziar tovar larining sifatidan past bo‘lmasligi haqida
shart qo‘yilgan bo‘lishi va litsenziar bu shartning bajarilishini
nazo rat qilishi ko‘rsatilishi lozim.
Qonunning
30-moddasi
Shartnomada shuningdek tomonlarning ta’rifi, shartnoma
predmeti, huquqni o‘tkazish turi, o‘tkazilayotgan
huquqlar
hajmi, sharnoma amal qiladigan hudud,
shartnomaning amal
qilish muddati hamda mukofot miqdori yoki bu to‘g‘rida
kelishuvning mavjudligini tasdiqlaydigan qoida aks etmog‘i
lozim.
ShRO’ qoidalarining
5-bandi
Tovar belgisi egasi mutlaq huquqining buzilishi
Tovar belgisini yoki shu belgi
bilan belgilangan tovarni
ruxsat berilmagan tarzda tayyorlash, qo‘llash,
olib kirish,
savdoga taklif etish, sotish, o‘zgacha
tarzda fuqarolik
muomalasiga kiritish yoki ularni shu maqsadda saqlash, yohud
ular bilan adashtirib yuboradigan darajada aynan o‘xshash
bo‘lgan bir xildagi tovarlarni belgilash tovar belgisiga doir
mutlaq huquqni buzish deb e’tirof etiladi.
Qonunning
26-moddasi
Do'stlaringiz bilan baham: