O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
26
3.5. Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligining bekor
qilinishi, tovar belgisiga doir guvohnoma yoki tovar kelib chiqqan
joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma
amal qilishining tugatilishi
Tovar belgisiga doir guvohnoma amal
qilishining tugatilishi
Tovar kelib chiqqan joy nomi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi
quyidagi hollarda bekor qilinadi:
mazkur jo‘g‘rofiy ob’ekt uchun xos bo‘lgan sharoitlar
yo‘qolganda va reyestrda ko‘rsatilgan xususiyatlarga ega
bo‘lgan tovar ishlab chiqarishning iloji bo‘lmaganda;
chet ellik yuridik yoki jismoniy shaxslar tovar kelib
chiqqan mamlakatda tovar kelib chiqqan shu joy nomiga doir
huquqlarini yo‘qotganda.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning yoki tovar kelib
chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risidagi
guvohnomaning amal qilishi uning amal qilish muddati
tugaganligi munosabati bilan tugatiladi.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishi tovar
belgisi amal qilgan oxirgi uch yil mobaynida undan uzluksiz
ravishda foydalanilmaganda, shuningdek jamoaviy belgidan
foydalanish
to‘g‘risidagi
kelishuv
buzilgan
taqdirda
manfaatdor shaxsning arizasiga binoan qabul qilingan sud
qarori asosida muddatidan oldin to‘liq yoki qisman tugatilishi
mumkin. Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini
undan foydalanilmaganligi munosabati bilan muddatidan oldin
tugatish to‘g‘risidagi masalani hal qilayotganda tovar
belgisining egasi tomonidan taqdim etilgan unga bog‘liq
bo‘lmagan
holatlarga
ko‘ra
tovar
belgisidan
foydalanilmaganligini isbotlovchi dalillar e’tiborga olinishi
mumkin.
Tovar belgisining mazkur Qonunning 27-moddasida
nazarda
tutilgan
holda
ishlatilishi
tovar
belgisidan
foydalanilganligiga doir dalil hisoblanadi. Tovar belgisining
egasi
tomonidan taqdim
etiladigan, tovar belgisidan
foydalanilganligiga doir dalillar arizada ko‘rsatilgan vaqt
davriga taalluqli bo‘lishi kerak.
Qonunning
25-
moddasi
Do'stlaringiz bilan baham: |