O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
25
mumkin.
Jamoaviy tovar belgisiga
talabnoma ushbu belgidan
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy
shaxslarning roziligi bo‘lgan holdagina chaqirib olinishi
mumkin.
Qoidalarning
73-
bandi
Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha huquqiy ahamiyatga
molik amallar bajarilmaydi.
Boshqa talabnomalarning
ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga
olinmaydi.
Qoidalarning
74-
bandi
3.4. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lumotlarni
e’lon qilish, guvohnoma berish
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal
qilish muddatini uzaytirish
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisini ro‘yxatdan
o‘tkazish uchun Vazirlikka
talabnoma berilgan sanadan
e’tiboran o‘n yil mobaynida amal qiladi.
Qonunning
21-moddasi
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati
guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yili mobaynida Siz
tomoningizdan berilgan arizangizga binoan har safar o‘n yilga
uzaytirilishi mumkin. Bunda arizaga patent boji to‘langanligini
tasdiqlovchi hujjat, patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda
talabnoma beruvchining ishonchnomasi ilova qilinishi lozim.
Guvohnomaning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi
ariza va patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi
hujjat Vazirlikka
guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch
oy mobaynida yuboriladi.
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini
uzaytirish
to‘g‘risidagi
arizani
topshirish
muddati
guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy
mobaynida topshirgan arizangizga
binoan uzaytirilishi
mumkin. Bunday hollarda belgilangan boj miqdorining 50
foizini tashkil qiladigan miqdorda qo‘shimcha boj to‘lanadi.
Guvohnoma egasi tovar belgisiga doir guvohnomaning
amal qilish muddatlarini uzaytirish
ustidan mustaqil nazorat
olib boradi.
Qonunning
22-moddasi,
Stavkalarning
3.3-bandi