O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tovarlarning bir xil jinsliligini belgilash
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi 22 Jamlama belgining o‘xshashligi Jamlama belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ular quyidagilar bilan taqqoslanadi: a) jamlama belgilar bilan; b) tekshirilayotgan jamlama belgi tarkibiga uning elementi sifatida kiradigan belgilar turlari bilan. Jamlama belgilarning o‘xshashligini aniqlashda yuqorida keltirilgan alomatlardan foydalaniladi va aynan bir xil yoki o‘xshash elementning talabnomada ko‘rsatilgan belgidagi holatining ahamiyati tekshiriladi. Qoidalarning 113-bandi Tovarlarning bir xil jinsliligini belgilash Tovarlarning bir xil turdagi deganda iste’molchida shu tovarlar bitta ishlab chiqaruvchiga qarashli degan qat’iy tasavvur paydo bo‘lish imkoniyati tushuniladi. Tovarlarning bir jinsliligini belgilashda tovarlarning turi, bajaradigan vazifasi, ular tayyorlangan material turi, tovarlarni sotish sharti, iste’molchilar doirasi va boshqa alomatlar e’tiborga olinadi. Tovarlarning bir xil jinsliligini aniqlaydigan belgilar asosiy va yordamchi belgilarga ajratiladi. Asosiy belgilarga quyidagilar kiradi: - tovarlarning turi; - tovarlarning bajaradigan vazifasi; - tovarlar tayyorlangan material turi. Tovarlarning bir xil jinsga mansub deb tan olinishi uchun odatda ularning bir turdagi tovarlar guruhiga mansubligi asos bo‘lib xizmat qiladi. «Tovar turi» tushunchasi tovarlar tayyorlangan materialni, shuningdek buyumning tashqi ko‘rinishini o‘z ichiga oladi. Tovar bajaradigan vazifani belgilashda uning qo‘lla nish sohasi va qo‘llanish maqsadini e’tiborga olish lozim. Tovarlar va xizmatlarning bir xil jinsliligini aniqlashda, qidiruv doirasini belgilashda TXXK asosiy manba sifatida qo‘llanadi. Biroq tovarlarning bitta TXXK sinfiga mansubligi ularning bir xil jinsga mansub deb e’tirof etilishiga asos bo‘la olmaydi. Bir xil jinsda bo‘lmagan tovarlar bitta sinfga mansub bo‘lishi (masalan, 9-sinf: priborlar va asboblar, ko‘zoynaklar va o‘t o‘chirgichlar) va, aksincha, bir xil jinsdagi tovarlar turli sinflarga kiritilgan bo‘lishi mumkin (masalan, maxsus laboratoriya mebeli – 9- sinf, tibbiyot maqsadlari uchun mebel - 10-sinf). Qoidalarning 114-bandi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling