O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
20
O’xshashlik darajasi talabnoma berilgan va qidiruv paytida
aniqlangan belgilarni vizual qiyoslash yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar talabnoma berilgan belgining barcha elementlari
boshqa belgiga to‘la mos kelsa, bu holda ular o‘zaro aynan
o‘xshash deb hisoblanadi.
Agar talabnoma berilgan belgi boshqa belgini, ular o‘rtasi
dagi ayrim farqlarga qaramay, eslatsa, bu holda ular aralashtirib
yuborish darajasida o‘xshash hisoblanadi.
So‘zli belgilar o‘xshashligi
So‘zli belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ular qu
yidagilar bilan taqqoslanadi:
a) so‘zli belgilar bilan;
b) tarkibiga so‘zli belgilar kirgan jamlama belgilar bilan.
So‘zli belgilar tovush (fonetik), grafik (ko‘z bilan ko‘radi
gan) va mazmun (semantik) jihatdan o‘xshash bo‘lishi mumkin.
Qoidalarning
106-bandi
Tovushli (fonetik) o‘xshashlik
Tovushli o‘xshashlik quyidagi alomatlar asosida
aniqlanadi:
a) taqqoslanayotgan belgilarda yaqin va mos tushadigan
tovush lar mavjudligi;
b) belgilarni tashkil qiluvchi tovushlarning yaqinligi;
v) yaqin tovushlar va tovush birikmalarining bir-biriga
nisbatan joylashishi;
g) mos bo‘g‘inlar mavjudligi va ularning joylashishi;
d) belgilardagi bo‘g‘inlar soni;
e) mos tovush birikmalarining belgi takibidagi o‘rni;
j) unli tovushlar tarkibining yaqinligi;
z) undosh tovushlar tarkibining yaqinligi;
i) belgilari bir-biriga mos qismlarining xarakteri;
k) bir belgining ikkinchisiga kirishi;
l) urg‘u.
Qoidalarning
107-bandi
Belgilarning o‘xshashligini aniqlash uchun ularning bosh-
lang‘ich qismlari;
oxirgi qismlari;
o‘rta qismlarining mos kelishi hal qiluvchi omillardan biri
hisoblanadi.
Qoidalarning
107- bandi
Do'stlaringiz bilan baham: |