O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
Talabnoma berilgan belgining tasviri
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
- Tovarlar va xizmatlar ro‘yxati
Talabnoma berilgan belgining tasviri
“Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri” grafasida talabnoma berilgan belgining fotosurati, tipografiya ottiskasi qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8x8 sm bo‘lgan qog‘ozdagi tasviri yopishtirib qo‘yiladi (belgining turiga qarab, uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8x16 sm ni tashkil Qoidalarning 20-bandi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 15 etishi mumkin). Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisi sifatida etiketkaga talabnoma berilayotgan bo‘lsa, u holda belgining tasviri sifatida etiketkaning o‘zi topshirilishi mumkin. Agar etiketkaning formati 8x16 sm dan ortiq bo‘lsa, u holda belgining tasviri kichraytirilgan o‘lchamda topshiriladi. Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusxa olishga imkon beradigan qilib, grafik jihatdan sifatli bajarilgan bo‘lishi lozim. Qoidalarning 20-bandi Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri tovar belgisini qaysi rang yoki ranglar birikmasida ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan bo‘lsa, o‘sha rang va ranglar birikmasida topshiriladi. Qoidalarning 20-bandi Tovarlar va xizmatlar ro‘yxati Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va xizmatlar TXXK sinflari bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi lozim. TXXK shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari bo‘yicha qidiruv ishlarini osonlashtirish uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, tovarlarning 34 ta sinfini va xizmatlarning 11 ta sinfini o‘z ichiga oladi. Bu sinflar arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Har bir tovar yoki xizmat mansub bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning alifbo tartibida tuzilgan ro‘yxati TXXKning tarkibiy qismini tashkil etadi. Odatda buyumlar o‘zlarining funksiyalari va maqsadiga muvofiq tasniflanadi: ko‘p maqsadli vazifani bajaruvchi buyumlar (radiobudilnik kabi) bajarayotgan funksiyalariga muvofiq muayyan sinflarga kiritilishi mumkin; ishlov berilmagan yoki qisman ishlov berilgan xom ashyo asosan o‘zi tarkib topgan material bo‘yicha tasniflanadi; boshqa mahsulotda qo‘llash uchun mo‘ljallangan tovarlar, agar ushbu boshqa mahsulot o‘zga maqsadlarda qo‘llansagina, bitta sinfga kiritilishi mumkin; tovarlarni o‘rash-joylash va saqlash uchun mo‘ljallangan sig‘imlar tovarning o‘zi mansub bo‘lgan sinfga kiritiladi. Xizmatlar sinf sarlavhasi va tegishli izohlarda ifodalangan faoliyat yo‘nalishiga muvofiq yoki sinflarga birlashtirilgan Tovarlar va xizmatlar ro‘yxatidagi o‘xshash xizmatlarga muvofiq yoki bo‘lmasa xizmatlarning alifbo tartibidagi ro‘yxatiga muvofiq tasniflanadi. Prokatga oid xizmatlar asosan prokat ob’ektlari yordamida amalga oshiriladigan xizmatlar mansub bo‘lgan sinflar bo‘yicha tasniflanadi (masalan, telefonlar prokati – 38-sinf). Konsultatsiya, maslahat yoki axborot bilan bog‘liq xizmatlar asosan - konsultatsiya, maslahat yoki axborot ob’ekti bo‘lgan xizmatlar mansub bo‘lgan sinflarga muvofiq tasniflanadi, masalan, transportirovka masalalari bo‘yicha – 39-sinf, tijorat ishlarini boshqarish masalalari bo‘yicha – 35-sinf, moliyaviy ishlar bo‘yicha – 36-sinf, kosmetika masalalari bo‘yicha – 44-sinf. Tovarlar va (yoki) xizmatlar nomlari amaldagi TXXK tahririga kiritilgan nomlarga mos bo‘lishi lozim. Qoidalarning 26-bandi Turli xildagi (so‘zli, tasviriy, aralash, hajmli) tovar belgilari uchun arizalar blankalarini to‘ldirishga tegishli misollar 3-6- ilovalarda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling