O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi 13 yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazishga tovar belgisi egasining bu belgini ro‘yxatga olish uchun roziligi bo‘lgan taqdirdagina yo‘l qo‘yilishi mumkin. Qonunning 10-moddasi Qoidalarning 4 n) bandi Quyidagilarni ifodalovchi belgilar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi: - o‘zga shaxslarga tegishli va O‘zbekiston Respublikasi hududida taniqli bo‘lgan firma nomlarini (yoki ularning bir qismini), agar bu nomga bo‘lgan huquq bir turdagi tovarlarni belgilash uchun tovar belgisiga doir talabnoma kelib tushish sanasidan avvalroq olingan bo‘lsa, takrorlovchi belgilar; - sanoat namunalarini takrorlovchi belgilar, agar ularga bo‘lgan huquq O‘zbekiston Respublikasida o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lsa; - O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan ilmiy asarlar, adabiyot va san’at asarlarining nomlarini, ularning qahramonlarini yoki iboralarini, san’at asarlarini yoki ulardan ko‘rinishlarni mualliflik huquqiga ega bo‘lgan shaxs yoki uning huquqiy vorislari (merosxo‘rlari) roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar; - atoqli shaxslarning familiyalari, ismlari, taxalluslari va ulardan yasalgan so‘zlarini, bunday shaxslarning portretlarini hamda dastxatlarini, basharti bular O‘zbekiston Respublikasining tarixiy va madaniy boyligi bo‘lsa, ana shu atoqli shaxslar, ularning merosxo‘rlari yoki davlat organi roziligini olmagan tarzda takrorlovchi belgilar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisiga huquqiy muhofaza olish uchun bevosita Vazirlikka ariza topshirish (milliy protsedura) yoki xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisini O‘zbekiston Respublikasi hududiga tatbiq etish (xalqaro protsedura) lozim. Har ikkala protseduraning ish yuritish tartibi bir-biridan farqlanadi, shuning uchun quyida ularning har biriga alohida to‘xtalamiz. Qonunning 11-moddasi Qoidalarning 4 o) bandi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling