O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

3. Milliy protsedura 
 
3.1. Talabnomani rasmiylashtirish 
 
Talabnoma tili 
 
Talabnomada ko‘rsatilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish 
to‘g‘risidagi ariza o‘zbek yoki rus tilida topshiriladi. Boshqa 
hujjatlar o‘zbek, rus yoki boshqa har qanday tilda topshirilishi 
mumkin. 
Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa, 
ularning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi. 
Hujjatlarning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimalarini
Qoidalarning 
12-bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
14 
Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy 
muddat ichida topshirilishi mumkin. 
Talabnoma mazmuni 
 
Talabnomada tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan 
o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza, talabnomada ko‘rsatilgan 
belgining tasviri va ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan 
tovarlarning TXXK sinflariga muvofiq guruhlangan ro‘yxati 
bo‘lishi kerak. 
Qonunning 
9-moddasi
Qoidalarning
6-bandi 
Talabnomaga talabnomani belgilangan tartibda topshirish
uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat va, agar 
talabnoma patent vakilingiz orqali topshirilayotgan bo‘lsa, 
ishonchnoma ilova qilish lozim. 
Qonunning 
9-moddasi, 
Stavkalarning 
3.1-bandi 
Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, huquqiy 
va/yoki jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining 
jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi ilova 
qilinadi. 
Qoidalarning 
7- 
bandi 
Talabnoma bitta tovar belgisiga tegishli bo‘lishi lozim. 
Qonunning 
8-moddasi 
Ariza 
 
Talabnoma Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali 
beriladi, bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi.
(2-ilova) 
Qoidalarda ariza mazmuni haqida batafsil axborot 
keltirilgan bo‘lib, uni to‘ldirish arizachiga qiyinchilik 
tug‘dirmaydi. 
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani 
topshirish va topshirgandan keyin u bo‘yicha ishlarni olib 
borish uchun vakil tayinlash mumkin. 
Talabnoma beruvchining vakili sifatida patent vakilini 
ko‘rsatish hamda uning vakolatlari ishonchnoma bilan 
tasdiqlanishi kerak. 
Talablarga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar 
nomidan Vazirlik oldida vakillik qilish huquqi berilgan 
jismoniy shaxs patent vakili hisoblanadi. 
Qoidalarning 
36-bandi 
Qoidalarning 
14-28-bandlari 
Qoidalarning 
38-bandi 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling