O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


 Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

3.3.6. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishni
rad etish to‘g‘risidagi qaror 
 
Agar belgi ekspertizasini o‘tkazish natijasida belgi tovarlar 
va xizmatlar ro‘yxatining hammasi uchun Qonun va Qoidalarda 
keltirilgan talablarning kamida bittasiga muvofiq kelmasligi 
aniqlansa, talabnoma beruvchiga tovar belgisini ro‘yxatdan 
o‘tkazishni rad etish to‘g‘risida qaror yuboriladi. 
Qonunning 
15- 
moddasi, 
Qoidalarning 
125-bandi 
Ekspertiza qaroriga qarshi bo‘lsangiz, Siz qaror qabul 
qilingan sanadan e’tiboran uch oy mobaynida uni Apellatsiya 
kengashida ko‘rib chiqilishini talab qilish huquqiga egasiz. 
Qonunning 
16- 
moddasi 
3.3.7. Talabnomani chaqirib olish 
 
Talabnomani ko‘rib chiqishning istalgan bosqichida, lekin 
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish sanasiga qadar Vazirlikka 
kelib tushgan arizangizga ko‘ra talabnomangiz chaqirib olinishi 
Qoidalarning 
72- 
bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
25 
mumkin. 
Jamoaviy tovar belgisiga talabnoma ushbu belgidan 
foydalanish huquqiga ega bo‘lgan barcha yuridik va jismoniy 
shaxslarning roziligi bo‘lgan holdagina chaqirib olinishi 
mumkin. 
Qoidalarning 
73- 
bandi 
Chaqirib olingan talabnoma bo‘yicha huquqiy ahamiyatga 
molik amallar bajarilmaydi. Boshqa talabnomalarning 
ekspertizasini o‘tkazishda chaqirib olingan talabnoma e’tiborga 
olinmaydi. 
Qoidalarning 
74- 
bandi 
3.4. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish, ma’lumotlarni
e’lon qilish, guvohnoma berish 
 
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal
qilish muddatini uzaytirish 
 
Tovar belgisiga doir guvohnoma tovar belgisini ro‘yxatdan 
o‘tkazish uchun Vazirlikka talabnoma berilgan sanadan 
e’tiboran o‘n yil mobaynida amal qiladi. 
Qonunning 
21-moddasi 
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilish muddati 
guvohnoma amal qilayotgan oxirgi yili mobaynida Siz 
tomoningizdan berilgan arizangizga binoan har safar o‘n yilga 
uzaytirilishi mumkin. Bunda arizaga patent boji to‘langanligini 
tasdiqlovchi hujjat, patent vakili orqali ariza berilgan taqdirda 
talabnoma beruvchining ishonchnomasi ilova qilinishi lozim. 
Guvohnomaning amal qilishini uzaytirish to‘g‘risidagi 
ariza va patent boji to‘langanligi to‘g‘risidagi hujjat Vazirlikka 
guvohnomaning amal qilish muddati tugagungacha oxirgi uch 
oy mobaynida yuboriladi. 
Tovar belgisiga doir guvohnomaning amal qilishini 
uzaytirish 
to‘g‘risidagi 
arizani 
topshirish 
muddati 
guvohnomaning amal qilish muddati tugagandan keyin olti oy 
mobaynida topshirgan arizangizga binoan uzaytirilishi 
mumkin. Bunday hollarda belgilangan boj miqdorining 50 
foizini tashkil qiladigan miqdorda qo‘shimcha boj to‘lanadi. 
Guvohnoma egasi tovar belgisiga doir guvohnomaning 
amal qilish muddatlarini uzaytirish ustidan mustaqil nazorat 
olib boradi. 
Qonunning 
22-moddasi, 
Stavkalarning 
3.3-bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling