O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


Talabnoma berilgan belgining tasviri


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

Talabnoma berilgan belgining tasviri 
 
“Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri” grafasida 
talabnoma berilgan belgining fotosurati, tipografiya ottiskasi 
qalin, uzoq muddatga chidamli, formati 8x8 sm bo‘lgan 
qog‘ozdagi tasviri yopishtirib qo‘yiladi (belgining turiga qarab, 
uning fotosurati yoki ottiskasining kengligi 8x16 sm ni tashkil 
Qoidalarning 
20-bandi 


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
15 
etishi mumkin). 
Agar ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovar belgisi sifatida 
etiketkaga talabnoma berilayotgan bo‘lsa, u holda belgining 
tasviri sifatida etiketkaning o‘zi topshirilishi mumkin. Agar 
etiketkaning formati 8x16 sm dan ortiq bo‘lsa, u holda 
belgining tasviri kichraytirilgan o‘lchamda topshiriladi. 
Belgining tasviri undan istalgan miqdorda nusxa olishga 
imkon beradigan qilib, grafik jihatdan sifatli bajarilgan bo‘lishi 
lozim. 
Qoidalarning 
20-bandi 
Talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri tovar belgisini 
qaysi rang yoki ranglar birikmasida ro‘yxatdan o‘tkazish 
so‘ralayotgan bo‘lsa, o‘sha rang va ranglar birikmasida 
topshiriladi. 
Qoidalarning 
20-bandi 
Tovarlar va xizmatlar ro‘yxati 
 
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar va xizmatlar TXXK sinflari 
bo‘yicha guruhlangan bo‘lishi lozim. 
TXXK shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgilari bo‘yicha qidiruv ishlarini 
osonlashtirish uchun ham mo‘ljallangan bo‘lib, tovarlarning 34 ta sinfini va xizmatlarning 11 ta 
sinfini o‘z ichiga oladi. Bu sinflar arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Har bir tovar yoki xizmat 
mansub bo‘lgan tovarlar va xizmatlarning alifbo tartibida tuzilgan ro‘yxati TXXKning tarkibiy 
qismini tashkil etadi. 
Odatda buyumlar o‘zlarining funksiyalari va maqsadiga muvofiq tasniflanadi: ko‘p 
maqsadli vazifani bajaruvchi buyumlar (radiobudilnik kabi) bajarayotgan funksiyalariga 
muvofiq muayyan sinflarga kiritilishi mumkin; ishlov berilmagan yoki qisman ishlov berilgan 
xom ashyo asosan o‘zi tarkib topgan material bo‘yicha tasniflanadi; boshqa mahsulotda qo‘llash 
uchun mo‘ljallangan tovarlar, agar ushbu boshqa mahsulot o‘zga maqsadlarda qo‘llansagina, 
bitta sinfga kiritilishi mumkin; tovarlarni o‘rash-joylash va saqlash uchun mo‘ljallangan 
sig‘imlar tovarning o‘zi mansub bo‘lgan sinfga kiritiladi. 
Xizmatlar sinf sarlavhasi va tegishli izohlarda ifodalangan faoliyat yo‘nalishiga muvofiq 
yoki sinflarga birlashtirilgan Tovarlar va xizmatlar ro‘yxatidagi o‘xshash xizmatlarga muvofiq 
yoki bo‘lmasa xizmatlarning alifbo tartibidagi ro‘yxatiga muvofiq tasniflanadi. Prokatga oid 
xizmatlar asosan prokat ob’ektlari yordamida amalga oshiriladigan xizmatlar mansub bo‘lgan 
sinflar bo‘yicha tasniflanadi (masalan, telefonlar prokati – 38-sinf). Konsultatsiya, maslahat 
yoki axborot bilan bog‘liq xizmatlar asosan - konsultatsiya, maslahat yoki axborot ob’ekti 
bo‘lgan xizmatlar mansub bo‘lgan sinflarga muvofiq tasniflanadi, masalan, transportirovka 
masalalari bo‘yicha – 39-sinf, tijorat ishlarini boshqarish masalalari bo‘yicha – 35-sinf, 
moliyaviy ishlar bo‘yicha – 36-sinf, kosmetika masalalari bo‘yicha – 44-sinf. 
Tovarlar va (yoki) xizmatlar nomlari amaldagi TXXK 
tahririga kiritilgan nomlarga mos bo‘lishi lozim. 
Qoidalarning 
26-bandi 
Turli xildagi (so‘zli, tasviriy, aralash, hajmli) tovar 
belgilari uchun arizalar blankalarini to‘ldirishga tegishli 
misollar 3-6- ilovalarda keltirilgan. 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling