O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining
huquqiy muhofazasi va himoyasi
16
3.2. Talabnoma topshirish
Talabnomani kim topshirishi mumkin
Tovar belgisi yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga
ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
Qonunning
4-moddasi
Qoidalarning
35-bandi
Talabnoma qayerga va qanday topshiriladi
Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma
Vazirlikga davlat axborot tizimlari orqali topshiriladi.
Shuningdek,
talabnomani
Siz
Vazirlikka
bevosita
topshirishingiz yoki pochta orqali yuborishingiz ham mumkin.
Agar Siz talabnomani pochta orqali yuborgan bo‘lsangiz,
bu holda talabnomangiz Vazirlikka kelib tushgan sana
talabnoma topshirilgan sana hisoblanadi.
Qonunning
8-moddasi
Qoidalarning
36-bandi
Vazirlik talabnoma olinganligi haqida Sizni xabardor
qiladi. Xabarnomada talabnoma raqami, uning kelib tushgan
sanasi ko‘rsatiladi.
Sizning e’tiboringizni keyinchalik talabnoma bo‘yicha
yozishmalar olib borilganda, yozma xabarlaringizda Vazirlik
tomonidan berilgan talabnoma raqamini ko‘rsatishingiz
shartligiga qaratamiz.
Qoidalarning
43-bandi
3.3. Talabnomani ko‘rib chiqish
Vazirlikda talabnomani ko‘rib chiqish paytida yuridik
qiymatga ega bo‘lgan protseduralar amalga oshirilib, ular
4-ilovada sxematik tarzda keltirilgan.
Talabnomani ko‘rib chiqish protsedurasi ikki bosqichda
olib boriladi:
talabnomani
rasmiy
ekspertizadan
o‘tkazish
va
talabnomada ifodalangan belgini ekspertizadan o‘tkazish.
Qonunning
13-moddasi
Qoidalarning
78-125-bandi
3.3.1. Rasmiy ekspertiza
Rasmiy ekspertizaning borishida zarur hujjatlarning
mavjudligi, shuningdek ularning belgilangan talablarga
muvofiqligi tekshiriladi.
Tekshirish quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarga nisbatan
o‘tkaziladi:
a) belgini tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga
Qoidalarning
78-bandi
Qoidalarning
80-bandi
Do'stlaringiz bilan baham: |