O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
qo llanma TBga
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi
- Ariza
3. Milliy protsedura
3.1. Talabnomani rasmiylashtirish Talabnoma tili Talabnomada ko‘rsatilgan belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza o‘zbek yoki rus tilida topshiriladi. Boshqa hujjatlar o‘zbek, rus yoki boshqa har qanday tilda topshirilishi mumkin. Agar talabnoma hujjatlari boshqa tilda topshirilgan bo‘lsa, ularning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimasi ilova qilinadi. Hujjatlarning o‘zbek yoki rus tiliga tarjimalarini Qoidalarning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining huquqiy muhofazasi va himoyasi 14 Vazirlikka talabnoma kelib tushgan sanadan boshlab ikki oy muddat ichida topshirilishi mumkin. Talabnoma mazmuni Talabnomada tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza, talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri va ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning TXXK sinflariga muvofiq guruhlangan ro‘yxati bo‘lishi kerak. Qonunning 9-moddasi Qoidalarning 6-bandi Talabnomaga talabnomani belgilangan tartibda topshirish uchun patent boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat va, agar talabnoma patent vakilingiz orqali topshirilayotgan bo‘lsa, ishonchnoma ilova qilish lozim. Qonunning 9-moddasi, Stavkalarning 3.1-bandi Agar talabnoma jamoaviy belgiga oid bo‘lsa, huquqiy va/yoki jismoniy shaxslar birlashmasi qatnashchilarining jamoaviy belgidan foydalanish to‘g‘risidagi kelishuvi ilova qilinadi. Qoidalarning 7- bandi Talabnoma bitta tovar belgisiga tegishli bo‘lishi lozim. Qonunning 8-moddasi Ariza Talabnoma Vazirlikka davlat axborot tizimlari orqali beriladi, bevosita topshiriladi yoki pochta orqali yuboriladi. (2-ilova) Qoidalarda ariza mazmuni haqida batafsil axborot keltirilgan bo‘lib, uni to‘ldirish arizachiga qiyinchilik tug‘dirmaydi. Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnomani topshirish va topshirgandan keyin u bo‘yicha ishlarni olib borish uchun vakil tayinlash mumkin. Talabnoma beruvchining vakili sifatida patent vakilini ko‘rsatish hamda uning vakolatlari ishonchnoma bilan tasdiqlanishi kerak. Talablarga muvofiq yuridik yoki jismoniy shaxslar nomidan Vazirlik oldida vakillik qilish huquqi berilgan jismoniy shaxs patent vakili hisoblanadi. Qoidalarning 36-bandi Qoidalarning 14-28-bandlari Qoidalarning 38-bandi Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling