O‘zbekiston respublikasi adliya vazirligi


O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/42
Sana19.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1366827
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42
Bog'liq
qo llanma TBga

O‘zbekiston Respublikasida tovar belgilarining 
huquqiy muhofazasi va himoyasi 
10 
o‘lchamli ob’ektlar; 
- talabnoma berilgan tovarlarni atash uchun qo‘llanadigan 
umum e’tirof etilgan oddiy nomlari; 
- tashkilot, korxona va sohalarning umumqabul qilingan 
qisqartirilgan nomlari va ularning abbreviaturalari. 
6) muayyan turdagi 
tovarlarning belgisi sifatida 
umum foydalanishda bo‘lgan belgilar. 
Bunda muayyan tovar uchun qo‘llanadigan belgi 
tushunilib, bunday belgi turli ishlab chiqaruvchilar tomonidan 
ma’lum bir tovar yoki xuddi o‘sha turdagi tovar uchun uzoq 
vaqt ishlatilgani tufayli tur tushunchasini bildira boshlaydi. 
Quyidagilar bunday belgilarga misol bo‘la oladi: sellofan, 
termos, lanolin, vazelin, saxarin, tselluloid, eskalator, primus, 
grammofon, magnitofon, li- noleum, neylon va boshqalar; 
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning 
4 y) bandi 
7) umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan 
belgilar. 
Bunday belgilarga odatda, tovar belgisini ro‘yxatdan 
o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlar ro‘yxatidagi tovarlar mansub 
bo‘lgan xo‘jalik yoki faoliyat sohasini tasvirlaydigan belgilar, 
va shuningdek, fan va texnikada qo‘llaniladigan shartli belgilar 
kiradi. Umum e’ti rof etilgan atamalarga fan va texnikaning 
aniq bir sohasiga xos bo‘lgan so‘z birliklari kiradi. 
Bunday tasvirlarga xo‘jalik sohalari bo‘yicha quyidagilar 
kiradi: 
mashinasozlik – shesternya; 
ximiya va farmatsevtika sanoati – kolba, benzol halqasi
go‘sht-sut sanoati – yirik qora mol, hayvonlar boshlari; tibbiyot 
– ilon va piyola va boshqalar. 
Turli fan va texnika sohalarida qo‘llanadigan shartli belgi- 
lar, masalan, kimyoviy elementlarning belgilari (H, Fe), turli bi- 
lim sohalariga mansub ramzlar (matematikadan integral ramzi 
va boshqalar) ham umum qabul qilingan ramzlar qatoriga 
kiradi. 
Umum e’tirof etilgan atamalarga fan va texnikaning aniq 
bir sohasiga xos bo‘lgan leksik birliklar kiradi. Bunga misol 
tariqasida kobalt, manometr, amper, apatit kabi atamalarni 
keltirish mumkin. 
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning
4 j) bandi 
8) tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, 
xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini
shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan 
joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar. 
Ushbu ko‘rsatib o‘tilgan belgilarga quyidagilar kiradi: 
tovarlarning oddiy nomlari (idish-tovoq, pechene, meva sharbatlari 
va boshqalar); tovarlar sifat toifasining belgisi; tovarlarning 
xususiyatini ko‘rsatuvchi (shu jumladan, maqtov xarakteriga ega 
bo‘lgan) belgilar; xom ashyo materialini va tarkibini ko‘rsatuvchi 
belgilar; tovarlarning og‘irligi, hajmi, narxini, ishlab chiqarilgan 
sanasini ko‘rsatuvchi belgilar; tur nomlari va boshqalar. 
Quyidagi ishoralar bunday belgilarga misol bo‘la oladi: 
tovar turiga ishora – SARA TOMATLAR; 
tovar sifati va xususiyatiga ishora – «ShAFFOF», «A`LO»; 
Qonunning 
10-moddasi 
Qoidalarning
4 z) bandi 



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling